Артериал босимни улчаш Артериал босим (АБ)- бу артерия ичидаги коннинг босимидир
Og’ir bemorlarni o’rin-ko’rpasini almashtirish
Download 105.62 Kb.
|
Savol javob
Og’ir bemorlarni o’rin-ko’rpasini almashtirish
Maqsad. Yotish sharotini yaxshilash (davo chora-tadbirlaridan biri); yotoq yaralarni oldini olish; bemorni shaxsiy gigiyenasiga rioya qildirish. Ko’rsatma. Bemorni yotoq rejimi. Kerakli anjomlar. Toza, katta, tikinsiz choyshab; toza ko’rpajild, ikkita yostiqjild. Bajarish texnikasi: Og’ir bemorni o’rin-ko’rpasini almashtirishni bo’ylama usuli: - bemorni yon tomonga bura olishda qo’llaniladi Toza choyshabni 2/3 qismini uzunasiga valik qilib o’raladi. Ko’rpa olinadi, bemor boshi sekin ko’tariladi va yostiq olinadi. Bemorni yuzini teskari tomonga qilib yon tomonga aylantiriladi. Bo’shagan sohadagi eski choyshab krovat o’rtasigacha o’raladi (bemor ostigacha). Bo’shagan sohaga valik qilib o’rab tayyorlangan toza choyshab yoyiladi. Bemorni yuzini o’zimizga qaratib boshqa tomonga aylantiriladi. Bo’shagan sohadan eski choyshab to’liq olinadi va toza choyshab yoyiladi, chetlari tortilib hamma tomondan to’shak ostiga tiqiladi. Bemor chalqancha yotqiziladi, toza yostiqjildli yostiqlar qo’yiladi. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor ko’rpa bilan o’raladi. Og’ir bemorni oqliklarini almashtirishni ko’ndalang usuli: - primenyaetsya, kogda patsiyenta nel’zya povernut’ na bok, no mojno posadit’ ili pripodnyat’ verxnyuyu chast’ tulovisha (rasm.2). Choyshab yumaloq qilib kengligi bo’yicha 2/3 qismda o’raladi. Kichik tibbiy xodimdan bemorni ko’tarish so’raladi, bemor yelka va kuraklar sohasidan ushlagan holda. Yostiq olinadi, eski choyshab yumaloq qilib bemor orqa sohasigacha o’raladi. Toza choyshab yumaloqlanadi va bemor orqa sohasiga o’raladi. Yostiqqa yangi yostiq jild kiygiziladi va bemor yotqiziladi. Kichik tibbiyo xodimdan bemor tos sohasini ko’tarish so’raladi. Eski choyshab o’rab oyoq sohalarigacha olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. Kichik tibbiy xodimdan bemor oyoqlarini ko’tarish so’raladi. Eski choyshab o’rab olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor yotqiziladi. Yangi choyshab hamma tomondan to’shak ostiga tiqib chiqiladi. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor o’rab qo’yiladi. Muz xaltasini qo‘yish Download 105.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling