Ariza shakli 1-ilova


Download 76.61 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi76.61 Kb.
#1548536
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjatlar namunalari

0000 00 00.
Toshkent shahri
Rais — M. S. Rahimov
Kotib — S.P.Mahmudov
Qatnashdilar: 65 kishi (ro'yxat ilova qilindi)
KUN TАRTIBI:
1 O'zbekiston Respublikasining «Taʼlim to'g'risidagi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabdan tashqari tarbiya muassasalari oldiga qo'yilgan vazifalar va ularni amalga oshirish. Maʼruzachi O. Karimova.
2 Markaz jamoasining birinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. Maʼruzachi O.R.Solieva.
3 Navro'z bayramiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. S. Karimov axboroti.
1 ESHITILDI:
O.Karimova — maʼruza matni ilova qilindi.
SO'ZGА CHIQDILАR:
А. Mirakbarova — (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
P.S.Chorisv — (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
QАROR QILINDI:
(Qabul Qilingan Qarorlar bayoni yoziladi).
2 ESHITILDI:
1. O.R Solieva — (Maʼruzasining qisqacha yoki to'liq bayoni yoziladi).
SO'ZGА CHIQDILАR:
T. Аxmedova - .........................
QАROR QILINDI:
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
3 ESHITILDI:
S. Karimov axboroti - (Аxborotning mazmuni bayon qilinadi).
QАROR QILINDI:
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
Rais: M.S.Rahimov
Kotib: S.P.Mahmudov
Bayonnomadan ko’chirma shakli 2-ilova
Korxona mehnat jamoasining 0000 yil «___» ______________dagi umumiy yig’ilish ning ____________________ raqamli
BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA
Korxona bilan mehnat munosabatida turuvchilar_____________ kishi
Katnashganlar_________ kishi
Ishtirok etmaganlar___________ kishi
Shulardan uzrli sabablarga ko'ra (bola tarbiyasi taʼtilida, kasalligiga ko'ra, mehnat va boshqa taʼtillarda, xizmat safaridagilar)__________ kishi
ESHITILDI:
Korxona jamoa shartnomasi loyihasini maʼqullash haqida.
SO'ZGА CHIQDILАR:

  1. ______________________________________________________________

  2. ______________________________________________________________

  3. ______________________________________________________________

va hokazo______________________________________________________
QАROR QILINDI:
1. Jamoa shartnomasi va uning ilovalari maʼqullansin.
2. Shartnomani mehnat jamoasi nomidan imzolash vakolati korxona kasaba uyushmasi qo'mitasining raisiga topshirilsin. Unda mehnat jamoasidan quyidagi vakillar ishtirok etsinlar:
1._________________________________________________________________
2._________________________________________________________________
3._________________________________________________________________
3. Jamoa shartnomasi imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilab qo'yilsin.
Umumiy majlis raisi __________________
kotib __________________

O'zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi


Аlisher Navoiy nomindagi Til va adabiyot instituti
ilmiy kengashi yig'ilishining 17-raqamli
BАYONNOMАSIDАN KO'CHIRMА
0000.00.00
Toshkent shahri

KUN TARTIBI:



  1. «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug’ati» kitobini nashrga tavsiya etish. R. Doniyorov axboroti.

ESHITILDI:

  1. R. Doniyorov – ilmiy kengash a’zolarini «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug’ati» bilan batafsil tanishtirdi. Ushbu lug’at 10 ming so’zni qamraganligi, ularning har biri hozirgi kun talabi darajasida izohlanganligini ko’rsatib o’tdi.

QAROR QILINDI:

  1. «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug’ati» nashrga tavsiya etilsin.

  2. Mas’ul moharrir etib filologiya fanlari doktori E. Begmatov tasdiqlansin.

Rais (imzo) I.O.Familiyasi
Kotib (imzo) I.O.Familiyasi

Bildirishnoma namunalari 1-ilova


Soatsozlik zavodining direktori Q.B.Karimovga zavod qaramog’idagi bolalar oromgohining boshlig’i L.Komilovadan
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ BINOLARINING UMUMIY AHVOLI HAQIDA
BILDIRISHNOMA
Sizning ko’rsatmangizga binoan, men taxnik-nazoratchi S. Bakirov bilan birgalikda shu yil 2012 yil 7-8 may kunlari zavod qaramog’idagi bolalar oromgohi yotoq binolarini tekshirib chiqdim.
Barcha yotoq binolari qoniqarli ahvolda. Biroq 1-binoda deraza oynalarini o’rnatish, 2-binoni qisman bo’yash, 3-binoda esa eshiklarni ta’mirlash zarur deb hisoblayman.
Bolalar oromgohi boshlig’i (imzo) L.Komilova
0000.00.00
«Suvsoz» trestining
Shayxontohur tuman
bo’limi mudiri
_______________ga
«Cho’lponota» mahallasi
oqsoqoli
_________________dan
BILDIRISHNOMA
Sizning ko’rsatmangiz bilan mahallamizning Gulxaniy ko’chasida eskirgan suv quvurlari 2012 yil oktyabrigacha almashtirilishi kerak edi. Biroq bu ishning muddati suv o’tkazuvchi quvurlarning o’z vaqtida va yetarlicha keltirilmaganligi oqibatida kechikib ketmoqda. Gap bu yerda bor yo’g’i 50 m suv o’tkazuvchi quvur ustida ketayapti. Mazkur ish yuzasidan zaruriy chora ko’rishingizni so’rayman.
Mahalla oqsoqoli (imzo) (I.O.F.)
0000.00.00

3-ilova
«O’zavtotrans» davlat aksiyadorlik


korporatsiyasiga qarashli 4-avtosozlash
korxonasining boshlig’i S.Q.Qurbonovga
korxona bosh texnigi M.Dadaboevdan

BILDIRISHNOMA


Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o'zida tekshirish va nazorat sinovini o'tkazish bir qancha sozlovchi-slesarlar va haydovchilarning belgilangan vaqtdan keyin ham bir oz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq biz belgilangan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo'limida rasmiylashtirishda kiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz.
Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etishni so'rayman.

Korxona bosh texnigi (imzo) M.Dadaboev


0000.00.00

Dalolatnoma shakli 1-ilova


Vazirlik, yuqori idora, TASDIQLAYMAN
muassasa nomi TASDIQLANGAN
MATN SARLAVHASI («…………HAQIDA»)
DALOLATNOMA

sana
tuzilgan joyi

Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi) – raqamli buyrug’i yoki yuqori idoraning – raqamli yuqori)

Raisi (shaxs lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familliyasi)


A’zolari: 1. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familliyasi)
2. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)
3. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi)dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
Ilovalar

Komissiya raisi (imzo) Ismi va ota ismining bosh


harflari, familiya
Komissiya aʼzolari (imzolar) Ismi va ota ismlarining bosh
harflari, familiyalar
Ishtirok etganlar (imzolar) Ismi va ota ismlarining bosh
harflari, familiyalar

Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnoma namanasi: 1-ilova




Fermer xo’jaligining ISHONCHNOMA
to’rtburchak muxbiri
(xo’jalikning to’liq Olmazor fermer xo’jaligi bosh iqtisodchi Ahmad
nomi, ishochnoma Salimovich Rahimovga Bekobod qurilish jihozlari
raqami va vaqti aks korxonasi bilan 2012 yilning 2-3 choragida fermer
etadi) 2012.03.12. xo’jaligiga 60 mingta qurilish bop g’isht va 100


tonna ohak yetkazib berish to’g’risida shartnoma tuzish hamda mazkur topshiriq bilan bog’liq barcha ishlarni bajarishga vakolat beradi. Ishonchnoma 2012 yilning 16 dekabrigacha amal qiladi.


Fermer xo’jaligi rahbari (imzo) A. Bobobekov
(muhr)
Maxsus ishonchnoma namunalari 2-ilova


Toshkent shahar
1-uysozlik kombinatining ISHONCHNOMA
to’rtburchak muxbiri
(kombinatning to’liq Kombinat adliya maslahatchisi (yuriskonsult)
nomi, ishochnomaning Anvar Sattorovich Qodirovni barcha sud (hakamlik)
raqami va berilgan vaqti) idoralaridagi kombinat ishlarini davogar, javobgar
2012.15.11. yoki uchinchi shaxs uchun qonunga muvofiq


belgilangan jami huquqlar bilan (jumladan, ishni tinchlik bilan to’xtashish, davo talabini tan olish, uni to’la yoki qisman rad etish, sud qarorlari yuzasidan shikoyat qilish kabi) olib borishga vakil qiladi.
Ishonchnoma shaxsan A.S.Qodirovga berildi va 2012 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.


Kombinat direktori (imzo) A.B.Sobirov
(muhr)

3-ilova



Maktabning ISHONCHNOMA
to’rtburchak
muhri Zarafshon tumanidagi 7-maktab xo’jalik mudiri
(ishochnoma raqami Halim Hasanovich Sobirovga tuman madaniy mollar
va berilgan vaqti) magazinidan hisob bo’yicha maktabga ajratilgan
2012.07.12. 2460305 (ikki million to’rt yuzi oltmish ming uch


yuz besh) so’mlik sport jihozlarini olishga ishonch bildiradi.
Ishonchnoma 2012 yil 24 dekabrgacha amal qiladi.


Maktab direktori (imzo) H. Qosimov
(muhr)
4-ilova


ISHONCHNOMA


Korxonaning to’rtburchak
muxbiri
0000 yilning 00 yanvarigacha
amal qiladi
(ishochnoma raqami
va berilgan vaqti)
0000.00.00.


Mirzo Ulug’bek tumani savdo bo’limi boshqaruvi a’zosi Halim Mahmudovich Ikromovga boshqaruv nomidan barcha sud idoralarida davogar, javobgar va uchinchi shaxs uchun berilgan huquqlar bilan ish yuritishga vakolat beradi.

H.M.Ikromov imzosini tasdiqlayman.


Tuman savdo bo’limi
boshqaruvining raisi (imzo) M.I.Tog’ayev
(muhr)

Shaxsiy ishonchnoma namunalari 5-ilova


ISHONCHNOMA
Men, Toshkent shaHar, 2-Qorasuv dahasi, 214-uy, 5-xonadonda yashovchi Аhad Ismoilovich Bahodirov, yon qo'shnim Naim Аbdullaevich Qaaxxorovga shaharning 7-aloqa bo'limidan mening nomimga kelgan pochta jo'natmasini olish uchun ishonch bildi- raman.
0000 yil 00 sentyabr (imzo) А. I.Bahodirov
А.I.Bahodirov imzosini tasdiqlayman.
Kadrlar bo'limi boshlig'i (imzo) I. Tolipova
(muxr)
0000 yil 00 sentyabr
6-ilova
ISHONCHNOMA
Men, Olim Qodirovich Rahimov, turmush o'rtog'im Аnisa Numonovna Rahimovaga Madaniyat saroyi kassasidan mening 2012 yil noyabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman.
2012 yil 30 dekabr (imzo) O.K.Rahimov
O.K.Rahimovning imzosini tasdiqlayman.
Madaniyat saroyi kadrlar
bo'limining boshlig'i (imzo) S.Komilova
(muxr)
0000 yil 00 noyabr
7-ilova
ISHONCHNOMA
Men, Ismoil Deqonovich Neʼmatov, kasalligim tufayli o'z ukam, Ibroxim Dexqonovich Neʼmatovga (SА seriyadagi 0414610 raqamli pasportga ega) «Sharx, guli» masʼuliyati cheklangan jamiyat kassasidan 2013 yil sentyabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman,
2013 yil 7 sentyabr (imzo) I.D.Neʼmatov
I.D.Neʼmatovning imzosini tasdiqlayman.
Toshkent shahar 3-birlashgan
kasalxonaning bosh vrachi (imzo) R.S.Sodikov
(muxr)
0000 yil 00.00
8-ilova
ISHONCHNOMA
Men, Sobir Karimqulov, kursdoshim Markam Shodievga shaharning 3-aloqa bo'limidan mening nomimga kelgan 45000 (kirk besh ming so'm miqdoridagi pul jo'natmasini olish uchun ishonch bildiraman.
0000 yil 00.00 (imzo) S. Karimqulov
S. Karimqulov imzosini tasdiqlayman.
Institut kadrlar bo'limining
boshlig’i (imzo) O. Mo'minova
(muxr)
0000 yil 00.00

Uy-joyni sotish ishonchnomasi namunalari 11-ilova


ISHONCHNOMA
Toshkent shahri, ikki ming o'n ikkinchi yil mart oyining o'n birinchi kuni
Men, Toshkent shahar Bobur ko'chasidagi 40-uyning 8-xonadonida yashovchi Sulton Karimovich Rahimov, ushbu ishonchnoma bilan Samarqand shahar Tinchlik ko'chasidagi 14-uyda yashovchi Lola Yo'ldoshevna Karimovaga Samarqand shahar Olmazor ko'chasidagi menga tegishli bo'lgan 21-uydagi hovli-joyni o'zi xohlagan narx va shartlar asosida sotishiga vakolat beraman.
Shu bilan birga, unga vakolatni bajarish chog'ida zarur bo'ladigan barcha maʼlumot va hujjatlrni olish, oldi-sotdi bo'yicha shartnoma tuzish va uni imzolash, menga tegishi kerak bo'lgan pullarni olish hamda mazkur vakolatni bajarish bilan bog'liq barcha zaruriy harakatlarni amalga oshirish huquqini beraman.
Ushbu ishonchnoma vakolatlarni birovga o'tkazish huquqisiz (huquqi bilan) OLTI OYLIK muddatta berildi.
(Imzo) S.K.Radimov
(Notarial idoraning ishonchnomani tasdidlovchi yozuvlari va muxri)
Uy-joyni sotib olish uchun ishonchnoma namunasi 12-ilova
ISHONCHNOMA
O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Chinoz shahri, ikki ming o'n ikkinchi yil iyul oyining o'ttizinchi kuni
Men, Toshkent viloyati Chinoz tumani Yallama qishlog'i M.Uzoqov ko'chasidagi 24-uyda yashovchi Turg'unboy Mahkamovich Po'latov, ushbu ishonchnoma bilan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko'chasidagi 25-uyning 8-xonadonida yashovchi fuqaro Xurshid Jo'raevich Аliyevga mening nomimga Toshkent shaharining istalgan hududidan o'zi xohlagan narx va shartlar asosida uch xonali kvartira (uy-joy) sotib olishga vakolat beraman.
Unga ushbu vakolatni bajarish uchun zarur bo'lgan har danday hujjatlarni olish, mening nomimdan ariza bilan murojaat qilish, imzo qo'yish, oldi-sotdi shartnomasini tuzib imzolash, sotib olin- gan kvartira (uy-joy) uchun pul to'lash huquqini beraman.
Ishonchnoma ushbu vakolatni bajarish bilan bog'lid bo'lgan yana boshqa barcha harakatlarni bajarish huquqi bilan BIR YILLIK muddatga berildi.
(Imzo) T.M.Pulatov
(Notariusnnng tasdidlovchi yozuvlari va muxri)
Ish haqini olish ishonchnomasining namunasi 13-ilova
ISHONCHNOMA
Navoiy viloyati Uchquduq shahri, ikki ming o’n ikkinchi yil sentabr oyining beshinchi kuni
Men, Uchquduq shahar Olmazor ko’chasidagi 45-uyning 18-xonadonida yashovchi Sodiq Solievich Xolmatov, ushbu ishonchnoma bilan mazkur manzilda yashovchi Lola Karimovna Solievaga Navoiy kon metallurgiya kombinatining Uchquduq filiali kassasidan 2012 yilning may-iyul oylari uchun menga tegishli bo’lgan ish haqini olishga vakolat beraman.
Unga ish haqini olganlik haqida mening o’rnimga imzo qo’yish va ushbu vakolatni bajarish yuzasidan lozim bo’ladigan boshqa harakatlarini amalga oshirish huquqini beraman.
(imzo) S.S.Xolmatov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvlari va muxri)
__________________________________________________________________

Nafaqa pulini olish ishonchnomasining namunasi 14-ilova


ISHONCHNOMA
Toshkent Shahar, ikki ming o’n ikkinchi yilning yigirma sakkizinchi may kuni
Men, Toshkent shahar Sirg’ali tumani 5-qo’yliq dahasidagi 75-uyning 10-xonadonida yashovchi fuqaro Toxir Karimovich Rahimov, ushbu ishonchnoma bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani eshonguzar shaharchasining Navoiy ko’chasidagi 25-uyda yashovchi Botir Tohirovich Rahimovga Toshkent shahar Sirg’ali tumanidagi 198-aloqa bo’limidan ikki ming o’n ikkinchi yilning yanvar-iyun oylari uchun menga tegishli bo’lgan nafaqa pulimni olishiga, nafaqa pulini olganligi uchun imzo qo’yishga va ushbu vakolatni bajarish uchun lozim bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshirishiga ishonch bildiraman.
(imzo) T.K.Rahimov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvlari va muxri)

Avtotransportdan foydalanish va uni sotish huquqini beruvchi ishonchnomalar namunasi 15-ilova


ISHONCHNOMA
O’zbekiston Respublikasi Farg’ona shahri, ikki ming o’n ikkinchi yilning yigirma birinchi may kuni
Men, Farg’ona shahri Oybek ko’chasidagi 27-uyning 23-xonadonida yashovchi Xolmat Muhamedovich Eshmatov, ushbu ishonchnoma orqali Farg’ona shahar To’qimachi ko’chasidagi 81-uyda yashovchi fuqaro Olim Ahadovich Salimovga Farg’ona viloyati Davlat avtonazoratining ro’yxatga qo’yish va imtihon olish bo’limida ro’yxatda turuvchi GE 434445 raqamli texnik passportga ko’ra menga tegishli bo’lgan VAZ-21061 markali, 1995 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli, shassi raqamli-22214, motor (dvigateli) raqami-84156, kuzov raqami-453476, davlat raqam belgisi-B 80-06 FE bo’lgan avtomashinadan foydalanishga, yani haydab yurishga, avtomashinaning texnik holatidan xabardor bo’lib turishga, DAN idoralarida mening vakilim bo’lishga va ushbu vakolatni bajarish uchun lozim bo’lgan barcha harakatlarni amalga oshirishga vakolat beraman.
Ishonchnoma vakolatni boshqa shaxsga o’tkazish va avtomashinani sotish huquqisiz bir yillik muddatga berildi.
(Imzo) X.M.Eshmatov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvlari va muxri)
Mulk huquqi guvohnomasini olish uchun beriladigan ishonchnoma namunasi
16-ilova
ISHONCHNOMA
Toshkent viloyati Yangiyo’l shahri, ikki ming o’n ikkinchi yilning o’n sakkizinchi avgust kuni
Men, Yangiyo’l shahar Olmazor ko’chasidagi 15-uyning 8-xonadonida yashovchi Sulton Karimovich Normuhammedov, ushbu ishonchnoma orqali yuqorida ko’rsatilgan manzilda yashovchi Nodira Yo’lchiyevna Karimovaga Toshkent viloyati Yangiyo’l shahar davlat notarial idorasidan marhum otam Karim Normuhammedovdan qolgan mulkka merosxo’rlik huquqi guvohnomasini olishga, meros mulkini olish huquqi bilan vakolat beraman.
Ushbu vakolatni bajarish uchun unga mening nomimdan ariza berish, zarur bo’ladigan boshqa ma’lumot va hujjatlarni olish va men uchun imzo qo’yish huquqini beraman.
(imzo) S.K.Normuhammedov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvlari va muxri)


Download 76.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling