Arab halifaligi oʻrta osyoga bosqini davrida mahaliy sanʼat va madaniyatga taʼsiri Reja: Kirish
Download 172.5 Kb.
|
Arab halifaligi davrida o \'rta osiyoda huquqiy munosabatlar Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
- 1. Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari.
Kurs ishining obyekti. Arablar bosqini va O`rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi harakatlari.
Kurs ishining predmeti. Dunyo ilm-fani va madaniyatiga yuksak hissa qoshgan Markaziy Osiyo madaniyatining unchalik katta bolmagan davrini organish, vorisiylik asosida kechgan madaniyat yutuqlarini yoritib berish uni tadqiq qilishga qaratilgan. Arablar yurishlarga qarshi kurashish maqsadida mavoraunnaxrning maxalliy xukumdorlari ur tasida xarbiy ittifoq tuzush uchun urinishlar bulgan, lekin asosiy tarqoqlik natijasida bu urinishlar samara bermagan. Arab lashkar boshlari esa bunday vaziyattan ustalik bilan foydalanganlar . Bu davrda g`arbiy Turk xakonligi ichkiqabilaviy nizolar oqibatida siyosiy inqrozga yuz tutib, parchalanib ketgan edi. VII asr o`rtalarida Choch viloyati, Yettisuv , Talos va Chuv vodiylarida kuchib yorgan yirik turkiy qabilalaridan turkash shuningdek VII asr boshlarida Forg`ona va Toxaristonda yashab turgan xarluklar, Zarofshon vodiysining o’rta qismidagi turklar arablarga qarshi kurashda sug`diylarga yordam berib janglarda faol qatnashdilar . ―Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo’lmaganida edi, biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz bo’lib qolaverardi‖, deb takidlaydi J.Neru2. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun, shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati va sanat bilan qiziquvchilar, Markaziy Osiyoning tarixiga bagishlangan referat, mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan mulohazalar ayniqsa Markaziy Osiyoning Arablar bosqinidan keyingi davrdagi madaniyati borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi. 1. Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari.Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri Orta Osiyo, Eron, Afgoniston, Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqti-sodiy, madaniy taraqqiyotida oziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy malumotlarni arab musulmon mualliflari berib otganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning «Futuh al buldon» (Mamla-katlarning fath etilishi), at-Tabariyning «Tarixi rasuli va muluk» (Paygambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruxiga mansub bolib, asosan kochmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Kochmanchilar bjdaniylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shugullangan. Dengiz boylari, vohalarda shaharlar qad rostlagan bolib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun koradigan aholi yashar edi. VI asrning ikkinchi yarmi VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yollarining bu hududdan otishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. Ozaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar," xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bolib, mamlakat iqtisodiy yonalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining ozaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida kop xudolik-butparastlik urf edi (xususan Kabada 360 ta but bolib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bolgan).3 Shunday vaziyatda Islom togri va haq yolni korsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom bu Alloh yagona deb etirof etib, unga boysunmokdik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy etiqodga imon keltirmoklik dsmakdir. Islom «itoat», «boysunish» manolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad paygambar (570-632) makkalik Abdullohning ogli bolgan. Muhammad paygambarning talimotiga ergash-Pshlarni «muslim», yani «itoatkorlar», deb yuritganlar. Oz paygambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining Srbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar Iolib, bu yerda Kaba joylashgan edi. Diniy talimotga kora Kabani Odam Ato barpo qilgan Madinada Muhammad oz talimotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik goyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s. a. v.) paygambar vafot etgach (632 y.), ketma-ket «Xulofoiy rashoddin» (haq yoldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) paygambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan - Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. Ozaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Quronning orni nihoyatda katta boldi. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib oz chegaralarini garb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va Orta Sharqniig boy viloyatlari qolga olinib, nihoyatda uyushgan va| jangovar arab qoshini shiddat bilan harakatlariii boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar ■ yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Eron shohi Yozdigard III (632-6^ I), sosoniylarning so‘nggi vakili arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.) dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bolgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvoza-lari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi oz zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq tolash majburiyatini oladilar. Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 Yillarga togri keladi. Shu yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga yurish qsladi. 651 yilda Marv shahri egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn Amirga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilak shaharni topshiradi. Orta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga vrib turishi Qutaybaga qol keldi. Oz harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chagoniyon, Shuman va Orta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar boysunadi. Chagoniyon hrkimi Tish arablar tomoniga otib ketadi. 706 yil Qutayba katta qoshin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning malumotlariga kora Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qoshini tarkibida arablar xizmatiga otgan Balx va Chagoniyon hokimlarining ham qoshinlari bor edi. Poykandning kopchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qoshinga turk sarkardasi bosh edi. Sugd va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik korsatdilar. Arablar sugdlar tomonidan orab olinib Qutaybaning barcha yollari kesib qoyildi.4 Lekin ichki ittifoqning yoqligi, ozaro nizolar natijasida Poykand himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qalaga birinchi safda borgan va shahid bolgan kishilarning oilalariga katta mukofot vada qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan song arablar qala devorini teshishga muvaffaq boldilar. Shahardagi ogir janglardan song Poykand arablar qoliga otdi. Poykand fojiasidan song Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni maglub etish maqsadida Sugd podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qoshin yigildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qoshinning miqdori 40000 kishi atrofida edi. Ittifoqchilar qoshini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oraligida toplandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda ogirlasha bordi. Shunda bu ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yolini tutib, nayrang ishlatadi Narshahiyning yozishiga kora, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli oz kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bolgan Sugd podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar Sugdni arablar ketganidan song butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bolinishga sabab boladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovga-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi. Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tugshod qoshinlarini tor-mor etadi va unga amir etib oz yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni oz vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini ozgartirdi. Xorazmda xalq galayoni boshlangan bolib, unga Xorazmshoh Chagonning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qozgolonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj golaydi. Xorazm shu bilan oz mustaqilligini yoqotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa oz qushini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qoshinlari 'ilan birgalikda Samarqandga yol oladi. Shu paytda norozilik va qozgolon natijasida So-dlar podshosi Tarxun taxtdan agdarilgan edi. Sugd mkdshosi va Samarqand afshini sifatida Tarxunning uk.chsi Gurak (710-737) taxtga otiradi. Gurak Qutaybaga qarshi chiqadi. Ka^taqorgon Iqinidagi Arbinjon mavzesida shiddatli jang bolib *Tadi. Ammo Gurakning kuchlari ozlik qilib Samarqandga chekinishga majbur boladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qoshinining qatnashuvi, sugdiylarning yakkalanib qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab boladi. Undan tashqari Samarqand zodagonlari ichida birlik ham yoqoladi. Tarxunning olimdan song uniig tarafdorlari koproq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa «Tarxun olimi uchun qasd olaman» deb elon qiladi. Qamalda qolgan Gurak Shosh podshosi, Turkiy xoqon va Fargona ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam soraydi. Turkiylar qoshini bu paytda Sugd chegarasi yaqinida bolib Fargona va Shosh qoshinlari bilan birgalikda ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qoshinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy xoqonning kichik ogli Inal xoqon tayinlanadi. Qutayba darhol oz ukasi boshchiligida saralangan qoshin tuzib, ittifoqchilar yoliga tuzoq qoyadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar. Qutayba shundan song Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar radanroz (tosh otgich) lardan oqqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik korsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda shahar devorlarini buzib Shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim boldi. Gurak va Qutayba ortasida sulh tuzildi. Qutayba jonab ketishi oldidan shaharda oz ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qoshinni qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sugd aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi qozgolon kotariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorid» Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qozgolon bostiriladi. Mug togidan topilgan hujjagga kora Qutayba ozining keyingi yurishlarida Shosh, Fargona va Turkiy xoqonlik qoshinlaridan iborat yana bir harbiy vdtifoqning qarshiligiga duch keladi. Sugd, Shosh, Fargona ittifoqiga GTanjikent hokimi Devashtich ham qoshiladi. U Shosh va boshqa yerlarga oz elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Shosh hukmdori Moxedu tudun (Bahodir tudun) ga topshiradi. Qolgan ikki maktubni Fargona elchisi orqali turkiylar hokimi va Fargona ixshidiga berib yuborgan. Qutayba bu olkalarni tezda oziga boysundirish harakatiga tushadi. Tabariyning malumotlariga kora, Qutayba 713 yil Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar toplab berishni talab qildi. Oz qoshini bilan uni qoshib, qoshinni 2 ga bolib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qoshin Shosh viloyatiga, ozi esa asosiy kuch bilan Ustrushona orqali Fargona vodiysiga yol oladi. Birinchi qoshin Shosh qoshinini tor-mor etib, Shosh viloyatini egallaydi. Qutayba esa Ustrushonada hal qiluvchi jang olib borib, Xojand va Kosonni zabt etadi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling