Артериал босимни улчаш Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир
Download 105.62 Kb.
|
Savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash
Terini parvarishlash
Uzoq vaqt yotoq rejimda bo’lgan bemorlarni terisini parvarishlash katta ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog’ bezlari sekreti yoki boshqa sekretlar bilan qoplanishi kuchli qichishishga, terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda (oyoq barmoqlari orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini, yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi. Qarshi ko’rsatma bo’lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi bemorlarni terisi spirt, odekolon, oshxona uksusi qo’shilgan iliq suv bilan namlangan tampon bilan har kuni artiladi. Ayniqsa bunda ter bezlari ko’p sohalar (ko’krak bezi osti, chov-son burmalari va h.o.) yaxshilab artiladi. Qo’llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 marta yuviladi. Oraliq va jinsiy a’zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og’ir bemorlarda bu kunora o’tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki kaliy permanganat kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Ayollarda bu ketma-ketlik alohida qoidalar bo’yicha o’tkaziladi (har gal yangi tampon ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va kichik uyatli lablar burmasi; qin. Shu tartibda bu sohalar quritib artiladi. Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi ochiladi va olat boshi yuviladi. Qindan ajralma chiqqanda Esmarx krujkasiga maxsus qin uchligi ulanadi va sprinsirlash – qin devorlarini, bo’shlig’ini iliq suv, natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki natriy xlorning izotinik eritmasi bilan yuvish ishlatiladi. Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash Shaxsiy gigiyena qoidalarida og’iz bo’shlig’ini parvarishlar asosiy o’rin egallaydi. Og’ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati bilan bemorlarda immunitet tushib ketadi va og’iz bo’shlig’idagi borp bo’lgan mikroblar ko’payishiga yaxshi sharoit yuzaga keladi, natijada tishlar (pul’pit, periodontit, parodontoz), milk (gingivit), tanglay shilliq qavati (stomatit) zararlanadi, og’iz burchagi yoriladi, lab qurub qoladi. Ularni oldini olish maqsadida bemor kuniga ikki marta tishini yuvishi lozim, har ovqatlangandan keyin og’zini chayishi shart. Og’ir bemorlar og’zini 0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning izotonik eritmasi, kaliy permanganatni kuchsiz eritmasi bilan chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki rezina ballon yordamida bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo’liga tushmasligi kerak, bemor yarim o’tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan bo’lsa boshini yon tomonga burgan holda bo’lishi lozim. Suyuqlik yaxshi ketishi uchun og’iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz. Og’iz bo’shlig’ining, halqum, mindalinlarning ba’zi kasalliklarida og’iz va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu steril tampon bilan olinib, steril probirkaga solinadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash texnikasi Download 105.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling