Arobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 75.86 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi75.86 Kb.
#1384113
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу

Xususiy korxona

  • Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan co‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
  • Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

Fermer xo‘jaliklari

  • Fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'ekt. Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy sub'ekti hisoblanadi. (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasi)
  • Odatda, fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.

Ishlab chiqarish kooperativi va shirkat xo‘jaligi

  • Ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkati kabi shaxslarning hamda ularning mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini ixtiyoriy birlashmasi bo‘lib, unda uning a'zolarini kooperativ faoliyatida shaxsan ishtirok etishi talab etiladi.
  • Qonuniga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda kirish va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda ishtirok etish huquqini, kooperativlarni mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlilik asosida rivojlantirish, jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish mustaqilligini hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan qarorlar qabul qilishda kooperativning mustaqilligini kafolatlaydi.

Download 75.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling