Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
2.1 Qo`tir kasalligi klinikasi?
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
2
2.1 Qo`tir kasalligi klinikasi? Qo‘tir odam va hayvonlarning yuqumli kasalligi. Kasallikni qo‘tir kanalari Sarcoptes scabiei qo‘zg‘atadi. Qo‘tir kasalligi odam terisining, ayniqsa kechasi qattiq qichishi bilan ifodalanadi. Bu kasallik insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lib «qichima» deb yuritilgan. Bundan taxminan 4000 yil avval Xitoyda, qadimgi Misrda, Vavilon xamda Assiriyada qo‘tir kasalligi odamlarga ma’lum edi. Rimda Sels qo‘tir kasalligiga «Skobiyes» deb nom bergan, bu hozirga qadar tibbiyot amaliyotida qo‘llanib kelinmoqda. Abu Ali ibn Sino «Tib qonuni» kitobida boshqa kasalliklar qatorida qo‘tir kasalligi haqida xam ma’lumot berib o‘tgan. Qator olimlar (Avenzoara, Gildegord XII asr, Gale, 1812 y.) o‘z asarlarida qo‘tir kasalligi bilan og‘rigan bemor terisida qandaydir mayda tirik parazit jonivorlar bo‘lishini yozib qoldirganlar. 1834 yilda Korsikalik talaba Rinuchchi qo‘tir kasalligining yuqumli ekanligi va uni kana qo‘zg‘atishini aniq ma’lumotlar bilan isbot etdi. Shu davrdan boshlab unga qarshi davo va pro- filaktik chora-tadbirlar ishlab chiqila boshlandi. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni qo‘tir kanasi tashqi ko‘rinishi jihatdan toshbaqaga o‘xshaydi. Urg‘ochisi erkagidan birmuncha yirikroq bo‘ladi. Tanasi serbar tuxumsimon, burmali, uchburchak tangachalar bilan qoplangan, ogiz apparatlari changalsimon, kemirishga moslashgan. Bunday rivojlangan og‘iz apparati orqali ular xo‘jasining terisini teshib, to‘qima, qon, limfa va boshqa suyuqliklar bilan oziqlanadi. Oldi va orqasida 2 juftdan bo‘g‘imlarga bo‘lingan qisqa oyoqlari bor. Otalangan urgochi kana epidermisning yuza qatlamlariga kirib har xil yo‘llar ochadi va shu joylarga tuxum qo‘yadi; erkagi esa halok bo‘ladi. Urg‘ochi kanalarning harakati chaqqon bo‘lib, bir kunda 0,5—5 mm egri-bugri kovaklar (kana yo‘llari) hosil qiladi. Kanalar rivojlanib 3—7 hafta davomida jinsiy voyaga yetadi. Bitta urg‘ochi kanadan chiqqan tuxumdan 3 oy mobaynida 130—150 mln kana paydo bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Odamga yuqqanidan so‘ng tez ko‘payib ketishiga sabab ham shu. Kanalar, odatda odam organizmidan tashqarida bir haftagacha yashashi mumkin. Qo‘zg‘atuvchilar odamga bemordan yoki uning buyumlari orqali o‘tadi. Shuningdek, bir o‘rinda yotganda, ba’zan jinsiy muloqotda bo‘lganda ham yuqib qoladi. Shuning uchun qo‘tir kasalligi jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar qatoriga kiritilgan. Casallikning yashirin (inkubatsion) davri 7—10 kundan 20— 30 kungacha boradi. Klinikasi. Odam terisiga tushgan qo‘tir kanasi zudlik bilan teri ichiga kovlab kirib olib, epidermis bo‘ylab teshishda davom etadi, kovak yo‘lchalar hosil qiladi (46- rasm). Shu joylarda mayda pufaklar paydo bo‘ladi. Kasallikning asosiy belgisi terining qichishidir. Ko‘pincha kana kovlagan kovakning boshlanish qismi, ya’ni kirgan joyi ochiq qoladi, xuddi ana shu yerda kattaligi 1—2 mm keladigan ichida seroz suyuqligi bor oqimtir pufakchalar paydo bo‘ladi. Tuguncha va pufakchali mayda toshmalar bir chiziq bo‘ylab joylashishga moyil bo‘ladi, qash- layverish oqibatida o‘rnida nuqta-nuqta qoramtir yo‘llar hosil qiladi. Toshmalar barmoqlar orasidagi burmalar, kaftning yon tomoniga, keyinchalik butun badanga (erkaklarda tanosil a’zo- larga, ayollarda sut bezi so‘rg‘ichi atrofiga) toshadi. Ba’zan qo‘l tirsaklarining tashqi qismida mayda nuqtali qora qo‘tirlar va tangachalarni (Gorchakov — Ardi simptomi) uchratish mumkin. Bemor hadeb qashinaverishi natijasida qo‘tir badan tersining bir joyidan ikkinchi joyiga o‘tadi. . Toshmalar qattiq qichishadi va bu holat, ayniqsa kechasi va issiqda kuchayadi. Bemorning terisi lupa orqali ko‘zdan kechirilganda, kana yo‘lining boshlanishi, qoramtir nuqtali chiziqlar (kovakchalar), mayda pufakchalarning teridan salgina bo‘rtib turganligini ko‘rish mumkin, xuddi ana shu pufakchalar ichida kanalar bo‘ladi. Qoramtir nuqtalar urg‘ochi kana to‘xtab, tuxum qo‘ygan kovakchalarning tepa teshiklaridir. Qashinaverish natijasida terining normal tuzilishi o‘zgarib, terida tirnalgan, shilingan joylar, qoraqo‘tir po‘stlarni kuzatish mumkin; ko‘pincha qichinganda terining tirnalgan joylariga infeksiya tushishi natijasida yiringli teri kasalliklari: follikulit, furunkul, impetigo, ektima va boshqalar rivojlanishi ham mumkin, bunda kasallikning diagnozi murakkablashadi. Qo‘tir kasalligi uzoq cho‘zilib ketganida yoki bemor muntazam davolanmaganida terining boshqa kasalliklari — dermatit, ekzema paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik shu tariqa asoratlanadigan bo‘lsa, bemor qonida eozinofiliya kuzatiladi. Yosh bolalarda kasallikning belgilari hiyla boshqacharoq kechadi. Aksariyat tovon, kaftning ichki sohasi, son oralig‘i va dumba zararlanadi. Hosil bo‘lgan pufakchalar tez yiringlab jarayon og‘irlashishi mumkin. Tez-tez yuvinadigan odamlarda kasallik bilinar-bilinmas kechadi. Toshmalar yoki kana yo‘llari unchalik sezilmasada, ammo bemorning terisi qattiq qichiydi. Bu holat chala davolan- gan bemorlarda ham kuzatiladi. Ammo bemorning butun badan terisi obdon ko‘zdan kechirilganda, juft-juft joylashgan tuguncha va pufakchalar, qavarchiqlar, tirnalgan joylar hamda bitta-ikkita kana yo‘llari topiladi. Agar kasallik jinsiy muloqot tufayli yuqadigan bo‘lsa, toshmalar qov atrofi, kindik va qorin sohasida bo‘ladi. Jinsiy a’zolar zararlanib, tuguncha va pufakchalar toshadi va ular yiringlab ketishga moyil bo‘ladi. Ba’zan kasallikning klinik manzarasi zaxmga o‘xshab ketadi. Gistopatologiyasi. Kana yo‘llari terining muguz qavatida joylashadi, kovaklarning eng chuqur joyi tikansimon, bazal qavatga yetishi mumkin. Xuddi shu kovaklarda urg‘ochi kana va uning tuxumlari joylashadi. Malpigi qavatida xujayralararo va hujayralar shishi va ular xisobiga pufakcha paydo bo‘ladi. Terining derma qismida asosan limfotsitlardan iborat surunkali infiltrat ko‘rinadi. Bunday infiltratlar kana yo‘llari tagida joylashadi. Diagnozi. Asosan bemorning shikoyatiga e’tibor beriladi. Qo‘tirni ba’zan qichima bilan adashtiriladi, chunki bu kasallikda ham teri qattik. qichishadi. Ammo kasallik yillab davom etadi, teri qichishi bemorni tunu-kun bezovta qiladi. Bemorning limfa tugunlari shishadi (pruriginoz shishi), teri rangi sarg‘imtir bo‘lib, tugunchalar qonli qora qo‘tir bilan koplanadi va qo‘l- oyoqlarning bukiladigan sohasida joylashadi. Shu bilan birga qo‘tir kasalligini mikrob ekzemasi, chin ekzema bilan taqqoslanadi. Lekin qo‘tir kasalligiga tuguncha va pufakchali toshmalarning juft-juft bo‘lib joylashishi, kana yo‘llari borligi, qichishning aynan kechasi avj olishi, bir vaqtda oila a’zolaridan bir necha kishining kasallanishi, Gorchakov-Ardi simptomining musbat bo‘lishi qo‘tirni boshqa kasalliklardan farqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bemorlarning terisida ko‘pincha pigmentli doglar, impetigo elementlarining izi qoladi. Ba’zan bemorning dumg‘aza sohasida toshmalar, dumbaning yorgoq sohasi tomon yo‘nalgan «uchburchak belgisi» hosil qiladi. Ayniqsa bemorning terisidagi toshmalardan (pufakchalardan) laboratoriyada topilgan kana diagnoz to‘g‘ri qo‘yilganligini isbotlaydi. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling