Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Tompson ikki stakanli sinamasi?


Download 63.87 Kb.
bet13/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

4.2Tompson ikki stakanli sinamasi?
So‘zakda siydikni tekshirish. So‘zak uretritida uretraning oldingi yoki orqa qismi zararlanganligini aniqlash uchun ertalabki siydik tekshiriladi. Davolovchi shifokor uchun buning ahamiyati katta. Buning uchun bemor ertalabki siydigini ikkita nomerlangan stakanga — yarmini birinchi stakanga, qolgan qismini ikkinchi stakanga yig‘adi, buni ikki stakanli sinama(Tompson
sinamasi) deyiladi. Stakanlardagi siydikning loyqaligiga qarab shifokor uretraning oldingi, yo orqa qismi yoki xamma yeri zararlanganligini ko‘z bilan aniqlaydi.
4.3Uchuqni davolash?
Davosi. Terida paydo bo‘lgan pufakchalar, eroziyalangan mayda yara-chaqalarga anilin bo‘yoqlari, metilen ko‘ki, brilliant yashili, Kastellani bo‘yog‘i surtiladi. Qora-qo‘tir bo‘lgan joylar, yoriqlar, eroziyalarga 3—5% li oq simob mazi, sintomitsin emulsiyasi, 1—3% li oksolin, interferon, bonafton, gossipol, florenal mazlari surtiladi. Namlangan sohalarni quritish va dezinfeksiyalash uchun 1—4% li kumush nitrat, 1—2% li pioktanin eritmalari ishlatiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanda borat kislota, vodorod peroksid, kaliy permanganat, etokridin laktat, bikarbonat natriy eritmalari bilan tez-tez chayqab turish buyuriladi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda antibiotiklar buyuriladi; maxsus davodan tashqari simptomatik, immunostimulyar va umumiy davo choralari ko‘riladi. Ayniqsa (genital oddiy uchuqda) kasallik tez-tez qo‘zib turishini va yana kaytadan yuqishi mumkinligini nazarda tutib uni mukammal davolash talab etiladi. Atsiklovirni tabletka (0,2 g dan kuniga 5 mahal) yoki malham holida qo‘llash davolash samarasini oshiradi. Timalin 10—30 mg dan, taktivin 80—100 mg dan bir davo kursiga 8—10 inyeksiya, splenin 1,0 ml dan, prodigiozon 0,5 ml dan muskullar orasiga yuborish, eleuterokokk, levomizol
ichishga buyuriladi. Tanosil a’zolaridagi uchuqqa qarshi immunoglobulin 3,0 ml dan 3—4 kun oralatib 5—7 inyeksiya (passiv immunizatsiya) hamda har 7 kunda bir mahal, jami 5 inyeksiya o‘ldirilgan gerpetik vaksina qilinadi

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling