Arobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 75.86 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi75.86 Kb.
#1384113
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу

• yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqi bilan, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik;

• er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

• ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini olgan oddiy shirkat;

• yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini yuritish.

Oilaviy tadbirkorlik

  • Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
  • Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “oilaviy korxona” degan so‘zlarni yoki “OK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
  • Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

Dehqon xo‘jaliklari

  • Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi, hamda dehqon xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
  • Dehqon xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga beriladigan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. (“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun 1-modda (1998 yil 30 aprel))

Download 75.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling