Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet3/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

Tuguncha —teri damidan ko‘tarilib turadigan bo‘shliqsiz element. Tabiatan yallig‘lanishga aloqador bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham mumkin. Tugunchalar (3- rasm) epidermisda joylashsa — epidermal papulalar (yassi so‘galda uchraydi) yoki dermada bo‘lsa — dermal papulalarni (ikkilamchi zaxmda) yuzaga keltiradi, aksariyat papulalar — epidermodermal bo‘ladi (qizil yassi yoki tangachali temiratki, neyrodermit). Tugunchalar o‘rnida odatda chandik, chandiqli atrofiya kabi izlar qolmaydi, ammo giper- yoki depigmentli doglar qolishi kuzatiladi. Tugunchalarning rangi pushti, qo‘ng‘ir, misdek kizil, ko‘kish-qizil bo‘lishi mumkin. Shakli jihatdan dumaloq, oval, tyuligonal, o‘tkir uchli serbar, kindiksimon, konussimon va yassi, konsistetsiyasiga kura esa yumshoq, qattiq elastik tugunchalarga bo‘linadi. Kattaligi har xil, to‘g‘nog‘ich boshidek — miliar (1 —1,5 mm), yasmiqdek keladigan— lentikulyar (2—3 mm), 10—15 tiyinlik tangadek — nummulyar tugunchalar farq qilinadi. Bir qancha yirik tugunchalar-pilakchalarni hosil qiladi. Miliar tugunchalar qizil yassi temiratkida, lentikulyar tugunchalar kipiqli temiratki va ikkilamchi zaxmda kuzatiladi. Tugunchalar Malpigi kavatining qalinlashuvi tufayli epidermisdan (akantoz, giperkeratoz, parakeratoz) yoki dermaning so‘rgichsimon qavatidagi infiltratlardan paydo bo‘ladi. Terining ko‘p ishqalanadigan joylari, chov oraligi yoki og‘izda har xil ta’sirot tufayli ular yuzasi ochilib eroziyalanadi; eroziyalangan papulalar, ba’zan gipertrofiyalanib vorsinkali yuza hosil qiladi va ularni papillomalar deyiladi. Gipertrofik tugunchalar nisbatan katta bo‘lib ikkilamchi kaytalama zaxmda uchraydi. Ko‘pgina kasalliklarda papulalar bilan birga boshqa elementlar ham kuzatiladi. Masalan, papulalar bilan pufakchalar (papulovezikulalar, maddalar, papula-pustulalar) nekrotik jarayon bilan birga keladi (papulonekrotik teri sili). Bunday hollarda ular o‘rnida chandiqlanish ro‘y beradi.
Do‘mboqcha — o‘tkir yallig‘lanishga deyarli aloqasi bo‘lmaydigan, teri sathidan ko‘tarilib turadigan bo‘shliqsiz element, chuqur tomirlar to‘ri atrofidagi dermaning retikulyar qatlamida hujayra infiltrati to‘planib qolishi tufayli kelib chiqadi. Qasallikning boshida do‘mboqchani tugunchadan ajratish juda mushkul. Chunki kattaligi, shakli, konsistensiyasi jihatidan u tugunchaga o‘xshab ketadi. Do‘mboqcha dermaning faqat so‘rg‘ichsimon qavatida emas, balki to‘rsimon qavatida ham yuzaga keladi. Do‘mboqchaning kattaligi 3—5mm dan 2— 3sm gacha (4-rasm), rangi ko‘kimtir-sarg‘ish yoki qo‘ngir-qizg‘ish, shakli yarim-sharsimon bo‘ladi. Do‘mboqcha infiltrati granulyomadan, ya’ni limfotsitlar, gigant va epiteliloid hujayralardan iborat bo‘ladi. Qeyinchalik do‘mboqcha markazi nekrozga uchrab, qora ko‘tir bilan qoplanib turadigan yara hosil bo‘ladi. Ba’zan do‘mboqchaning so‘rilishi hisobiga uning o‘rnida atrofiyali chandiq qoladi. Do‘mboqcha, masalan, sil volchankasida ko‘prikchalar (kazeoz-nekrozdan keyin) hosil qilishi bilan bitsa, zaxmda naqshga o‘xshash shakllarni yuzaga keltiradi va buning klinik ahamiyati katta.
Turli kasalliklarda do‘mboqchalar o‘ziga xos rangga ega bo‘ladi. Masalan, uchlamchi zaxmda qizgish-jigarrang, sil volchankasida qizgimtir, moxovda to‘q bugdoy rang va hoqazo. Qo‘pgina kasalliklarda do‘mboqchalar o‘zining gistomorfolo-gik tuzilishi bilan fark kiladi. Masalan, sil volchankasida do‘mboqchalar aksariyat epitelioid hamda Langxansning gigant hujayralaridan tashkil topadi, ba’zan sil mikobakteriyalarini topish mumkin, zaxmda esa do‘mboqcha plazmatik epitelioid hujayralar, limfotsitlar va fibroblastlardan iborat bo‘lib, gistologik preparatlarda oqish treponemalar topilmaydi. Odatda do‘mboqchalar badanning turli kismlarida joylashadi, ba’zan ular bir-biri bilan qo‘shilib katta infiltratlar qosil qiladi. Do‘mboqchalar asosan zaxm, sil volchankasi, moxov, tarkalgan rubromikoz kabi kasalliklarda uchraydi.
Tugun — bo‘shliqsiz elementlar qatoriga kirib, teri damidan ancha ko‘tarilib turadi, o‘tkir bo‘lmagan yallig‘lanish bilan kechadi, infiltrativ tabiatga ega. Konsistensiyasi qattiqroq, anik chegarlangan, kattaligi 1—5sm bo‘lib, asosi teri osti katlamida, ya’ni gipodermada joylashadi. Tugun granulyomadan, ya’ni tugun infiltrati limfotsitlar, epitelioid va gigant hujayralar to‘plamidan tashkil topadi. Dastlab tugun tashqaridan bilinmasligi mumkin, ammo paypaslab ko‘rilganda qo‘lga yaxshi unnaydi, keyinchalik kattalashib, teri damidai ko‘tarilib turadi. Tugunlar aksariyat yaralanib ketadi, bora-bora qora ko‘tir bilan qoplanib, o‘rnida chandiq qoldiradi. Ba’zan tugunlar ham o‘tkir yalliglanish bilan kechadi (tugunli eritema), bunda tugun asosi epidermisda bo‘ladi. Tugunlar konsistensiyasi kollikvativ silda yumshoq, moxov va uch- lamchi zaxmda qattiq elastik bo‘ladi. Tugunlar o‘zining konsistensiyasi, shakli, rangi va ajralmasiga karab ayrim kasalliklarda o‘ziga xos nom bilan ataladi: kollikvativ silda — skrofuloderma, uchlamchi zaxmda — gumma , moxovda — leproma va hokazo. Shuningdek tugunlar xavfli va xavfsiz o‘smalar, chuqur mikoz, tarqalgan surunkali rubromikoz hamda tugunli eritemada ham uchraydi.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling