Article · August 017 citation reads 2,123 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 408.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.09.2023
Hajmi408.96 Kb.
#1688624
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.Xizmatkorsatishvaservissohalarinirivojlantirishdamuhimyonalishlar

YOʻNALISHLAR 
Sh.Kuvondikov, H.Hasanov
Samarqand davlat universiteti 
shuhratq@rambler.ru
 
Annotatsiya. Maqolada xizmat koʻrsatish va servis sohalarining qishloq aholisi bandligini 
ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, qishloqda xizmat koʻrsatishni rivojlantirishning ilmiy 
asoslangan konsepsiyasi taklif etilgan.
 
Kalit soʻzlar: xizmat koʻrsatish, an`anaviy xizmatlar, xizmatlar bozori. 
Важные направления в развитии сферы услуг 
 Аннотация. В статье раскрыта роль сферы услуг в обеспечении занятости сельского 
населения. А так же предложены научно обоснованные концепции развития сферы услуг на 
селе

 
Ключевые слова: 
услуга, традиционный услуги, услуги рынок

Important directions in the development of services 
Abstract. In the article the role of the service sector in securing the employment of the rural 
population is disclosed. And also the scientific justification of the concept of development of the 
service sector in the village is proposed
.
 
Keywords: 
service, traditional services, market of services

Xizmat sohasini rivojlantirish aholi farovonligi va ish bilan bandlik masalasining hal boʻlishini 
ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-
yillarga moʻljallangan 5 ta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida xususiy 
sektorniahamiyatini oshirishga alohida e’tibor berilgan.Shuningdek, 2013-2016-yillarda qishloq 
joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga koʻra, 2016-yilda xizmatlar 
sohasini jadal rivojlantirib, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushini 54-56 foizga yetkazish
xizmatlarning yangi, zamonaviy turlarini joriy etish, aholini, birinchi navbatda, qishloq joylarda 
odamlarni ish bilan band qilish muammolarini hal etishdagi rolini oshirish chora tadbirlari koʻzda 
tutilgan.
2013-2016-yillarda mamlakatimizda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning 
asosiy konseptual yoʻnalishlari qoʻyidagilardan iborat boʻldi
1

1. Xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlikning faolligini yanada kuchaytirish uchun qullay 
shart-sharoit yaratish, xususan, bu boradagi rasmiyatchilik toʻsiqlarini bartaraf etish vazifasi qoʻyilgan. 
2. Xizmatlar hajmini yuqori sura’tlarda oʻsishini ta’minlash va ularning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushini 2016 yilda 54-56 foizga yetkazish. 
3. Xizmatlar va servis sohasida band boʻlgan aholining sonini muntazam oshirib borish. 
4. Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga 
koʻrsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, komunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, 
suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayorlash va mashina traktor parklari 
sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish. 
1
Ushbu yo'nalishlar bevosita Prezidentning «O'zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko'rsatish va 
servis sohasini rivojlantirishni jaddalashtirish chora tadbirlari to'g'risida» gi (2006-yil 17-aprel) qarorda va 
«O'zbekiston Respublikasida 2012-2016-yillarda xizmat va servis sohasini rivojlantirish dasturi» da keltirilgan. 



Download 408.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling