Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Islomda oqimlar va mazhablar


Download 124.5 Kb.
bet4/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari

Islomda oqimlar va mazhablar
slomda yuz bergan dastlabki ixtiloflar natijasida VII asrning II yarmida unda uchta asosiy yo`nalish - xorijiylar, sunniylar, shialar paydo bo`lgan.

Xorijiylarning bo`linishi jarayonida paydo bo`lgan sektalar (azraqi-lar, sufriylar va boshqalar) asosan o`rta asrlarda yo`qolib ketib, ulardan faqat bittasi ibodiylar (abodiylar) hozirgacha saqlanib qolgan.
Sunniylik eng katta yo`nalish bo`lib (hozir jahondagi barcha musul-monlarning qariyb 92,5 foizi sunniylar hisoblanadi), u islomda doimo ortodoksal oqim deb tanilgan, unda ixtiloflar kam bo`lgan. Shuning uchun sunniylik ichidan o`rta asrlarda hech qanday sektalar ajralib chiqmagan. Yangi davrda vahhobiylar diniy-siyosiy oqimi va o`ziga xos sekta sifatida shakllangan ahmadiya sunniylikdan ajralib chiqqan.
Shialik sunniylikka nisbatan oppozitsiyada turgan yo`nalish bo`lib, undan bir necha sekta ajralib chiqqan. O`rta asrlardayoq yo`qolib ketgan qarmatlar, hashshoshiylar, hozirgacha mavjud bo`lgan imomiylar, ismoi-liylar, druzlar, zaydiylar, nusayriylar (alaviylar), aliilohiylar, yangi davrda paydo bo`lgan bobiylar, behoiylar shular jumlasiga kiradi.
Sunniylik yo`nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi va 4 ta fiq-xiy: hanafiy, shofi`iy, molikiy, hanbaliy va 2 ta aqidaviy: ash`ariy va motu-ridiy mazhablaridan iborat. Sunniylar mazhablar bo`yicha quyidagicha nis-batda bo`lganlar: hanafiylar - 47 %, shofi`iylar - 27 %, molikiylar - 17 %, hanbaliylar - 1,5 %. Shia yo`nalishi ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zaydiy maz-hablarini o`z ichiga olib, dunyodagi musulmonlarning 7,5 % ni tashkil qiladi.
Sunniylik tarafdorlari asosan Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangla-desh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afg`oniston, Turkiya, Ara-biston yarim oroli va Fors ko`rfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Eron, Shimoli-Sharqiy va G`arbiy Afrika mamlakatlari-da), shuningdek, MDHda (Ozarbayjon va Tojikistonning tog`lik rayonlari-dan tashqari), Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya, Kipr va AQSHda ya-shaydilar. Sunniylik VII asrning II yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII asrlarda arab xalifligidagi diniy-siyosiy kurashlar jarayonida is-lomda yirik yo`nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur`on bilan birga Sunnaga ham e`tiqod qiladilar, unda Muhammad (SAV) va xalifa Ali bilan bir qatorda, shialik tarafdorlari rad etadigan dastlabki xalifalar (Abubakr, Umar, Usmon) ham e`tirof etiladi. Sunniylikda to`rtta diniy-huquq maz-habi mavjud, ulardan hanafiya bilan shofi`iya MDHda yashaydigan musul-monlar orasida ham tarqalgan edi.
Sunniylik bilan islomdagi ikkinchi asosiy yo`nalish-shialik o`rtasi-dagi hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imo-mat tarafdori), ayrim diniy marosim va an`analar (masalan, azon, mut`a, shaxsey-vaxsey, mazdiylik va h. k.)da birmuncha tafovutlar bor.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling