Arab xalifaligi va musulmon huquqi


«Qonun chiqarish huquqiga ega emaslik»


Download 124.5 Kb.
bet12/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari

«Qonun chiqarish huquqiga ega emaslik» nazariyasi qabul qilingan bo`lsa ham, bu nazariya ochiq suratda qonun chiqarish va ijro etish salohiyatlarini bir-biridan ajrata olmadi. Keyingi xalifalar (dun-yoviy hokimlar)ning har biri o`z mahkamalari uchun qonun tuzardilar. Ularning bunday amallari haqiqatda bir nav` qonun chiqarish bo`lsa ham, hokim farmon ravolar ularni idoriy qo`llanmalar deb atardilar. Ularcha bunday qonun chiqarish faoliyatlari faqat shariatni takmil etish va uning hukmlarini amalga oshirishga qaratilgan edi va ularning siyosiy salohiyati doirasiga kirardi. Bunday idoriy qonunlarning yaqqol misoli Usmoniy sultonlarining «qonunnomalari» edi.
Islom dunyosida qonunlar tizimini tartibga solish Usmoniylar impe-riyasida Sulton Sulaymon Qonuniy (1520-1566 yillar) davrida boshlandi. O`sha davr shayxul-islomi buyuk faqih Imodiy Muhammad Abu Suud Afandi keng ko`lamli faoliyat olib borib, Sulton Sulaymonning eng mash-hur qonunnomasi (qonunlar majmuasi)ni to`pladi. Manbalarda ta`kidla-nishicha, o`sha davrda Abu Suud Afandining yordami va rahbarligida tu-zilgan qonunlar shariatdan olingan bo`lsa ham, ularning bir qismi, ayniqsa, davlat yerlariga tegishli qoidalar ko`pincha mahalliy urf-odatlardan olin-gan edi.



96 Fiqh (arabcha – tushunish) – musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug`ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi.

97 Jabariylar (arabcha jabr qilish, majburlash degani) – VII asr oxiri va VIII asr boshida islom ilohiyotida paydo bo`lgan ilk oqim tarafdorlari.

98 Ushbu mazhablar haqida batafsil ma'lumotlar quyidagi manbada berilgan: Xusniddinov Z. Islom: yo`nalishlar, mazhablar, oqimlar.-T.: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2000.

99 Qur'on – arabcha «qiroat», o`qimoq degani.

100 Qarang: Juzjoniy A.SH. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O`rta Osiyo faqihlari –T.: «Toshkent islom universiteti», 2002.-64-65-betlar.

101 Juzjoniy A.SH. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O`rta Osiyo faqihlari –T.: «Toshkent islom universiteti», 2002.-65-68-betlar.

102 Abdulvahhob Xallof. Usulul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari). Birinchi, ikkinchi qismlar.-T.: “Adolat”, 1997.-50-51-betlar.

103 Qarang: Abdulvahhob Xallof. O`sha asar, 62-bet.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling