InitGraph(gd, gm, path); bu yerda gd-graph driver drayver nomeri, gm-graph mode rejim nomeri, path- drayverlarni saqlab turuvchi faylga o’tish yul. Agar drayverlar joriy katalogda bo’lsa path xizmatchi so’zi urniga ‘ ‘ bushlik belgisi quyiladi. Ko’pincha gd ning kiymati 0 (nol) deb olinadi va gd:=detect; deb olinadi.
CloseGraph xizmatchi so’zi bilan grafik rejimdan chiqiladi va matnli rejimga utiladi.
Graph holatida ekranda oddiy grafik holati urnatiladi, bunda ekran xajmi (0-640)x(0-480) nuqtadan iborat bo’ladi. Agar ekranni koordinata tekisligi deb karasak chap yuqori burchak koordinata boshi bo’ladi, ya‘ni 1-rasmdagidek.
Х=(0-640)
0,0
У=(0-480)
1-rasm
Kompyuter ekranida nuqta va turli xil Chiziqlar hosil qilish quyidagi funktsiya, protsedura va operatorlar ishlatiladi
line(x1,y1,x2,y2)- operatori (x1,y1) nuqtadan (x2,u2) nuqtalar orasida to’g’ri Chiziq chizadi, bu yerda Line operator x1,x2,u1,u2 uzgaruvchilar butun (integer) bo’lishi shart
LineTo(x,y) operatori orqali joriy nuqtadan (x,u) nuqtagacha to’g’ri Chiziq chiziladi. Agar xech qanday chizma chizilamagan bo’lsa, (0,0) nuqtadan (x,u) nuqta orasida to’g’ri Chiziq chiziladi. Masalan: Ekranning yuqori chap burchagidan quyi ung burchagiga to’g’ri Chiziq chizish uchun LineTo (640, 480) operatorini yozish kerak
Aylana chizish operatorining umumiy ko’rinishi Circle(x,y,R), bu yerda (x,u) aylana markazi, R-aylana radiusi
Arc(x,y,z,t,R) –operatori yoy chizadi, bu yerda (x,u) markaziy nuqta, z- yoyning boshlangich burchak nuqtasi, t- oxirgi burchak nuqtasi, R-yoy radiusi.
PieSlice(x,y,z,t,R) operatori, orqali (x, u) markazi, R radiusli t burchaqli sektor chizish mumkin
Ellipse(x1,y1,x2,y2,z1,z2) –ellips va ellipsli yoy chiziladi. Bu yerda (x1,u1) ellipsning markazi, x2 va u2 burchak kattaligi, z1 va z2 kichik va katta radiuslar
Rectangle(x1,y1,x2,y2); -(x1,y1) yuqori chap va (x2,y2) paski ung uchlarga ega bo’lgan to’g’ri turturchak chizadi
Do'stlaringiz bilan baham: |