Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Musulmon huquqining manbalari


Download 124.5 Kb.
bet7/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari

3.Musulmon huquqining manbalari

Musulmon huquqining manbalarini asosan shariat, urf-odatlar va qo-nunlar tashkil etadi. «Shariat» so`zi arabcha «sharia», «shar`» so`zlaridan olinib, uning lug`aviy ma`nosi «suvga olib boradigan yo`l» deganidir. Shunga asosan, shariat to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l, qonunchilik degan ma`no-larni anglatuvchi islom diniy huquq tizimidir. Shariatda sof huquqiy masa-lalardan tashqari axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qur`on asosida olib borilgan. Feodalizm rivojlanishi bilan musulmonlarning barcha ijtimo-iy-iqtisodiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehti-yoj tug`ilgan. Islom ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonun-larini ishlab chiqqanlar. Shariatga asos qilinib Qur`on va sunna, keyincha-lik ijmo` va qiyos olingan. Ular fiqxda shariat manbalari (usul al-fiqh) deb e`tirof etilgan. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Islomdagi sunniylik va shialik shariat tizimlari o`rtasida ma`-lum tafovut bor. Sunniylikda hanafiya, malikiya, shofi`iya va hanabaliya mazhablarining, shialikda esa ja`fariya mazhabining o`ziga xos huquqiy tizimlari mavjud. Shariatda davlat (xalifalik) huquqi normalari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oila-nikoh huquqlari, shuningdek, sud yuritish, vasiylik ko`rsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va o`zgarmas deb hisoblaydi. Shariatda, shuningdek, namoz o`qish, ro`za tutish, zakot, haj kabilar haqida batafsil ko`rsatmalar keltirilgan. Shariatning asosiy manbalari to`rtta va ular o`zgarmas hisob-lanadi. Bular: Qur`oni Karim, Sunna, ijmo` va qiyosdir.


Qur`oni Karim99 Islom dinining asosiy muqaddas kitobi va shariat-ning eng asosiy manbaidir. Islom an`anasida Qur`on Alloh tomonidan Muhammad (SAV)ga 23 yil mobaynida (610-632 yillarda) hazrati Jabroil alayhissalom (farishta) orqali vahiy qilingan (uqtirilgan) deb tasavvur eti-ladi. Qur`onning nozil qilinishi - vahiy qilib yuborilishi muqaddas rama-zon oyining yigirma yettinchi kuni kechasi boshlangan hisoblanadi. Shu sababli bu muqaddas deb ro`za tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi esa «Laylat ul-Qadr», ya`ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo`lgan tabarruk kecha deb ulug`lanadi. Qur`onda islom aqidalari, e`tiqod talablari, huquq va axloq me`yorlari, inson uchun foydali bo`lgan, har bir zamonga to`g`ri keladigan hikmatli hukmlar yozilgan. Qur`oni Karimning asosiy mavzusi va maqsadi, bashariyat tafakkurida ko`pxudolikka barham berish, yakka xudolikni targ`ib qilish va Islom dinini o`rnatishdir.
Qur`oni Karim 30 pora, 114 sura (tizma, qator), 6236 oyat (modda) dan iborat bo`lib, oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo`lgan oyatlar tashkil etadi. Ya`ni Qur`on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo`lib, makkiy suralar deb ataladi. Ular-ning 19 tasi esa 622 yili yuz bergan hijratdan keyin 10 yil davomida Madi-nada nozil bo`lib, madiniy suralar deb qabul qilingan. Bu ikki turkum su-ralarning farqi shundaki, makkiy suralar asosan e`tiqod, ibodat masalala-rini, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlik, ilmu tafakkurni targ`ib qilishga qaratilgan bo`lsa, madiniy suralar fiqhiy ahkom-muomalot, jinoyat va jazo, ommaviy munosabatlar, sulhu tinchlik bitimlari va musulmonlararo bosh-qa aloqalarga tegishlidir. Makkiy suralarda ko`pincha «Ey iymon keltir-ganlar, Ey mo`minlar!» deb, madiniy suralarda esa asosan «Yo ayyuhan-nos!» (Ey odamlar, ey insonlar) deb xitob qilinadi. Makkiy suralar 4780 ta, madiniy suralar 1456 ta oyatdan iborat.
Qur`oni Karim Muhammad (SAV) tomonidan hali jam qilinib to`p-lam holiga keltirilmagan edi. Muhammad (SAV) vafot etgan vaqtlarida Qur`on ayrim sahobalar, tomonidan to`liq yod olinib, xurmo po`stloqlari-ga, toshtaxtalarga, teri va boshqa narsalarga yozib qo`yilgan edi. O`sha davrlarda Qur`onni to`liq yod olgan sahoba-hofizlardan 30 kishi sanab o`tilgan. Rasulullohning 24 nafar vahiy yozuvchi kotiblari bo`lgan. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Rasululloh mirzalaridan eng mashhuri Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudir.
Payg`ambarimiz davrlarida Qur`onni to`plam, muqovalangan qilib jam qilinmaganligining sababi Rasululloh Qur`onning ba`zi hukmlariga, uning tilovatiga bekor qiluvchi oyatlar yoki yana yangi oyatlar kelib qolarmikan deb kutganlaridadir. Zotan, ilk Qur`on mufassiri ham hazrati payg`ambarning o`zlaridir.
Ma`lumki, Muhammad alayhissalom o`qish-yozishni bilmaganlar. Ul zot Qur`on oyatlarini farishta Jabroil alayhissalomdan eshitib, yod olganlar va sahobalariga aytib, o`qitib, uqtirib turganlar, ular esa yodlab olganlar. Payg`ambarimiz har bir yangi oyatni qaysi suraga taalluqli ekanligini va o`rnini kotiblariga (mirzalarga) tushuntirib turganlar. Qur`on suralari shu tariqa 23 yil davomida yod olingan va xatga bitilgan.
Qur`oni Karim tarixan uch marotaba jam qilindi. Birinchi marotaba payg`ambar alayhissalom zamonlarida, ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr siddiq davrlarida va uchinchi marotaba xalifa Usmon zunnurayn vaqtida Bani Quraysh qiroatida (lahjasida) jamlanib kitob holiga keltirildi.
Qur`oni Karim xalifa Usmon farmoniga muvofiq qadimgi arabcha kufiy xatda 6 nusxa yozilgan, ularning har biriga quraysh qiroati bilan o`qishni o`rgatadigan bir qori-hofizni qo`shib, Makka, Shom, Basra, Kufa va Madina ahli uchun yuboriladi, oxirgisini xazrati Usmon o`zlari uchun olib qolganlar. Ana shu oltinchi kitob ustida hazrati Usmon shahid bo`l-dilar va muborak qonlari Qur`on sahifalariga to`kildi.
Xalifa Usmon Qur`onini Amir Temur Basradan Samarqandga keltir-gan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman buyrug`i bilan podpolkovnik Serov uni Peterburgga olib ketdi. Mazkur Qur`on ikkala tarafiga yozilgan 353 varraq - 706 betdan iborat bo`lib, varaqlari bo`yi 68 santimetr, eni esa 53 santimetr.
1917 yildagi davlat to`ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho`rosi tashkilotining talabi va Leninning 1917 yil 9 dekabrda chiqargan farmoyishi bilan mazkur Qur`on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi: Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924 yilgacha saqlandi. Shundan keyin Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy osori atiqalar ishi bo`yicha tu-zilgan qo`mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan xalifa Usmon Qur`oni 1924 yil 18 avgustda zo`r tantana bilan Turkiston muxtor jumhuriyati poytaxti - Toshkentga olib kelindi va hozirgacha avay-lanib, e`zozlanib ko`z qorachig`idek saqlanmoqda.
Qur`onda fiqhiy-huquqiy masalalarga ko`pincha umumiy yondo-shiladi va ayrim masalalar batafsil yoritiladi.
Mashhur fiqhshunos olim doktor Muhammad Yusuf Muso ko`rsati-shicha, fiqhiy-huquqiy masalalar bo`yicha Qur`onda quyidagi sohalarda oyatlar mavjud:
1. Xaqqulloh (amaliy ibodatlar) bo`yicha - 140 ta oyat.
2. Shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar bo`yicha) - 70 ta oyat.
3. Muomalot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat va boshqalar) bo`yicha - 70 ta oyat.
4. Jinoyat va jazo bo`yicha - 30 ta oyat.
5. Sud, sud jarayoni, guvohlik va unga bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha - 20 ta oyat.
6. Bizning fikrimizcha, davlat huquqi sohasida - 3 ta oyat, hammasi bo`lib Qur`onda - 333 ta huquqiy oyat bor.
Qur`onning boshqa ilohiy kitoblardan asosan farqi shundan iboratki, u faqat aqidaviy-g`oyaviy manba emas, balki qonun va axloq huquqidir100.
Shariatning ikkinchi manbai-sunnaning, arabcha - lug`aviy ifodasi odat, an`ana, xatti-harakat tarzi bo`lib, yo`l-yo`riq degan ma`noni bildiradi. Sunna Muhammad (SAV)ning so`zlari, qilmishlari, xatti-harakatlari, fe`l-lari (amallari), tasdiqlari, shuningdek, sahobalarning so`zlari va amallari majmuidan iborat. Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan. Hadislar to`plamiga sunna deyiladi. Hadis arabcha rivoyat degan so`zdan olinib, is-lom dinida Qur`ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Hadislar Mu-hammad (SAV)ning hayoti, faoliyati va ko`rsatmalari haqidagi rivoyatlar-dan iborat. Qur`on musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalarini qamrab ololmaganligi sababli VII asr oxiri-VIII asr boshida hadislar yozila boshlandi va asta-sekin tizimga solindi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida obro`li deb tanilgan hadislarning 6 ta to`plami vujudga kelgan. Bular: Muhammad Al-Buxoriyning «al-Jome` as-Sahih» kitobi, Muslim An-Nishopuriyning «as-Sahih» to`plami, Ibn Mojaning «Sunan» to`plami, Abu Dovud As-Sijistoniyning hadislar to`plami, Muhammad At-Termiziyning «al-Jome` al-Kabir» kitobi, An-Nisoniyning «Sunan» kitobi-dir. Ulardan «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko`proq e`zozlanadi. Sunna va Payg`ambar hadislarini to`plab, ularni ja`liy (to`qima) hadislar-dan ajratib olishda vatandosh allomamiz Imom Muhammad ibn Ismoil Bu-xoriy (810-892 yillar) unutilmas hissa qo`shib, o`zidan abadiy va barhayot asarlar qoldirgan.
Ko`pgina hadislar Qur`onning turli qoidalarini tushuntirib beradi va to`ldiradi. Ular ko`plab amaliy masalalarni hal etishda muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, ular haqida Qur`onda hech narsa aytilmagan hollarda esa hadislarning ahamiyati yanada ortadi. Lekin hadislar Qur`onga zid kelib qolgan taqdirda ular manba kuchiga ega bo`lmaydi.
Dastlabki xalifalarning an`analari huquqiy xarakterda bo`lib, pay-g`ambarimizning obro`si bilan bog`liq bo`lib kelgan. X asrdan buyon yuqorida ko`rsatilgan sunniylikning oltita mashhur to`plami o`zida islom an`analarini aks ettiradi. Islom amaliyoti ularni shunchalik muvofiqlashtir-ganki, oltita to`plamning hammasida mavjud bo`lgan hadislar muqaddas qonun mavqeiga ega bo`lgan. Islomshunos olim A.Sh.Juzjoniy ko`rsati-shicha, tadqiqotchi olimlar sunnani ikki xilga bo`lib o`rganadilar.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling