Arab xalifaligi va musulmon huquqi
Download 124.5 Kb.
|
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari
Xorijiylar (arabcha - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o`rtasidagi kurash davomida VII asrning II yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko`ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining o`rtasida norozilik tug`dirgan. Qo`shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchanlikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham babbaravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh ta-rafdorlari xorijiylar deb nom olgan. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo`ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab-musulmonlar hamda mehnatkashlar ommasi manfaatini ifodalagan demokratik harakat bo`lgan. Ular o`zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblaganlar. Xorijiylar «dindan qaytgan», yo`qotilishga mahkum etilgan deb e`lon qilingan siyosiy va g`oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo`lganlar. Xorijiylar ta`limotiga ko`ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo`ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki negr bo`lsa ham) xalifa bo`lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazi-fasidan bo`shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar fikricha, e`tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E`tiqod, gunohkor kishilarni jazo-lash masalalarida xorijiylar murji`iylarga qarama-qarshi turganlar. Keyin-chalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo`linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Buning natijasida xorijiylarning ko`pi qirib tashlandi, ularning qolganlari Shimoliy Afrikada o`z davlatini vujudga keltirdilar. Xorijiylar xalifalikdagi ko`pgina qo`zg`olonlarga (Zinjiylar qo`zg`oloni, Abu Muslim qo`zg`oloni va boshqalar) qatnashganlar. Hozirgi davrda xorijiylarning ibodiylar sektasi mag`rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va boshqalarda), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.
Islomdagi oqimlarning yana bir turi mazhablardir. Masalan, sunniy-likda fiqhiy maktablardan tashqari aqidaviy muammolarda ixtilofga bor-gan ko`pgina mazhablar mavjud bo`lib, ular asosan quyidagi masalalarda bir-biridan farq qiladi: 1. Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi. 2. Imon masalasi. 3. Qazo va qadar masalasi. 4. Allohning zoti va sifatlari masalasi. 5. Fiqhiy masalalar. Har qanday musulmon fiqhda ma`lum maktab yoki mazhabga (masalan, hanafiylikka) erishgan bo`lishi bilan bir vaqtda, imon masalasida ash`ariy, qadr masalasida qadariy, sifat masalasida esa mu`taziliy aqidasida bo`lishi mumkin. Albatta, bunday holat kam uchraydi. Chunki yirik mazhab sohiblari nafaqat bir yo`nalishda, balki islomdagi barcha masalalar bo`yicha o`z fikrlarini bildirganlar. Azaldan bizning yurtimizda fiqhda hanafiylik, aqidada esa moturidiylik maktabi ta`limotlariga rioya qilib kelingan. Lekin usul (asosiy masalalar)da yuqorida sanab o`tilgan sunniylik mazhablari orasida hech qanday ixtilof, qarama-qarshilik yo`q. Ularning barchasi «to`g`ri yo`ldan boruvchi» deb e`tirof etilgan. Hanafiya - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hani-fa an-Nu`mon asos solgan. Undan keyin hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (795 yilda vafot etgan), Muhammad ash-Shaybon (804 yilda vafot etgan), Quduriy (1036 yilda vafot etgan) va boshqalar asarlarida ish-lab chiqilgan. Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan barcha mamlakatlarda, jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng yoyilgan. Burhoniddin Marg`inoniyning «Hidoya» to`plami bu mazhabning asosiy shariat qo`llanmasi sifatida tanilgan. Hanafiya qonunlari nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an`analarini e`tiborga olganligi sababli keng yoyilgan. Sunniylik yo`nalishiga mansub bo`lgan musulmonlarning uchdan bir qismidan ko`prog`i bu mazhabga kiradi, u bir necha arab dav-latlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg`oniston, Xitoy musulmonlari orasida tarqalgan. Ularda hanafiya mazhabi qonunlari hozirgi davrda ham o`z ta`sirini saqlab qolgan. Shofi`iya - sunniylikdagi Shofi`iy asos solgan diniy-huquq mazhab-laridan biri. Suriya va Misrda shakllangan, o`rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta`sir doirasi torayib borgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari ora-sida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba`zilarida, qisman Suriyada va ja-nubiy arab sultonliklarida shofi`iya mazhabi diniy-huquq tizimiga amal qiluvchilar bor. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida musulmon mamlakatlarida shariatning, jumladan, shofi`iya mazhabining huquqiy hayotdagi ta`siri borgan sari susaymoqda. Shofi`iy o`z asarlarida islom huquqini an`anaviy normalar bilan bog`lashga intilgan. Sunniylikdagi yana bir diniy-huquq mazhabi - Malik ibn Anas tomo-nidan asos solingan malikiyadir. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalari-da ratsionalistik metodga, ya`ni Qur`on va hadislarni aqlga asoslangan hol-da talqin qilishga qarshi chiqqan. Bu mazhab dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda malikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musul-monlar o`rtasida ta`sirga ega. Va nihoyat, sunniylikdagi so`nggi mazhab hanbaliya bo`lib, unga Ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliya huquq tizimi o`ta torligi, har qanday ko`ri-nishdagi «yangilik»ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat normalariga rioya etishga qat`iy mutaassibligi bilan ajralib turgan. Hanbaliya tarafdorlari Qur`on va hadislarni erkin talqin etish yo`lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng tar-qalmagan. Faqat IX asrning II yarmida Arab xalifaligida mu`taziliylarning va ilohiyot sohasidagi hurfikrlilikning ta`qib ostiga olinishi tufayli hanba-liya bir muncha kengaygan va XII asrda mustaqil mazhabga aylangan. X asrda Eronda, XI asrdan XV asrgacha Suriya va Falastinda hanbaliya iz-doshlari ko`p bo`lgan. Undan keyingi asrlarda hanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo`lgan vahhobiylar hanbaliya taraf-dorlari bo`lib chiqqan. Vahhobiylar Saudiya Arabistonida hokimiyatni qo`lga olgach (XX asrning 20-yillari), hanbaliya qonunlarini amalga kirit-ganlar. U yerda hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amal-da. Hanbaliya Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatlarda kam uchray-di. Islomda ikkinchi yo`nalish - shialik ham ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zay-diy kabi mazhablarni98 o`z ichiga oladi. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling