Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi morfologik elementlar
Qavarchiq — o‘tkir yallig‘lanish tabiatida bo‘lib, teri damidan bir oz ko‘tarilib turadigan bo‘shliqsiz element, dermaning so‘rg‘ichsimon qavatida chegaralangan o‘tkir yallig‘lanishi va serozli shish paydo bo‘lishi natijasida vujudga keladi. U dumalok, chuzinchok. va oval shaklda, rangi esa qizg‘ish bo‘ladi. Qattiq qichishish bilan kechadi. Qavarchiq lahzada paydo bo‘lib, tez- da yo‘qoladi va o‘zidan hech qanday iz koldirmaydi. Ammo ba’zi bemorlarda u ancha vakt saqlanib qoladi (urticaria facticta yoki dermografismus). Urtikal elementlar dastlab paydo bo‘lganida rangi och pushti, keyinchalik oqimtir bo‘lib qoladi. Shunday qilib, asl qavarchiqning markazi ok, periferiyasi esa pushti rangga kiradi. Odatda kavarchiqlar bir-biriga ko‘shilishga moyil bo‘lib, doyra yoki chiziqchalarga o‘xshash shakllarni vujudga keltiradi. Qavarchiqlar badanga qichitqi o‘t va boshqa o‘simliklar tegib ketganda, xashoratlar chaqqanda, shuningdek kishi qattiq sovqotganda (ekzogen), og‘ir iztirob yoki organizm qarshilik kuchining keskin pasayib ketishi (endogen) tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Turli dori-darmonlar ta’sirida (medikamentoz), alimentar, infeksion, allergik holatlarda ham qavarchiqlar ko‘p kuzatiladi. Pigmentli eshakemda terini mexanik yo‘l bilan ta’sirlab qavarchiqni yuzaga keltirish mumkin. Eshakem, Kvinkning angionevrotik shishi, zardob kasalligida va boshqa dermatozlarda (toksikodermiya, Dyuringning gerpetiform dermatiti, flebotodermiya) qavarchiq asosiy morfologik element hisoblanadi.
Ikkilamchi morfologik elementlar. Bularga quyidagilar kiradi: pigment doglar (pigmentatio), tangacha (squama), qora qo‘tir pust (crusta), yoriqlar (fissura), ekskoriatsiya, tirnalish (excoriatio), eroziya (erosio), yara (ulcus), chandiq (cicatrix), vegetasiya (vegetationes), lixenifikatsiya (lichenificatio). Pigment dog‘lar (pigmentatsiya, teri disxromiyasi — dischromia cutis) — terida pigmentlanishning buzilishi. Odatda birlamchi elementning o‘rnida paydo bo‘ladi. Masalan, zaxmdagi papulalar, maddalar, ba’zi dermatozlarda eroziya va yaralar o‘rnida giperpigmentlangan dog‘lar qoladi. Bunday o‘zgarish aksariyat yallig‘langan o‘choqlarda melanin xosil bo‘lishining ortishi va gemosiderin kabi kon pigmentining chiqishidan yuzaga keladi (gemosiderozlarda, bit chaqqan teri sohasida). Melanin yetishmasligidan esa ikkilamchi gipopigmentli doglar paydo bo‘ladi. Ularni ikkilamchi leyokoderma deyiladi (tangachali temiratkida, zaxmda kuzatiladi). Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling