Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Download 124.5 Kb.
bet9/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari

Ikkinchi sohada Sunnaga tegishli bahs: zarurat chog`ida Qur`onda aytilmagan biron-bir yangi hukmni Sunna belgilab beradi. Bu o`rinda ba`zi hukmlar Payg`ambardan vahyi xafiy (ilhomga o`xshagan holat) orqali sodir bo`lgan va ba`zilari uning ijtihodi va shaxsiy fikridan kelib chiqqan. Albattaki, Payg`ambar ijtihod qilishda ham islom ruhi va falsafasini nazarda tutadi.
Bu o`rinda ko`p misollar keltirish mumkin. Masalan, jadda (buvi)ga merosdan oltidan bir hissa berish, nikoh bitimining to`g`ri bo`lishi uchun guvohlar shartligi, badan a`zolari xuni, ya`ni bahosini belgilash, shuning-dek, urf asosida amal qilinganda uning to`g`riligini tasdiqlash101. Vaqt o`ti-shi bilan musulmonlar jamoasi - ummada vujudga kelgan vaziyat va mu-ammolarni Qur`on va sunna to`liq qamrab ololmagan. Ular musul-monlar jamoasi - ummada ro`y bergan barcha muammolar va vaziyatlarga to`liq javob bera olmay qolgan.
Shu tariqa shariatning yangi manbaiga zarurat tug`iladi va ijmo` is-lom huquqi (shariat)ning asosiy manbalaridan biri sifatida tasdiqlanadi. Ij-mo` (arabcha - yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror, ijmo` al-um-ma - “diniy jamoaning yagona fikri”) - Qur`on va hadislarda aniq ko`rsat-ma berilmagan huquqiy masalani hal etishda faqih va mujtahidlarning to`planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi)dir. Shariatda shunday yo`l bilan chiqarilgan hukm shar`iy (qonuniy) deb qa-bul qilingan. Ijmo`ga fiqh manbai sifatida qarash Arab xalifaligida feoda-lizm tarkib topa boshlagan davr (VIII asr oxiri IX asr boshlari)da kelib chiqdi. Mujtahid tomonidan aytilgan fikrgina hal qiluvchi fikr hisobanadi. Oddiy musulmonlar fikrining esa ijmo`ga hech qanday aloqasi yo`q. Muj-tahid deb diniy olimga aytiladi. Mujtahid (arabcha - intiluvchi, g`ayrat qi-luvchi) - o`rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo`lgan, ya`ni musta-qil ravishda diniy aqidaviy masalalar bo`yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahid deb yuritiladi. Mujtahid musulmonlar orasida obro`-e`tibor qo-zongan bo`lishi lozim. Shuningdek, shariat mujtahidning boshqa xislatlari-ni, masalan, arab tilini to`la bilishini, shariatga qat`iy rioya qilishini, hozir-gi zamonga doir chuqur saviyaga ega bo`lishi va hokazolarni belgilab beradi.
Misrlik olim Abdulvahhob Xallof ijmo`ga quyidagicha ta`rif beradi: «Ijmo`ning lug`aviy ma`nosi «qasd qilmoq»dir. Mushtahidlarning bir hukmga qilgan ittifoqiga «ijmo`» deyilishining boisi - mazkur hukmning shar`iy hukm deb qasd qilishlaridir. Usul ulamolari istilohida esa, ijmo`-ning ta`rifi bundaydir: Musulmonlardan bo`lgan mujtahidlarning Rasu-lulloh sallallohu alayhi vassallam vafotlaridan so`ng, biror davrda, shar`iy hukmga qilgan ittifoqiga ijmo` deyiladi.
Ta`rifdan ko`rinib turibdiki, ijmo` bo`lishi uchun to`rtta rukn lozim: avvalo, mujtahidlardan bo`lishi kerak, mujtahid bo`lmagan olimlarning it-tifoqi ijmo` emas; ikkinchidan, ular musulmonlardan bo`lishi shart; uchin-chidan, Janobi Payg`ambar alayhissalom vafotlaridan so`ng bo`lishi kerak, chunki hayotlik vaqtlarida barcha shar`iy masalalarda janobning o`zlariga murojaat qilingan, shuningdek, ijmo`-ittifoq ko`pchilik tomonidan bo`ladi, yakka kishidan ijmo` sodir bo`lmaydi; to`rtinchidan, ijmo` qilinadigan masala shar`iy masala bo`lishi kerak, dunyoviy masalalarda bunday ijmo` qilinmaydi.
Demak, Payg`ambar alayhissalomdan so`ng biror voqeaning hukmi Qur`ondan ham, sunnadan ham topilmasa, o`sha davrning mujtahidlaridan masalaning shar`iy hukmi so`raladi. Ularning mazkur masala yuzasidan bir fikrga ittifoqi ijmo` bo`lib, u shar`iy qonun hisoblanadi va unga itoat qilish lozim, qarshi chiqish mumkin emas. Ijmo` qilingan masala ikkinchi bor, keyingi davr mujtahidlari uchun ijtihod mavzui bo`lishi mumkin emas. Chunki ijmo` bilan sobit bo`lgan hukm qat`iy bo`lib, unga qarshi chiqish hamda uni nasx (hukmini bekor) qilish mumkin emas102.
Islomning ilk davrlarida Muhammad (SAV)ning muxlislari va iz-doshlari ijmo`ga katta e`tibor berdilar. Barcha hollarda bu tushuncha diniy-huquqiy masala bilan bog`liq ravishda belgilab berildi va ular bilan tasdiq-landi: ijmo` ulamolarning bir ovozdan roziligi olingach amalga oshirilgan.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling