Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3Vulgar po`rsildoq
8.2 Teri sinamalari qo`yish?
Dermatozlarning biron bir kasbga aloqadorligini (shu kasbda ishlatiladigan kimyoviy moddaga nisbatan organizmning sezuvchanligini aniqlash) isbotlash maqsadida teri sinamalari yoki testlari o‘tkazildi. Dermatologiya amaliyotida kompress va tomchi sinamasi ko‘p qo‘llaniladi. Kompress usuli. Qo‘zg‘atuvchi moddali eritmaga namlangan 1,5X1,5 sm kattalikdagi doka to‘rtga buklanib bilakning yozuvchi yuzasiga qo‘yiladi va ustidan 4X4 sm kattalikdagi kompress qog‘oz yopiladi va bog‘lab qo‘yiladi. Sinama bir kun o‘tkazib, ikki kungacha qayd qilib boriladi. Tomchi usuli. Bu usul juda oddiy bo‘lib, uni har qanday sharoitda qo‘llash mumkin. Tomchi usulida sinama o‘tkazish uchun ishlab chiqarishda keng ishlatiladigan ta’sirlovchn moddalarning avvaldan spirtli eritmasi tayyorlab olinadi. Soglom teri yuzasiga (qorin terisiga) bir tomchi eritmadan tomiziladi va atrofi kimyoviy qalam bilan o‘rab qo‘yiladi. Natija 24—48 soatdan keyin qayd qilinadi. Reaksiya musbat bo‘ladigan bo‘lsa, tomchi tomizilgan joyda birmuncha eritema, shish, bir yoki bir nechta tuguncha yoki pufakchali toshmalar chiqadi. Nospetsifik reaksiyalardan ajratib olish uchun simmetrik ravishda kompress usulida sulemaning 1:1000, formalinning 4,5% li suvdagi eritmasi, tomchi usulida 2% sulemaning spirtli eritmasidan iborat moddalar bilan nazorat o‘tkaziladi. Allergik reaksiyalarni o‘tkazish mutaxassisdan juda katta mas’uliyat talab qiladi. Shu bilan birga teri sinamasining manfiy natija berishi kasallik kasbga aloqador ekanligini inkor etish uchun asos bo‘la olmaydi. Kasbga 8.3Vulgar po`rsildoq Davosi. Hozir pufakli toshmalarni davolashda asosan kortikosteroidlardan foydalaniladi. Kortikosteroidlar miqdori bemorning umumiy axvolidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Dermatoz yengilroq kechganida steroid gormonlar bemorning har kg vazniga 1 mg dan, lekin og‘irroq hollarda 2 mg/kg miqdorida buyuriladi. Odatda steroid gormonlar qabul qilinayotganda bemorning ahvoli ancha yengillashadi, terida yangi toshmalar toshishi to‘xtab, eroziyalar o‘rni bita boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab berilayotgan dori miqdorini asta-sekin kamaytirib boriladi; steroid gormonlar dozasi saqlab turuvchi mikdorgacha kamaytiriladi, bu davrda bemorning ahvoli bir maromga kelib, kasallikning zo‘rayishi (retsidivi) kuzatilmaydi. Saqlab turuvchi miqdor, masalan, prednizolon uchun 15—20 mg. Bemor bu dozani kasalxonadan chiqqandan keyin uzoq vaqtgacha qabul qilishi zarur. Bir necha yildan so‘ng kortikosteroidlar bilan davolash to‘xtatilishi mumkin. Bunda shifokor bemorning umumiy ahvoli va kasallik qaytalamasligini inobatga olmog‘i lozim. Bunday dorilarni uzoq vaqt qabul qilayotgan bemorlarda turli xil murakkablanishlar boshlanishini nazarda tutib, oldindan uning oldini olish («Teri kasalliklarini davolashning asosiy tartibi» bo‘limiga qarang) chora-tadbirlarini ko‘rish talab etiladi. Pemfigusni davolashda kortikosteroidlardan tashqari immunosupressiv preparatlar — sandimmun, metotreksat, azotioprin va boshqalar keng qo‘llaniladi. Agar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, gemotransfuziya (150—200 ml tomchilab venaga yuboriladi), plazma, gemodez,reopoliglyukin va boshqa foydali eritmalarni yuborish tavsiya etiladi. Mahalliy davo. Ikkilamchi infeksiya bilan murakkablanishning oldini olish maqsadida shilingan teriga dezinfeksiyalovchi eritma (kaliy permanganat, Kastellani suyuqligi) yoki malham surtish lozim. Sirtdan kortikosteroidli malhamlar surtish davo samarasini yanada oshiradi. Pemfigus ogiz bo‘shlig‘ida bo‘lsa, stomatolog ko‘rigidan o‘tkazish va og‘izni furatsil- lin (1 :5000), metilen ko‘ki va rivanol eritmasi bilan chayib turish kerak. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling