Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
5.1Ikkilamchi zaxm klinikasi
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
5
5.1Ikkilamchi zaxm klinikasi Zaxmning ikkilamchi davri oqish treponema bilan zararlangandan o‘rtacha 2—3 oy yoki birlamchi sifiloma paydo bo‘lgandan 6—7 hafta o‘tgach teri va shilliq qavatlarda toshmalar toshishi bilan boshlanadi. Kasallik davolanmagan xolda 3—5 yil davom etadi. Zaxmning ikkilamchi davrida ichki a’zolar, harakatlanish apparatlari va nerv sistemasida turli xil patologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ikkilamchi zaxmning birinchi 5—7 kunida ba’zi bemorlarda (10—15%) umumiy darmonsizlik, lanjlik, bosh og‘rig‘i, harorat ko‘tarilishi (37,2—38°C), kechqurunlari bo‘g‘im va suyaklarda og‘riq bo‘lishi kuzatiladi. Lekin ko‘pincha bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi. Zaxmning ikkilamchi davri ikkilamchi yangi zaxm (toshmalarning birinchi marta toshishi) va ikkilamchi retsidiv zaxmga (toshmalarning qayta. toshishi) bo‘linadi. Toshmalar toshishi orasidagi vaqt ikkilamchi yashirin zaxm deb ataladi. Ikkilamchi davrda toshmalarning paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, shuningdek ularning soni, morfologik xususiyatlari oqish treponemalarning aktivligiga va ularning makroorganizm bilan bo‘lgan immunobiologik munosabatiga bog‘liq. Ikkilamchi davrda uchraydigan toshmalar umumiy xususiyatga ega. Ular badanning turli sohalarida uchrab, shakli dumaloq, keskin chegaraga va ko‘kimtir-qizg‘ish rangga ega, ko‘shilishga moyil emas, subyektiv sezgilar bo‘lmaydi, davolash choralari o‘tkazilmasa ham ma’lum bir vaqtdan keyin iz qoldirmasdan yo‘qolib ketadi. Ikkilamchi sifilidlarning eroziyali yuzasida ko‘p miqdorda oqish treponemalar bo‘lib, ular juda ham kontagioz xisoblanadi. Wasserman va cho‘kma reaksiyalar ikkilamchi yangi zaxmda 100% keskin musbat bo‘lsa (reaginlar titri yukori - 1:160, 1:320), ikkilamchi retsidiv zaxmda 96—98% bemorlarda keskin musbat bo‘ladi (reaginlar titri past). Immunoflyuoressensiya reaksiyasi 100% bemorda keskin musbat bo‘ladi. Oqish treponemalarning immobilizatsiya reaksiyasi (OTIR) ikkilamchi yangi zaxm bilan og‘rigan bemorlarning taxminan yarmida (40—60% immobilizatsiya) va ikkilamchi retsidiv zaxm bilan og‘rigan bemorlarning 60—80% ida musbat bo‘ladi (oqish treponemaning immobilizatsiyasi esa 70—90% ni tashkil etadi). Ikkilamchi zaxm bilan og‘rigan bemorlarni antibiotiklar bilan davolash vaqtida Lukashevich-Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi (harorat ko‘tarilishi, umumiy simptomlarning paydo bo‘lishi, toshmalar sonining ortishi va rangining yorqinlashishi) kuzatiladi. Antibiotiklar ta’sirida ko‘plab oqish treponemalar nobud bo‘ladi va natijada bu mikroorganizmlar tarkibidan pirogen (toksik) moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar qon tomirlarga ta’sir etadi va klinik jihatdan Lukashevich -Yarish - Gerksgeymer reaksiyasi bilan ifodalanadi. Ikkilamchi zaxmda morfologik elementlardan dog‘ (rozeola), tuguncha (papula), ba’zan esa pufakcha (vezikula) va madda (pustula) uchraydi. Shu bilan birga bu davrda sifilitik leykoderma va soch to‘kilishi (sifilitik alopetsiya) ham kuzatiladi. Zaxmning ikkilamchi yangi davridagi sifilidlar mayda va ko‘p, yorqin rangli, simmetrik, atrofga yoyilmaydi, usti kepaklanmaydi. Bu davrda ba’zi bemorlarda qattiq shankrning qol- diqlarini va regionar skleradenitni aniqlash mumkin, 80—90% bemorlarda poliskleradenit holati rivojlanadi. Ikkilamchi retsidiv zaxmda toshmalar yirik va soni kam, ko‘pincha simmetrik bo‘lmay, guruhlashishga moyil bo‘ladi va ko‘p ishqalanuvchi sohalarda (son, jinsiy a’zolar, og‘iz bo‘shlig‘i) joylashadi. 5.2 5.3 6.1 Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling