Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
7.3 Xeylitni davolash
Davosi. Eksfoliativ xeylitni davolashda trankvilizatorlar, antidepressantlar, adrenoblokatorlar asosiy vosita; nikotin kislotasi, B guruh (B B2, B6, B12) vitaminlar tavsiya etiladi. Bezgakka qarshi preparatlar (delagil, xingamin) ham qo‘llash mumkin. Mahalliy davo sifatida kortikosteroidli malham yoki kremlar, shuningdek namlash (primochka) suyuqliklari ishlatiladi. Aktinik xeylit qaytalanishining oldini olish maqsadida fotohimoya malhamlari («Shit», «Luch», «Anti-lyuks», 7—10% li salol) surtish mumkin. 8 8.1Allergik dermatit terining bir joyiga allergen ta’sir etgandan boshlab orada muayyan inkubatsion davr o‘tganidan keyin va allergen takror ta’sir qilgandan so‘ng boshlanadi. Biror moddaga o‘ta sezuvchan bo‘lgan organizmning asta-sekin kimyoviy jihatidan shu moddaga yaqin boshqa moddalarga ham sezuvchan bo‘lib qolishi allergik dermatitga xos. Allergik omillar faqat terigagina ta’sir etib qolmay, balki allergenlar og‘iz, to‘gri ichak shilliq qavatlari yoki nafas, parenteral yo‘l bilan organizmga so‘rilib terida yallig‘lanish jarayoni — toksikodermiya yuzaga keltirishi mumkin. Toksikodermiyaning klinik manzarasini kontakt allergik dermatitdan ajratish qiyin. Biroq toksikodermiyada toshmalar simmetrii ravishda joylashadi, bemorning umumiy ahvoli og‘ir kechadi, ba’zan noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oddiy kontakt dermatit bilan ogrigan bemorlar allergen bartaraf qilinganidan keyin ancha tez sog‘ayib ketadi. Toksik dermatitda esa kasallik qo‘zg‘atuvchi omil bartaraf qilinishiga qaramay bemorning ahvoli ogir kechadi. Masalan, salvarsanli dermatit. Ba’zi bir dorilar qabul qilinganda badanning ayrim joylariga toshmalar toshadi, oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng shu dori takror qabul qilinganda toshmalar yana o‘sha sohalarga toshadi. Bunday toksikodermiya mahkamlangan yoki fiksa -siyalangan toksikodermiya deb ataladi. Allergik kontakt dermatitda toshgan toshmalarning tanada joylashishi va shakli muhim ahamiyatga ega. Masalan, uzunasiga joylashgan toshmalar ko‘pincha o‘simliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi, toshmalarning yuz, qo‘l, badanning ochik, ya’ni quyosh nuri bevosita tushib turadigan sohalarda joylashi- . shi esa quyoshli dermatit (fotodermatit) dan dalolat beradi. i Kontakt allergik dermatitning klinik manzarasi o‘tkir ekzemaga juda o‘xshaydi, lekin o‘ziga xos belgilari bilan fark, kiladi: 1. Kontakt allergik dermatitda yallig‘lanish faqat allergen ta’sir etgan sohada joylashadi. Zkzemada esa yallig‘lanish allergen ta’sir etgan sohadan boshqa joylarda ham bo‘ladi. 2. Dermatitda toshmalar chegarasi anik., shakli esa terining allergenga tegib turgan joyiga moye bo‘ladi. Ekzemada toshmalar chegarasi aniq ajralib turmaydi; ko‘pincha kasallikning dastlabki kunlaridayok. ikkilamchi reflektor toshmalar paydo bo‘ladi. 3. Dermatitda allergen ta’siri to‘xtaganidan keyin toshmalar ancha tez yo‘qoladi. Ekzema esa allergen ta’siri to‘xtaganidan keyin ham kasallik uzoq cho‘zilib, ko‘pincha o‘rta, o‘tkir va surunkali turga ham o‘tib ketadi. 4. Dermatit badanning qizib ketgandek bo‘lib tuyulishi, achi-shishi, ba’zan esa kichishishi bilan kechadi. Ekzema bilan ogrigan bemorlarda asosan qattiq qichishish kuzatiladi. 5. Dermatit faqat dastlabki allergenning qayta ta’siri natijasida vujudga keladi (retsidivlashadi). Ekzema esa boshqa nospetsifik allergenlar ta’sirida ham qaytalanishi mumkin. Mexanik omillar ta’sirida vujudga keladig gan dermatitlar. Terining ayrim joylari qisilishi, bosilishi, shuningdek ishqalanishi oqibatida kuzatiladi, ortiqcha terlash epidermisning rezistentligini kamaytiradi va shu soha terisida siyqalanish ro‘y beradi. Qo‘l panjasining ichki kismi, poyabzalning terini qisib turadigan joylarida mexanik dermatit kup uchraydi. O‘tkir mexanik dermatitda zararlangan soxa terisi qizarib shishadi, keyinchalik ichi seroz yoki gemorragik suyuqlik bilan to‘la pufakcha yoki pufaklar paydo bo‘ladi. Bora-bora pufaklar yorilib o‘rnida eroziyalar vujudga keladi. Bemor asosan shish va og‘riqqa shikoyat kiladi. Epidermisning zararlanishi, eroziyalar hosil bo‘lishi ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Natijada xastalik piodermiyaga aylanib ketishi mumkin. Surunkali mexanik jarohatlanish teri yalliglanishiga, epidermisning qalinlashishi va giperkeratozga olib keladi. Bunday teri qattiqlashadi va o‘z xususiyatlarini yo‘qota boradi. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling