Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
3.1Bilamchi zaxm klinikasini ayting?
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
3
3.1Bilamchi zaxm klinikasini ayting? Oqish treponema teriga yoki shilliq qavatlarga kirgach u yerda zaxmning birlamchi effekt belgilari (qattiq shankr) paydo bo‘lib, u to ikkilamchi davrga xos belgilari bilan almashgunga qadar bo‘lgan muddat zaxmning birlamchi davri deb ataladi. Birlamchi davr bemor qonidagi Wasserman va cho‘kma reaksiyalarning natijalariga qarab seronegativ va seropozitiv davrlarga bo‘linadi. Zaxmning klassik kechishida birlamchi zaxm o‘rtacha 6—8 hafta davom etadi. Zaxmning birlamchi aktiv davri oqish treponema tushgan terida qattiq shankr, regionar limfadenit, ba’zan limfangit hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Qattiq shankr (ulcus durum) yoki birlamchi sifiloma oqish treponema kirgan teri va shilliq qavatlarda chegaralangan infiltrat hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Keyinchalik in- faltratning yuza qismi nekrozga uchrab, eroziya yoki yara vujudga keladi. Qattiq shankrning joylashgan o‘rniga qarab zaxm infeksiyasining yuqish yo‘li haqida bir fikrga kelish mumkin. Qattiq shankr ko‘pincha jinsiy a’zolarda (jinsiy olat boshchasi, preputsial xaltacha, anus, katta va kichik jinsiy uyatli lablar, bachadonning bo‘yin qismida) bo‘ladi va bu kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqqanini ko‘rsatadi. Ba’zan qattiq shankrni oyoq, qorin va boshqa sohalarda uchratish mumkin. Qattiq shankr badan terisi yoki shilliq qavatlarning har qanday joyida, ko‘pincha lab, til, ko‘krak va bodomcha bezlarida joylashadi va bu kasallikning nojinsiy yo‘l bilan o‘tganini bildiradi. Odatda qattiq shankr oval yoki yumaloq, atrof teridan aniq chegaralangan, qattiqligi jimjiloq tirnog‘iday keladigan eroziyadir. Eroziyalarning rangi qizil, chetlari tekis, yulinmagan va bir oz ko‘tarilgan bo‘lib, tubiga tomon nishab bo‘lib boradi (idish shaklini eslatadi). Yaraning yuzi tekis, silliq, go‘sht rangida bo‘ladi, uning markazi goho sarg‘ish yog‘ g‘ubori bilan qoplan- gan bo‘lishi mumkin. Eroziyalardan bir oz seroz suyuqlik chiqib, shankrga yaltiroq, «laklangan» ko‘rinish beradi (60- rasm). Qattiq shankrning xarakterli belgilaridan biri — qattiq konsistensiyali infiltratga ega ekanligidir. Barmoqlar bilan palpatsiya qilib, eroziya ostidagi qattiq infiltratni aniqlash mumkin. Yarali qattiq shankrning chekka qismi tubidan ko‘ra balandroq bo‘lib, tagidagi qattiq infiltrat qo‘lga yaxshi unnaydi. Eroziyali shankrlar epitelizatsiya yo‘li bilan tuzalsa, yaralisi o‘zidan so‘ng chandiq qoldiradi. Birlamchi sifiloma subyektiv belgilarsiz, ba’zan esa sezilarsiz og‘riq bilan kechadi. So‘nggi yillarda qattiq shankning klinik ko‘rinishida ma’lum bir o‘zgarishlar yuz berdi. Ilgari zaxm bilan og‘rigan bemorlarning 80—90% ida yagona (bitta) shankr uchragan bo‘lsa, hozir ikki va undan ortiq shankrlar borligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga yarali shankrlar va ularning piogen infeksiyasi bilan asoratlanish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Qattiq shankrning anogenital sohalarda uchrashi ko‘proq kuzatilmoqda. Qattiq shankrni og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘lishi ko‘proq ayollarda kuzatilsa, uning anus atrofida joylashishi esa erkaklarga xos; birlamchi sifilomaning shu sohalarda uchrashi jinsiy aloqaning nomaqbul ko‘rinishlari mavjudligidan darak beradi. Atipik shankrlar. Qattiq shankrlar quyidagi atipik ko‘rinishlarda uchraydi: indurativ shish, amigdalit-shankr, panaritsiy-shankr. Indurativ shish ko‘pincha katta va kichik uyatli lablarda, erkaklarning moyak haltachasida va olat boshchasining chekka qismida paydo bo‘lib, og‘riqsiz kechadi. Jinsiy a’zolar to‘qimasi shishgan va qattiqlashgan bo‘ladi, bosib ko‘rilsa barmoq izi qolmaydi. Amigdalit-shankrda bodomcha bezi bir tomonlama kattalashadi, biroz shishadi, qizaradi, qattiqlashadi, ammo og‘rimaydi, yara va eroziyalar ba’zan ko‘rinmaydi. Bemorning issig‘i chiqmaydi, ovqatlangan vaqtida og‘rimaydi va bemalol yutinaveradi. Ammo o‘sha tomondagi bo‘yin va jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Bemorning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi. Panaritsiy-shankr ko‘pincha tibbiyot xodimlari (ginekolog, stomatolog va laborantlar) ning ko‘rsatkich barmog‘ida uchraydi. Bunda barmoq kattalashadi, gungurt-ko‘kish rangga kiradi, chetlari notekis, shakli esa noto‘g‘ri bo‘ladi, u og‘riydi; tirsak limfa tugunlari kattalashadi. Kasallikning klinik kechish; streptokokkli panaritsiyni eslatadi. Lekin qattiq infiltrat regionar skleradenitlarning kuzatilishi va o‘tkir yallig‘lanish eritemasining yo‘qligi panaritsiy- shankr uchun xosdir. Qattiq shankrning asoratlanishi. Qattiq shankrning ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanishi va o‘z vaqtida tegishli davolash ishlari olib borilmaganligi natijasida eroziv balano- postit,fimoz,parafimoz, gangrena, fagedenizm kabi asoratlar vujudga keladi. Eroziv balanopostit — qattiq shankrning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri. Preputsial haltachada yetarli namlik, bir xil harorat va oziqlanish uchun qulay muhitning paydo bo‘lishi mikroorganizmlarning tez muddat ichida ko‘payishiga olib keladi. Qattiq shankr atrofida shish, eritema, eroziyalar hosil bo‘ladi va natijada ularning usti seroz-yiringli ekssudat bilan qoplanadi. Bunday manzara qattiq shankrning klassik klinik kechishini o‘zgartirib yuboradi. Limfatik tomirlarga boy bo‘lgan preputsial xaltachada bir oz yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi fimozni keltirib chiqarishi ham mumkin. Bunda olat boshchasining chekka kertmagi kattalashadi, elastikligini yo‘qotadi va preputsial xaltacha jinsiy olat boshchasini chiqarishga halaqit beradi. Preputsial haltacha ichidagi matseratsiya olat boshchasida katta eroziyalar hosil qiladi; toraygan preputsial haltacha teshigidan ekssudat oqishi kuzatiladi. Regionar limfatik tugunlarni paypaslaganda ogriydi va harakatchanligi kamayadi. Preputsial xaltachaning shishi va infiltratsiyasi natijasida preputsial halqa olat boshchasini siqib qo‘yadi. Natijada qon va limfa aylanishi buzilib olat boshchasi va preputsial xaltachaning to‘qimasi nekrozga uchrashi mumkin. Bu parafimoz deb ataladi. Gangrena va fagedenizm qattiq shankr asoratining eng og‘ir ko‘rinishi bo‘lib, u kamquvvat va ichkilik ichadigan kishilarda uchraydi. Bunda fuzospirillyoz infeksiyasi qo‘shilishi kasallikning tez rivojlanishiga olib keladi. Qattiq shankr yuzasida kir-qora yoki qalin qora rangli chirik (gangrena) paydo bo‘ladi va u ko‘chganida gemorragik-yiringli, yarali defekt vujudga keladi. Defekt asta-sekin granulyatsion to‘qima bilan qoplanib, o‘zidan so‘ng chandiq qoldiradi. Agar gangrenali shankrdagi yalliglanish jarayoni atrofga va ichkariga tarqalsa uni fagedenizm deb ataladi. Bunda bemor titrab-qaqshaydi, issig‘i ko‘tariladi, boshi og‘riydi, zaharlanish alomatlari kuzatiladi; to‘qimalarning kuchli parchalanishi katta va chuqur yaralar hosil bo‘lishi hamda qon oqishiga olib keladi. Regionar skleradenit birlamchi zaxmning ikkinchi asosiy belgisi, u qattiq shankr paydo bo‘lgandan 5—7 kun o‘tib rivojlanadi. Agar qattiq shankr tashqi jinsiy a’zolarda joylashsa, u holda chov sohasidagi limfatik tugunlar kattalashadi. Agar u bachadon bo‘ynida yoki to‘g‘ri ichak sfinkteridan yuqorida joylashsa, u holda kichik chanoqdagi limfa tugunlar kattalashadi. Jag‘ va dahan ostidagi limfa tugunlarning kattalashishi qattiq shankrning lab yoki og‘iz bo‘shlig‘ida joylashganligida kuzatiladi. Limfa tugunlarning loviyadek kattalashishi, qattiq elastik konsistensiyaga ega bo‘lishi, paypaslab ko‘rilganda ularning harakatchanligi, bir-biri va teri bilan birlashmaganligi hamda og‘rimasligi regionar skleradenit uchun xarakterlidir. Rikorning yozishicha «skleradenit qattiq shankrga yo‘ldosh, u bilan doimo birga uchraydi, shankr ketidan izma-iz boradi, bubonsiz qattiq shankr uchramaydi». 3.2 Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling