Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlar farqlash?


Download 63.87 Kb.
bet2/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

1.2Birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlar farqlash?
Birlamchi morfologik elementlar.
Teriningkaysi qismida joylashganligiga, katta- kichikligiga, tarkibiga, yallig‘lanish xarakteri va oqibatiga (evolutsiyasiga) qarab 8 ta birlamchi toshma elementlari tafovut etiladi: 1) dog (macula), 2)tuguncha (papula), 3) do‘mboqcha (tuberculum), 4) tugun (nodus), 5) pufak (bulla), 6) pufakcha (vesicula), 7) madda (pustula), 8) qavarchiq (urtica). Shulardan dastlabki 4 tasi infiltrativ, keyingilari (pufak, pufakcha,. madda, qavarchiq) esa ekssudativ morfologik elementlar deyiladi.
Dog‘ — terining rangi o‘zgarib qolgan joyda paydo bo‘ladigan toshmaga aytiladi. Dog‘lar yallig‘lanadigan va yalliglanmaydigan bo‘lishi mumkin. Kelib chiqish sababiga qarab tomirli, gemorragik, pigmentli dog‘lar farq qilinadi. Tomirli doglar dermaning asl qismida joylashgan so‘rg‘ichsimon qavat tomirlari kengayishidan (giperemiya) hosil bo‘ladi. Bu doglar tomirlarning kon bilan to‘lishiga karab kizil, pushti, siyoh rang yoki ko‘kimtir bo‘lishi mumkin. Tomirli doglar odatda barmoq bilan bosilsa yo‘qoladi, keyin tezda yana paydo bo‘ladi. Odamning kichik tirnog‘idek keladigan pushti doglar rozeola deyiladi. Ikkilamchi zaxm, korin tifi va dorilar ta’siridan kelib chiqadigan doglar bunga misol bo‘ladi. Aksariyat ular o‘tkir yallig‘lanish bilan kechadi. Dog‘lar pushti rangli, chegaralari noaniq, qo‘shilib ketishga moyil bo‘ladi. O‘tkir yallig‘lanmagan rozeolalar nim pushti rangli bo‘lib, ko‘kimtirroq ko‘rinadi, qichimaydi, chegaralari anik, qo‘shilishga moyil bo‘lmaydi. O‘tkir yallig‘lanishga xos doglar odatda bolalarning yuqumli kasalliklari, jumladan, qizamiq, skarlatinada kuzatilsa, o‘tkir yallig‘lanmagan dog‘lar ikkilamchi zaxm, eritrazma, rang-barang temiratkida uchraydi. Tomirli dog‘lar terining ancha katta yuzasini egallashi mumkin (2 sm va undan katta) va ular eritema deyiladi. Eritemalar kaftdek va undan kattaroq bo‘lib, aksariyat o‘tkir yallig‘lanish bilan kechadi. Rangi och qizil, usti bir oz shishgan. qirralari noaniq bo‘lib, qattiq qichiydi; o‘tkir ekzema, dermatit, 1-darajali kuyishda, shuningdek ko‘p shaklli ekssudativ eritemada kuzatiladi. Bir necha eritemalar qo‘shilib butun badanni egallashi eritrodermiya deyiladi. Kishi qattiq hayajonlanganda yoki uyalganida, ba’zan terida yalliglanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday eritematoz dog‘lar qichimaydi, shoxlanmaydi, bir pastda yo‘qolib ketadi, ularni «uyalish» doglari xam deyiladi. Yallig‘lanmaydigan dog‘larda teri qizaradi, ba’zan ko‘karadi, qon tomirlar goh torayib, goh kengayadi. Yallig‘lanmaydigan dog‘lar tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin, bularga oq dog‘ (pes) yoki boshqa kasalliklar tufayli qoladigan dog‘lar kiradi. Yallig‘lanmaydigan dog‘lar teridagi yuza tomirlarning mudom kengayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan bunday doglar teleangioektaziya deyiladi. Ular bosilganda yo‘qoladi, keyin yana paydo bo‘ladi. Teleangioektaziya mustaqil kechishi yoki boshka biror kasallik (pushti husnbuzar, chandiqli eritematoz)ning klinik belgisi bo‘lishi mumkin. Tomirli yalliglanmagan tug‘ma dog‘larga nevus kiradi. Tomirlar o‘tkazuvchanligi oshganda yoki ular yorilganda teriga qon quyilib, unda gemorragik doglar paydo bo‘ladi. Ular bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydi va shu xususiyati bilan yallig‘lanishga aloqador doglardan farqlanadi. Odatda gemorragik doglarning rangi o‘zgaruvchan, dastlab binafsha, qizg‘ish- ko‘kimtir, yashil, so‘ngra sarg‘ish-qo‘ng‘ir (gemoglobinning gemosiderin va gematoidin shakliga o‘tishiga bog‘liq) bo‘lib, bora-bora yo‘qolib ketadi. Gemorragik doglar petexiyalar, ya’ni kattaligi nuqtadek keladigan dog‘lar; ekximozlar — noto‘g‘ri shakldagi yirik dog‘lar; vibitses —chiziq-chiziqli dog‘lar va gem atom a larga (tomirlar yorilganda qon quyilishi) ajratiladi. Gemorragik doglar allergik vaskulitda, organizmda S vitamin yetishmaganda, shuningdek tif, qizilcha va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Pigmentli dog‘lar epidermisning bazal qavatida melaninning ko‘p hosil bo‘lishi (giperpigmentatsiya) yoki taqchilligi (gipopigmentatsiya) tufayli paydo bo‘ladi. Pigmentli doglar tug‘ma (xollar, albinizm) yoki hayotda orttirilgan (xloazma, vitiligo) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Giperpigmentli dog‘lar ichida quyosh nuri ta’sirida bahorda yuz terisiga tushadigan jigarrang dog‘lar ayniqsa ko‘p uchraydi. Katta giperpigmentli dog‘lar Addison kasalligida kuzatiladi. Kattaligi 0,5—1,0sm keladigan giperpigmentli dog‘lar lentigo deyiladi. Bunday doglar yuzasi giperkeratozlanib turadi. Mayda depigmentli dog‘lar leykoderma deyiladi. Leykoderma ayniqsa atrofi jigarrang bo‘lgan doglar orasida oqarib yaxshi ko‘rinadi. Chin leykoderma ikkilamchi qaytalama zaxmda, soxta yoki ikkilamchi leykoderma esa tangachali va rang-barang temiratkida kuzatiladi. Butun badan terisida, shuningdek qosh, kiprik va sochlarda pigment bo‘lmasligi albinizm deyiladi. Albinizm tug‘ma bo‘ladi.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling