Arslonquyruq-leonurus reja: Arslonquyruq Morfalogiyasi


Download 32 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi32 Kb.
#1002686
1   2   3
Bog'liq
Arslonquyruq-leonurus reja Arslonquyruq Morfalogiyasi-fayllar.org

Geografik tarqalishi. Belarus, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismida (shimoldan tashqari), Kavkaz va G’arbiy Sibirda aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, bo‘sh yotgan va tashlandiq joylarda, ekinzorlarda o’sadi.
Mahsulotni asosan Volga bo‘yidagi joylarda, Boshqirdistonda va Voronej viloyatida tayyorlanadi.
Turkiston arslonquyrug‘i asosan O‘rta Osiyoda (O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarini) tog‘li tumanlaridagi tog‘larning o‘rta qismidagi toshli yerlarda o‘sadi. O’zbekistonda tayyorlanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi: Tayyor mahsulot 30-40 sm uzunlikda qirqilgan o‘simlikning yer ustki qismidan (poya, barg va gullaridan) iborat. Poyasi to‘rt qirrali, ichi kovak. Qizil binafsha rangga bo‘yalgan. Bargi to‘q yashil, tukli va Turkiston arslonquyruqlarining bargi esa tuksiz), poyaning pastki qismidagilari turli xil shaklli va yuraksimon asosli, o‘rta qismidagilari panjasimon 5 bo‘lakka qirqilgan.
Yuqori qismidagilarni esa cho‘ziq yoki lansetsirnon, uch bo‘lakli yoki uch bo‘lakka qirqilgan bo‘lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismidagi barglari qo‘ltig‘ida halqa shaklida o‘rnashib, boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulkosachasi 5 tishli, naychasimon, qo‘ng‘iroqsinıon, gultojisi ikki labli, pushti yoki pushti- binafsha rangli, otaligi 4 ta bo‘lib, yuqoridagi 2 tasi kalta, onalik tuguni to‘rt bo‘lakli, yuqorida joylashgan.


XIDF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 12%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 6%, sarg‘aygan qo’ng’ir rangga aylangan barglar 7%, yo‘g’onligi 5 mm dan oshiq bo’lgan poyalar 3%, Organik aralashmalari 3%, hamda mineral aralashmalar 1% dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Butun mahsulot uchun: elakdan o‘tadigan mayda bo‘laklar 10%, qirqilgan mahsulot uchun: 7 mm dan oshiq bo‘lgan qismlar 17% , teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan qismlar 16% dan oshiq bo‘1masligi lozim. 70% li spirtda eruvchi ekstrakt moddalar miqdori 15% dan kam bo‘lmasligi kerak.



Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling