arslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha tgan lni necha mingyillik tarixi oliy quvyurtlariuchuntavsiyaetilgan" zbekiston tarixi" quv dasturi talablari doirasida yoritilgan


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana09.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
#158
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46

Angliya-Rossiya raqobati. XIX asrda yirik mustamlakachi 
davlatlar  t o m o n i d a n Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya 
mamlakatlarini b Iib olish uchun kurash yanada kuchaydi. 
XIX asr rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk 
Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda t qnashdi. Ikki 
davlat bir-biridan yashirin ravishda rta Osiyoga kirish, xonliklardagi 
hukmron sulolalar bilan til topish y llarini qidirardi, shu maqsadda 
harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, Rossiya 
qozoq ch llari va Sibir lomondan harakat qilardi, zbek xonliklarini 
o'z ta'sir doirasiga olish, z manfaatlari y lida xonliklarning 
boyliklari, tabiiy rcsurslaridan foydaianish, z mustamlakasiga 
aylantirishga intilardi. Shu bois, ingliz-rus raqobati kundan kunga 
kuchayib bordi. 
Hindiston va Af oniston orqali zbek xonliklari bilan savdo-
sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya 
Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. 
Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor b lgan 
Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish choralarini k rdi. 
Ost-lndiya kompaniyasi tomonidan josuslik ma'lumotlari t plash 
maqsadida yuborilgan E.K.Meyendorf 1824— yildayoq Buxoroda 
b lgan, ammo maqsadiga erisha olmay shu yerda halok b lgan edi. 
1831 -1833— yillarda mazkur kompaniya lcytenanti Aleksandr Berns 
Hindistondan Af onistonga, undan Buxoroga g yo sayyoh sifatida 
keladi. U yi ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik 
«Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: « zbeklar... 
mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, 
hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham tortinmay 
s zlashdilar»,-deb yozadi. 
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Q qon xonliklarini Rossiyaga 
qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842— yillarda Angliya 
hukumati mayor Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga 
maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida 
219 

b lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchala xonlik bir-birlariga 
yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif 
qilib, rus q shinlariga qarshi kurashish uchun q shin bilan yordam 
berishga va'da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari b lmagani 
sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatdi. Bularni qutqarish 
uchun Angliya tomonidan Turkiya homiyligida mayor Volf Buxoroga 
yuboriladi, ammo uning 1843-1845 yillarda Buxorodagi urinishidan 
ham natija chiqmay, zindondagilar qatl etildi, Volfning zi z r a 
qochib qutiladi. Shuningdek, 1843— yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot 
ham Angliya manfaatlari y lida
 :
 alagani ma'lum. 
inglizlarning rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Af oniston 
xalaqit berardi. Chunki inglizlar maxsus «af on siyosati»ni ishlab 
chiqib, Af oniston amirini b ysundirish, Hirot va Qandahorni 
inglizlar mulkiga aylantirishb, harbiy kuchlarni shu yerda joylash-
tirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880— 
yillarda Af onistonga ikki marta bosqinchilik yurushlari uyushtirdi. 
Biroq Af onistonni b ysundira olmadi. 
Ost-Hindiston kompaniyasi rta Osiyo bozorlariga kirish va 
egallab olish, bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib 
chiqarishini ta'minlashga z r berdi. Bu borada ular hind va fors 
savdogarlaridan keng foydalandi. 
Buyuk Britaniyaning rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi 
Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh 
b lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 
Xonliklarning shimoli- arbiy hududida Orenburg general-
gubernatori V.A. Perovskiy katta q shin bilan hujumga shaylanib 
turardi. U 1834—yilda Kaspiy dengizi qir o idagi Man ishloqda 
harbiy istehkom qurib, unga Novo-Aleksandrovskaya deb nom berdi. 
1845— yilda Orenburg va Yoyiq, 1847— yilda Sirdaryoning Orol 
dengiziga quyilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari qurildi. 
Perovskiy q shinlari 1853— yilda Q qon xonligining strategik 
ahamiyatga molik b Igan Oqmasjid qaFasini bosib oladi va u yerda 
nuistahkam rnashadi. 
Xonliklarning shimoli-sharqiy tomonida esa arbiy Sibir 
general-gubernatori CGosford hujumga tayyorlanish uchun 1847— 
yilda Ycttisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848— 
yilda Qorabuloq qaPasini, 1854— yilda Olmati ovuli yonida Vemiy 
220 
i -ichkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860— yilda Q qon 
\otiligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, 
I qmoq, Pishpak va boshqa qaPalarni birin-ketin bosib ola boshladi. 
Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossi-
vaning rta Osiyoga e'lon qilinmagan bosqinchilik yurishining 
boshlanishi cdi. 
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksandr II tomo-
nidan 1859 va 1861- yillarda tkazilgan saroy kengashida muhokama 
qilinadi. Birinchi navbatda Q qon xonligini bir yoqlik qiiish, unga 
qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. rta Osiyo 
uchun kechgan zaro raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya 
Rossiyaning rta Osiyoni egallashga qaratilgan harbiy harakatlarini 
t xtatib qololmadi. 
Rossiya bosqini. 1864 -yil may oyida Q qon xonligi hududiga 
Sharq tomondan polkovnik Chernyayev q mondonligidagi Rossiya 
q shinlari, arbdan polkovnik Vcrevkin q shinlari bostirib kirdi. 
Ular tomonidan Q qon xonligining muhim va tayanch shaharlari-
Avliyoota, S zak, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchlar 1864— 
yil 14- iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada Q qon xoni 
Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini t plab, 
Chimkent atrofida jangga tayyorlandilar. Turkiston shahri yaqinidagi 
Iqon qishlo ida uch kun davomida qattiq jang b ldi. Manbalarda 
yozilishicha, jangda shunday qir in b ldiki, liklardan tepalar hosil 
b ldi. Jangda Mulla Alimqul q shinlari olib chiqdi, Chernyayev 
q shinlari jangda yengilib orqaga chekinishga majbur b ldi. 
Mulla Alimquli z q shinlarini bosqinchilar egallagan 
shaharlarni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda 
Buxoro amiri Muzaffarning Q qon xonligi hududlariga bostirib 
kirganligi t risida xabar olindi. Mulla Alimqul z q shinlari bilan 
Q qon himoyasiga otlanishga majbur b ldi. Vaziyat Chernyayevga 
q l keldi, uning q shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda 
q shilib, 1864 yil 14 sentabrda Chimkentga yangidan yurish 
uyushtirdi va shaharni bosib oldi. 
Chernyayev 1864— yil 2-oktabr kuni Toshkentga luijum 
boshladi. Toshkent Q qon xonligining eng yirik, muhim strategik 
ahamiyatga molik shahari b lib, uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 
metr, balandligi 5-7 metr b lgan devor bilan rab olingan edi. 
221 

Devor tepasining kengligi 2 m. b lib, mudofaa minoralari, q 
otadigan shinaklari b lgan, devor atrofi suv t ldirilgan zovur bilan 
rab olingan edi. 
Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli 
Chernyayev qattiq ma lubiyalga uchradi, 72 zobit va askarni y qotdi. 
Chimkentga qaytishga majbur b ldi. 
Chernyayev 1864-1865— yil qishini harbiy tayyorgarlik bilan 
tkazdi, uning q shinlari Sibir va Orenburgdan yetib kelgan qurol-
yaro , yangi batalonlar, sapyorlar rotalari bilan t ldirildi. Mahalliy 
aholi orasida z Vataniga xiyonat qiluvchi, dushmandan panoh 
izlovchilar ham topildi. Abdurahmonbek, Saidazimboy, Soatboy kabi 
sotqinlarToshkentni egallashda Chernyayevga k maklashdilar. 1865— 
yil bahoridan Chernyayevning yangi hujumi boshlandi. 28-aprel kuni 
Chirchiq daryosi qir o idagi Niyozbek qafasini egallab, Toshkentni 
suv bilan ta"minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan 
suv chiqarib beruvchi t onni buzib tashlab, shahar aholisini 
suvsiz qoldiradi. Amirlashkar Alimqul katta q shin bilan Q qondan 
Toshkentga yetib keladi. Toshkent uchun shiddatli janglar b ldi. 9-
may kuni Salar ari i b yida katta jang b ldi. Alimqul o ir yarador 
b ladi va halok b ladi. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi 
sindirildi, 15-iyun kuni Chernyayev Toshkentni zabt etdi. Orenburg 
general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy 
gubernatori etib M.Chernyayev tayinlanadi. 
Chernyayev 1866— yil yanvarda Jizzaxga hujum qiladi va 
ma lubiyatga uchraydi. zboshimchaligi uchun Chernyayev 
Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi. Uning rniga general 
D.Romanovskiy tayinlanadi. 
Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro 
amirligiga qarshi yurish boshladi. Rossiya q shinlari tomonidan 
Q qon xonligi hududlari bosib olinayotgan paytda Buxoro amiri 
tomoshabin b lib turgan b lsa, endi Buxoro amirligi hududlariga 
hujum boshlangan paytda Q qon xoni Xudoyorxon sukut saqlab 
turdi. Modomiki u amir Muzaffar homiyligida Q qon taxtini uchinchi 
marta egallagan edi. 1866— yil may oyida Erjarda b lgan jangda amir 
Muzaffar q shinlari yengildi, amir Jizzaxga qochdi. Romanovskiy 
yurishni X jand tomonga y naltirdi, 1866— yil 19-22- may kunlari 
b lgan qattiq janglar natijasida X jandni egalladi. 1866— yil avgustda 
222 
Orenburgdan gcneral-gubernator Krijanovskiy Toshkentga keldi va 
Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini 
boshlashdi. Katla q shin tortib 1866— yil oktabrda ratepa viloyati, 
Zomin qafasini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang boidi. Jizzax 
shahri balandligi 4 metr. eni 3 metr b lgan ikki qavat devor bilan 
rab olingan boiib, qal".iga xshardi. Shaharda 10 ming himoyachi 
askar, 53 t p bor edi. Himoyachilar shaharga kirib chiqadigan 
darvozalarni tuproq bilan k mib tashlab, yo hayot, yo lim deb 
jang qildilar. 11-18- oktabr kunlari b lgan jang natijasida bosqinchilar 
Jizzaxni egalladi. Himoyachilardan 6000 kishi halok boidi, 2000 
kishi asirga olindi. Istilochilar atigi 100 ga yaqin kishi y qotdi. 
Bosqinchilar huvullab qolgan shaharni talon-taroj qildilar. «X jand, 
ratepa, Jizzaxda qonli janglarb layotgan birpaytda Q qon xoni, 
Buxoro amiri qayerda cdi, ular nima karomat k rsatdi?»,- degan 
tabiiy savol tu iladi. Ular z joyida, hali ham zlarini davlat 
boshli i, hukmdor deb hisoblar edilar, ammo biron-bir tadbir 
k rishga ojiz, vaziyatni t ri tahlil etishga aql-farosatlari ham yetmas 
edi. Ularbosqinchilarni emas, biri-ikkinchisini magiub qilish, k zini 
yishga harakat qilardi. 
Rossiya imperatori Aleksandr 11 ning 1867- yil 11- iyuldagi 
farmoniga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tarkibida 
Turkiston harbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va okrug q -
mondoni etib general-adyutant K.P. fon Kaufman tayinlandi. Unga 
biror davlatga urush  e i o n qilish, sulh tuzish, harbiy-ma'muriy, 
moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari 
berilgan. Shuning uchun u «yarim podsho» deb atalardi. Bu tadbir 
Rossiya imperiyasining rta Osiyoni bosib olish y hdagi harakatida 
yangi bosqich b ldi. 
Fon Kaufman Samarqand tomon yurish boshladi. 1868— yil 1-
may kuni shahar yaqinidagi Ch ponota tepaligida Buxoro amiri 
q shinlari bilan jang qilib, ularni osongina magiubiyatga uchratdi, 
bir paytlar dovru i olamni tutgan Samarqand 2- may kuniyoq 
deyarli jangsiz dushmanga taslim b ldi. Bu voqeadan k plab 
mamlakat  h u k m d o r l a r i ,  j u m l a d a n , Rossiya podshosi ham 
hayratlangan. Buxoro amiri Muzaffar Samarqand bosib olingani 
t risidagi xabami yetkazgan odamni osib ldirishga farmon berib, 
zi alamdan yi lagan. 
223 

Buxoro amiri z q shinlarini t plab dushmanni daf etish uchun 
Samarqand tomon yurdi. Fon Kaufman bu xabarni eshitib Buxoro 
tomon yurdi. Ikki tomon q shinlari Zirabuloqda 1868- yil 2- iyunda 
t qnashdi, qattiq jang b ldi, amir q shinlari tor-mor etildi. Bu 
orada istilochilarga qarshi Samarqandda q / olon k tarildi. 
Shahrisabz, Kitob beklari J rabek va Bobobek hamda amirning li 
Abdumalik T ra 27-may kuni Samarqandga q shin bilan yetib kelib, 
q z olonchilar bilan birgalikda fon Kaufman tomonidan Samar-
qandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq 
harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom etdi. 500 
kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi ldirildi va yarador 
qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabartopgan fon Kaufman zudlik 
bilan Samarqandga qaytib keldi va 8 -iyun kuni shaharni t plardan 
yoppasiga qqa tutishga, aholini beomon otish, shahami yondirishga 
buyruq beradi. Aholi qir in qilindi, masjidlar va tarixiy yodgorliklar 
yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma'naviy obidalar Peterburgga 
olibketildi. 
1868— yil 23-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar rtasida 
sulh bitimi iinzolandi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga, ya'ni 
xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qila olmaydigan davlatga 
aylantirildi. Sulhga binoan, X jand, ratepa, Jizzax, Samarqand, 
Kattaq r on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, amiroltin hisobida 
125 ming tilla (500 ming rubl) tovon t lash, rus savdogarlari uchun 
amirlikda qulay sharoit yaratish majburiyatini oldi. Bunday bosqin-
chilik, talonchilik sulhi aholi yuqori tabaqa vakillarining nafratini 
kuchaytirdi. Abdumalik, J rabek va Bobobek kuchlari nafaqat 
bosqinchilarga, shuningdek, amir Muzaffarga qarshi ham qaratildi. 
Ular Abdumalikni amir deb e'lon qildilar. Amir Muzaffar endi 
bosqinchilarga emas, fon Kaufman yordamida z vatandoshlariga 
qarshi urushga kirdi va 1870— yil avgustda ularni kuch bilan bostirib, 
z taxtini saqlab qoldi. Shahrisabz va Kitob bekliklari ham amirlik 
tarkibida qoladi. 
Rossiya hukumati zining rta Osiyodagi bosqinchilik harakati 
bilan arb mamlakatlari, jumladan, Angliya bilan munosabatlarni 
keskinlashtirmaslik choralarini ham k rdi. Rossiyaning Londondagi 
elchisi F.I.Brunov va Angliya tashqi ishlar vaziri lord Klarendon 
rtasida b lgan muzokaralar bunga misol b la oladi. Ular rta 
224 
'.11.11. H1.1 l<(>ssiya bilan Angliya yerlari rtasida bir-biriga tutashmaydigan 
|..
 LU.II
 luidud masalasini muhokama qildilar. 1873—yilda Angliya va 
l'.r..iv,i rtasida Af onislonning Angliya ta'sirida b lishi, uning 
.hiinoliy qismi va Amudaryo b ylari «betaraf hudud» b iib qolishi 
i" ;• i isnla bilim imzolanadi. Bubitim Rossiya imperiyasiga Xivaxonligi 
Liqdiuni hal qilishga kirishish uchun qulay imkoniyat yaraldi. 
Xiva xonligiga yurish. Fon Kaufman 1873— yil bahorida 12 
miii!',dan ortiq zobit va askar, 56 ta t p-zambaraklar bilan Xiva 
sonligiga yurish boshladi. Ayni paytda Xivaga qarshi Orenburg, 
Man ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi q shinlari 
hani yurishga kirishgan edi. Bu yurishlarga umumiy q mondonlik 
qilish Kaufman zimmasiga yuklatildi. Xivaxoni Muhammad Rahimxon 
bosqinchilarga qarshi z q shinlatining Muhammadmurod devon-
begi boshchiligidagi bir qismini Chorj y tomonga, yana bir qismini 
Flluzar inoq boshchiligida Q n irot tomonga, yana bir qismini 
;imir T ra boshchiligida Xazoraspga, Inoqbek boshchiligidagi qismni 
X jayliga safarbar etdi. Xon Rossiya q shinlariga bas kelolmasligini 
anglab yetgan edi. Amudaryo b ylarida qir inbarot janglar b ldi. 
1873— yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan tib 
Xazoraspni egalladi, Q n irot va X jayli shaharlari, Man it qaFasi 
zabt etilib, ayovsiz talandi. Istilochi q shinlar Xivaga yaqinlashib 
qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqadi va 
Izmiqsh r tarafdagi turkman ovuliga yashirinadi. Xivalik Otajon t ra 
Kaufman huzuriga borib shaharni vayron etmaslikni s raydi. 
Kaufman shaharni zabt etib, Otajon t raga xonni topishni buyuradi 
va xon xazinasini, moddiy-ma'naviy boyliklarni q lga kiritadi. 
1873— yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlo ida 
Kaufman bilan Rahimxon uchrashuvi b ladi va tarixda Gandimiyon 
shartnomasi deb nom olgan shartnoma imzolanadi. Shartnomaga 
muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi. Amudaryo 
quyi oqimining ng tomonidagi yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga 
kiritildi, xonlikka oltin hisobida 2 million 200 ming s m tovon t lash 
yuklatildi. Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida bojsiz savdo qilish, 
xonlik hududida yer olish, sanoan korxonalari qurish huquqini oldi. 
Xon zini Rossiya pcxkhosining itoatkorxizmaiimajbur b ldi. 
15 - 367 
225 

Q qon xonligining tugatilishi. Kaufman Xiva xonligi taqdirini 
hal qilgach. Q qon xonligini lugatishga kirishdi. Bu vaqtda Q qon 
xonligida hokimiyat uchun ichki kurash avjga chiqqan edi. 1868— yil 
13 -fevralda Kaufman va Q qon xoni Xudoyorxon rtasida shartnoma 
imzolangan b lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari 
Rossiya tasarrufiga tganligi e'tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga 
Q qon xonligining barcha hududlarida hech qanday moneliksiz 
faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega b lish huquqi berilgan edi. 
Bu shartnomadan qoniqmagan Q qon xonligidagi kuchlarning 
Xudoyorxondan noroziligi ortib boradi. Buning ustiga, xonlik hududi 
qisqarganligi r kach qilinib, xazinani t ldirish uchun yangi-yangi 
soliqlar joriy etildi. Xudoyorxon bosqinchlarga zini yaqin tutar, 
Q qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblardi. 1873— yilda 
Far ona vodiysida Xudoyorxonga qarshi q z olon boshlandi. Q z-
olonchilarning bir qismiga qir izlarning boston uru idan chiqqan 
mulla Is'hoq Hasan li boshchilik qildi. U Q qon xoni 
Olimxonning nevarasi P latxon deb e'lon qilinadi va Naymanga 
kelib q z olonga rahbarlik qila boshlaydi. Ayni paytda xonlikda 
Xudoyorxonning illari Nasriddinbek va Muhammad Aminbek, 
Sherali dodxoh, Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham bosh 
k taradilar. Ular bir tomondan, Rossiya imperiyasi bosqinchilariga 
qarshi, ikkinchi tomondan, Kaufmanga batamom tobe b lib qolgan 
Xudoyorxonga qarshi kurash boshlagan edilar. Xalq q z olonchi 
kuchlarga ergashadi. Q z olonchilar 1875— yil 9-oktabrda Q qonni 
egallaydilar. Xudoyorxon q z olonni bostirishga ojizlik qilib, 
Q qondan Toshkentga qochib ketadi. Taxtga uning li Nasriddinxon 
(1875-1876) tiradi. 
Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi qimmatbaho boylikla-
rini musodara qilib, zini Orenburgga surgun qiladi. Xudoyorxon, 
imperiya  m a ' m u r l a r i hiylasini anglab yetgach, bir amallab 
bandilikdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. 
Xudoyorxon qochgach, q z olonchi kuchlar kimni xon qilib 
k tarish masalasida ikkiga b linib ketadi. Ayrim kuchlar 
Nasriddinbekni, boshqalari P latxonni taxtga chiqarmoqchi boiadi, 
ziddiyat yanada kuchayib boradi. 
Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni 
batamom bosib olish uchun 1875— yil avgustda katta q shinlarni 
226 
inushga safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda generallar M.D.Sko-
bclev, Golovachev va boshqa zobitlar jonbozlik k rsatdilar. Nasrid-
dmbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim 
h lib, ulartomonga ldilar. 1876— yil fevralda xalq q z olonlari 
qon bilan bostiriladi. Poiatxon 1876- yil 1 martda dorga osildi, uning 
vifdoshlari ayovsiz jazolandi. 1873-1876— yillardagi Far ona 
vodiysidagi q z olonlar xalq ozodlik harakati edi. Buni sha davrda 
Kaufman ham xalq q z oloni deb e'tirof etgan. 
1876— yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus 
farmoni bilan Q qon xonligi tugatildi, uning rniga Far ona viloyati 
tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga 
M.D.Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. Tez orada Oloy 
vodiysi ham uning tasarrufiga tdi.' 
Shundan s ng, bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni 
istilo qilishga kirishdilar. 1877— yilda Qizil Arvot, 1881 — yilda Ashxabod, 
1884— yilda Marv bosib olindi. Bosib olingan yerlarda Kaspiyorti 
viloyati tuzilib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 
Shunday qilib, Rossiya imperiyasi 20 yil davom etgan qonli urush 
bilan butun rta Osiyoni bosib oldi. Bosib olingan oikada mustahkam 
va batamom rnashib olish maqsadida chet mamlakatlarbilan chega-
ralarni aniqlash choralarini k rdi. 1881— yilda Rossiya-Eron chegara 
konvensiyasi imzolanib, yangi Rossiya mulklari va Rossiya-Eron 
rtasidagi chegara belgilandi. 1885-1887— yillarda Rossiya va Angliya 
hukumatlari tomonidan Rossiya-Af oniston chegarasi, 1895— yilda 
esa Pomirdagi chegaralar belgilanadi. Bu Rossiyasining imperiyasining 
rta Osiyodagi bosqinchilik harakatining yakunlovchi nuqtasi boidi. 
Mustamlakachilik idora usuli. Rossiya harbiy vaziri, graf 
DMilyulin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867— yilda «Turkiston 
lkasini boshqarish tartibi haqida Nizom» loyihasini tuzdilar, u 
Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. 
lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qoiida t plandi. 
General-gubernatorlik Kengashi va t rt b limdan iborat mahkama 
tuzildi. Birinchi boiim ma'muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-
x jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablagiari ishlarini boshqargan. 
T rtinchisi maxsus boiim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda 
1
 Olov malikasi Qurbonjon dodgoh jasorati t risida qarang: zbckistonning yangi tarixi. Birinchi kitob, 
174-178 bctlar. 
227 

podshoh noibi, harbiy okrug q shinlari q mondoni, bosh mirshab, 
bosh prokuror b lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori 
agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo b limi boshli i orqali 
nazorat qilib turgan. 
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi 
Vassallar 
Ceneral-gubernator 
Kengashi 
Genenil 
gubernator 
Bu xoro amirligi 
Turkiston harbiy 
okrugi^ 
Xiva xonligi 
Genera l-gu bernator 
mahkamasi 
n::~ 
Viloyat harbiy ! 
siubematorlmi 
Ma'muriy 
va nazorat 
b liini 

I Moliyaviy-
! x jalik 
b limi 
Turkiston rayon 
muhofaza b limi 
Soliq vashahar 
mabla lari 
b limi 
Maxsus 
b lim 
Turkiston general-gubernatorligi viloyallarga, viloyatlar uyezd-
larga, uyezdlar uchastkalarga b lingan. Viloyat harbiy-gubertanorligiga 
general darajasidagi, uyezd boshli iga polkovnik darajasidagi, uchastka 
boshli iga kapitan darajasidagi zobitiar tayinlangan. Mazkur 
ma'muriy tuzulmaning zagi uyezd b lib, uning boshli i general-
gubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega b lgan. 
Uyezd boshli i ma'muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlami zida 
birlashtirgan, odamlarga jarima solishi, 7 kungacha hibsda saqlashi 
mumkin b lgan. Shuning uchun ular «hokim t ra» deb ham atalgan. 
Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima solishi, 3 kungacha hibsda 
saqlab turishi mumkin b lgan. 
Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshli iga b ysunuv-
chi b lis (volost) va ovul ma'muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming 
xonadon yashovchi hudud b lis, 1-2 yuz tovli hudud ovul deb 
ataldi. Mahalliy aholi orasidan b lis boshqaruvchisi (oqsoqol yoki 
mingboshi), qishloq oqsoqollari (yuz boshi, ellik boshi, n boshi) 
hamda ovul oqsoqollari, ularning rinbosarlari saylanadigan b ldi. 
Ammo bu mahalliy boshqaruv tizimi Rossiya ma'muriyati izmida 
b lgan, nomigagina saylangan mahalliy aholi vakillari ularning q lida 
q irchoq b lganlar. 
228 
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling