Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet4/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

Pufakcha- doimo o‘tkir yalliglanish tabiatiga ega bo‘lgan, teri damidan ko‘tarilib turadigan, kovakli, ichida seroz suyuqligi bor ekssudativ birlamchi element. Shakli oval, yarimsharsimon, kattaligi 1,5 mm dan 5 mm gacha yetadi. Pufakchaning uchta qismi, ya’ni seroz yoki seroz-gemorragik suyuklik bilan to‘lgan kovak qismi, yopib turuvchi pust va asosi tafovut kilinadi. Kamdan-kam hollarda (disgidrozda) pufakchalar teri damidan ko‘tarilib turmay, teri yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Pufakchalar muguz qavat hujayralari ostida, epidermis qavati hujayralari o‘rtasida hamda epidermis va derma oraligida joylashishi mumkin. Pufakchalar bir yoki ko‘p kovakli buladi. Aksariyat pufakchalar tiniq seroz suyuklik tutadi, ba’zan qon yoki yiring bo‘lishi ham mumkin. Keyinchalik pufakchalar qurib tangachalar bilan koplanadi yoki yorilib eroziya hosil qiladi va suvchirab turadi (ekzema va o‘tkir dermatitda). Og‘iz shillik. kavati hamda terining doimo bir-biriga ishqalanib turadigan sohasida pufakchalar aksariyat tez yoriladi va eroziyalangan yuza xosil qiladi. Aksincha terining qalin joylarida (kaftda) joylashgan pufakchalar ancha vaqt yorilmay turadi. Pufakchalar tup-tup bo‘lib joylashadi (oddiy uchuq), ba’zan uni tuguncha ustida ham uchratish (qichimada) mumkin. Pufakchaning gistologik ko‘rinishida spongioz, hujayralaro shish (ekzema, dermatit), Malpigi kavat hujayralarida degenerativ o‘zgarishlar (oddiy va belbogsimon uchuk, suvchechak) hamda hujayralar ichida vakuolalar yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin (disgidrotik ekzema, epidermofitiya). Pufakchalar izsiz yo‘qolib ketadi yoki ular o‘rnida vaqtincha pigmentli dog qoladi (Dyuringning gerpetiform dermatiti).
Pufak — ichi kovakli ekssudativ element, kattaligi 0,5sm, dan 5—7sm gacha bo‘lishi mumkin. Pufakning ham xuddi pufakchaga o‘xshab qovak, pust va asos qismi tafovut qilinadi. Agar pufak muguz qavat hujayralari ostida yotsa subkorneal, malpigi qavati hujayralari orasida (tikansimon hujayralar orasida) bo‘lsa — intraepidermal, epidermis bilan derma oralig‘ida joylashsa — subepiderm al pufaklar deyiladi (5-rasm). Pufak ichidagi suyuqlik tiniq, sarg‘imtir, xira va gemorragik, shakli yarimsharsimon, oval, yumaloq bo‘lishi mumkin. Aksariyat pufaklar bir kovakli bo‘ladi, shuning uchun teshganda tez bo‘shaydi, ba’zan (epidermofitiyada) bir necha kovak hosil qiladi. Pufak suyuqligi leykotsitlar, eozinofillar, eritrotsitlar, epitelial hujayralar, ayrim hollarda ikkilamchi mikroorganizm (stafilokokk, streptokokk) tutadi. Pufaklar pusti qattiq va tarang yoki mayin va yumshoq bo‘lishi mumkin. Aksariyat pufaklar eritematoz dog‘lar urnida, ba’zan esa hech qanday o‘zgarishsiz teri sohasida yuzaga keladi. Dyuringning gerpetiform dermatiti, toksikodermiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritemada pufaklar atrofi giperemiyalangan teri sohasi bilan o‘ralib tursa, pemfigus, tugma bullyoz epidermolizda pufaklar hech uzgarmagan teri yuzasida paydo buladi. Ba’zan epidermisga ikkilamchi mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari ta’sir etishi tufayli ham pufak paydo buladi. Endogen faktorlar kupincha intraepidermal pufaklar vujudga kelishiga sabab buladi, bunda hujayralararo bog‘lamlarning buzilishi (akantoliz) hamda epidermal hujayralarning degenerativ uzgarishi kuzatiladi.
Akantolitik uzgarishlar pemfigusda yaqqol kuzga tashlanadi. Ba’zan tomirlardan chiqqan ekssudat epidermisni dermadan ajratadi va subepidermal pufaklar paydo buladi (polimorf ekssudativ eritema). Pufak ichidagi suyuqlik qurib uziga xos pust hosil qiladi yoki odatda pufak yorilib, yuza eroziyalarga aylanadi, eroziyalar bitib, urnida vaqtincha dog‘ qoladi, keyinchalik bu dog‘ ham yuqolib teri uz asliga keladi. Aksariyat pufaklar subepidermal tabiatga ega bulganida dermaning surgichsimon qavati ham bir oz zararlanadi va pufaklardan keyin chandiq qoladi (tug‘ma bulyoz epidermolizda, kuyganda, porfirin kasalligi va boshkalar). Pufak kupincha terining kuyishi yoki unga biron qattiq narsa tegishidan kelib chiqadi.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling