Артериал босимни улчаш Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир
Download 105.62 Kb.
|
Savol javob
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish
7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi. Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi. Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi. Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi. Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Og‘ir bemorlarni ustki kiyimlarini almashtirish Bemor bilan ishonchli munosabat o`rnatiladi. Muolaja mohiyati va ketma-ketligini tushuntiriladi. Bemordan muolajaga roziligini olinadi. Kerakli jihozlar tayyorlanadi. Hamshira qo`llari yuviladi va quritiladi. Hamshira qo`lini bemorning dumg`aza sohasi tagiga kiritib, ko`ylagini etagidan tutadi va ehtiyotlik bilan uning bosh tomonga yaqinlashtiradi. Bemorning ikkala qo`lini ko`tarib, bo`yni oldiga qayrilgan ko`ylagini uning boshidan, so`ngra qo`lidan yechib oladi. Bemorni kiyintirish uchun avval ko`ylakni yenglari kiygiziladi, so`ngra boshidan o`tqazilib, nihoyat bemorning etagi tekislab qo`yiladi. Iflos ichki kiyimi maxsus qopga solinadi va xonadan olib chiqiladi. Bajarilgan muolajani tibbiy hujjatlarga qayd etiladi. Bemor bilan ishonchli munosabat o`rnatiladi. Muolaja mohiyati va ketma-ketligini tushuntiriladi. Bemordan muolajaga roziligini olinadi. Kerakli jihozlar tayyorlanadi. Hamshira qo`llari yuviladi va quritiladi. Hamshira qo`lini bemorning dumg`aza sohasi tagiga kiritib, ko`ylagini etagidan tutadi va ehtiyotlik bilan uning bosh tomonga yaqinlashtiradi. Bemorning ikkala qo`lini ko`tarib, bo`yni oldiga qayrilgan ko`ylagini uning boshidan, so`ngra qo`lidan yechib oladi. Bemorni kiyintirish uchun avval ko`ylakni yenglari kiygiziladi, so`ngra boshidan o`tqazilib, nihoyat bemorning etagi tekislab qo`yiladi. Iflos ichki kiyimi maxsus qopga solinadi va xonadan olib chiqiladi. Bajarilgan muolajani tibbiy hujjatlarga qayd etiladi. Sochlarni parvalishlash Sochlarni yaxshi parvarishlamaslik, doimiy yuvmaslik ularning siniga moyilligini oshiradi, tushishi, qo’noq paydo bo’lishiga olib keladi. Yog’li sochlarni haftasiga bir marta, quruq va normal sochlarni esa 10-14 kunda bir marta yuvish tavsiya etiladi. Og’ir bemor sochi yotoq joyida yuviladi. Bunda krovat bosh tomoniga tog’ora qo’yiladi, bemor boshi ko’tariladi va orqaga qiyshytiriladi. Soch yuvish uchun bmshoq suvdan foydalaniladi (qaynatilgan yoki 1 litr suvga 1 choy qoshiq natriya tetraborat qo’shilgana. Sovun bilan fvmasdan, sovun ko’pigi bilan yuvish lozim. Soch yuvilgandan keyin sochiq bilan asta artiladi, kalta sochda ildizidan boshlab, uzun sochda aksincha uchidan boshlab taraladi. Bunda shaxsiy taroqladan foydalaniladi. Soch kesiy oyda bir marta o’tkaziladi. Tirnoqlarni ham doimo nazorat qilib turish lozim, tirnoq ostiga kirgan kirlarni tozalash, haftasiga bir marta tirnoqni olish shart. Operatsiya xonasini tozalash Ish kunining boshida (changni tozalash, steril stol tayyorlash) Hozirgi (operatsiya paytida - chiqindilarni olib tashlash, ifloslanishni yo'q qilish) Har bir operatsiyadan keyin (barcha chiqindi materiallarni olib tashlash, operatsiya stolini qayta ishlash, choyshabni, asboblarni almashtirish, keyingi operatsiya uchun steril stol tayyorlash) Ish kunining oxirida (Pol yuvish, gorizontal yuzalarni artish, kiyim va choyshabni olib tashlash, kvartslash) General (Haftada bir marta - barcha sirtlarni antiseptiklar, ishlov berish uskunalari bilan yuvish) Og‘ir bemorlarni yuvintirish Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo’lguncha. Qo’lqop kiyiladi. Bemorga chalqancha yotish so’raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari ochiladi. Kleyenka to’shaladi, sudna qo’yiladi. Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta bilan yopilgan bo’lishi shart. Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga ozgina quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar suv harorati qoniqarli bo’lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi. Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng qo’lga paxtali kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi. Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va teri quritiladi, huddi yuqoridagi ketma-ketlikda. Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam beriladi. Kichik yoshdagi bolalar vaznini o’lchash Erkin harakat tezligi va aniqligi bolaning asab va mushak tizimlarini hamda koordinasiya mexanizmining rivojlanish darajasiga va takomillashishiga bog‘liq, bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda mushak tolalari diametri kichikdir. Shunga ko‘ra uning chidamliligi 70% tashkil qiladi va charchashi katta odamlarnikiga nisbatan 2,5 baravar ko‘pdir. O‘tkazuvchi yo‘llarni to‘liq mayinlashmaganligi tufayli harakat koordinasiyasi yetarlicha emasdir. 11-12 yoshda o‘tkazuvchi yo‘llarni mayinlashishi tugaydi va shunga ko‘ra harakat koordinasiyalari juda tez takomillashib boradi. Harakatlar aniq va tez bo‘ladi. 12-13 yoshda mushakni kuchi, tonusi va chidamliligi bo‘yicha jinsiy farq, ko‘rina boshlaydi. 14-15 yoshda jinsiy yetilishni boshlanishi tufayli organizmda gormonlar muvozanati o‘zgaradi va asab tizimini reaktivligi oshadi, bu esa harakat koordinasiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Oldingi yillarga nisbatan harakat chidamligi buziladi. 16-17 yoshga kirganda organizmda yangi gormonal muvozanati yuzaga keladi va markaziy asab tizimining reaktivligi pasayadi. Harakat koordinasiyasi yaxshilanadi, chaqqonlik paydo bo‘ladi va mushak kuchi hamda chidimliligi oshadi. 18-19 yoshda esa erkin harakatlanish ko‘rsatkichlari yuqori darajaga ega bo‘ladi. Bolalarda asab va mushak tizimlarini rivojlanish darajasini bormoqlarni erkin harakatlanish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin. Buni to‘g‘ri burchakda maksimal tezlik bilan quyilgan nuqtalarni miqdori asosida tavsiflasa bo‘ladi. Medani yuvish texnikasi. Me’dani yuvish texnikasi. 1 Shifokor muolaja xaqida bemorga tushuntiradi 2 Bemor o’tirgan holda bo’lishi lozimligini . 3 Shifokor o’ng tamonda va orqada turishi lozim. So’raydi 4 O’ng qo’li bilan me’da zondini til ildizigacha kiritiladi. 5 Bemorga bir necha bor yutinish kerakligi aytiladi va zondni me’daga belgigacha kiritiladi. 6 Voronkada me’da suyuqligi paydo bo’lgunga qadar pastga tushuriladi. 7 1-porsiyani analiz uchun olinadi. 8 Me’dadan chiqayotgan barcha suyuqliklarni tog’oraga to’kib tashlanadi. 9 Voronkaga 200 ml suyuqlik quyilib, suv me’daga tushishi uchun voronka ko’tariladi. 10 Bu muolajani me’dadan toza suv chiqquncha ko’p marta qaytariladi. Pulsni aniqlash va nafas harakatlarini sanash texnikasi 1 Qo`l yuviladi va quritiladi. Bemorga muolaja maqsadi haqida tushuncha beriladi. 2 Soat tayyorlab qo`yiladi. 3 Bemor qulay vaziyatda o`tqiziladi yoki yotqiziladi. 4 Bemorning bilak sohasi qo`lga olinadi. Bilak arteriyasi 2-3-4-barmoqlar bilan topiladi va asta-sekin bosiladi. 5 Puls aniqlanadi (1 daqiqada) va Puls tezligi sanaladi. 6 Natija baholanadi. 7 Qo`l bemorning ko`krak qafasiga qo`yiladi. Bir daqiqa ichida nafas harakatlari sanaladi. 8 Puls va nafas harakatlari natijalari baholanadi. 9 Natijalar bemor tibbiy haritasiga qayd qilinadi. Harakat varaqasiga nafas harakati soni, pulsi belgilab qo`yiladi. 10 Qo`l yuviladi. Qayt qilayotgan (qusayotgan) bemorlarga yordam ko‘rsatish. Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish Qusish – oshqozon massalarini to’satdan og’iz orqali chiqishi. Qusish uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan yuzaga keladi. Bu markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin. Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, tez va chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin. Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin mushaklari va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan to’lishi sababli yuzaga keladi. Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. Bolalarda qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli. Download 105.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling