Arobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar


Download 75.86 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi75.86 Kb.
#1384113
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу

Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar

  • Mas'uliyati cheklangan jamiyat - bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Mas'uliyati cheklangan jamiyatda:

  • - jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas;
  • - jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli;
  • - mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta summani tashkil etmaydi, ya'ni 2001 yil 6 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II son qonuniga asosan eng kam oylik ish haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan.

Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi:

  • - ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat ishtirokchilarining umumiy majlisi tomonidan aniqlanadi;
  • - jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta'sis hujjatida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim;
  • - agarda belgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini kamaytirishini e'lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim;
  • - mas'uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari lozim;
  • - jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi moliya yillarda uning asosiy aktivlarining qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini e'lon qilishi hamda uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim;
  • - agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan belgilab qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat tugatilishi lozim;
  • - jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim, bundan maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir.
  • Yuridik va jismoniy shaxslar mas'uliyati cheklangan jamiyatning muassislari bo‘lishlari mumkin.
  • Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki ta'qiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emaslar, biroq qonun hujjatlarida boshqacha tartib ham belgilanishi mumkin.
  • Mas'uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim.

Download 75.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling