Article · August 017 citation reads 2,123 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 408.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.09.2023
Hajmi408.96 Kb.
#1688624
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.Xizmatkorsatishvaservissohalarinirivojlantirishdamuhimyonalishlar

ILMIY AXBOROTNOMA 

IQTISODIYOT
 
2017-yil, 4-son 
184 
5. Mamlakatimizda an’anaviy xizmatlar turlarini rivojlantirish, ayrim bugungi kun talabiga 
javob beradigan, ammo unitilib ketilgan xizmat turlarini izlab topish va ularni tiklash. 
6. Xizmatlarning yangi istiqbolli turlarini, xususan, yuridik, konsalting, bank, moliya, 
sugʻurta, lizing va boshqalarini jadal rivojlantirish. 
7. Mamlakatimiz xizmatlar eksportini koʻpaytirish uchun ushbu soha korxonalarining xalqaro 
bozordagi xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga erishish. 
8. Eng muhimi, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. 
Xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun ushbu tadbirlar asos boʻlib qoladi. 
Chunki, bugungi ehtiyoj va talabdan kelib chiqib, belgilangan tadbirlar, ushbu sohani rivojlantirish 
uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadbirlarni va vazifalarni batafsil bajarish uchun xizmatlar 
koʻrsatish va servis sohasini 2013-2016 yillarda rivojlantirish Dasturi ishlab chiqilgan.
Ushbu Dasturga asosan aholiga, ayniqsa, qishloq aholisiga, Oʻzbekiston respublikasi Mehnat 
va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi huzuridagi aholi bandligini rivojlantirish jamgʻarmasi 
mablagʻlari hisobidan shu soha bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar 
ajratish va shu asosda aholining bandlik darajasini oshirish vazifasi ham yuklatilgan. 
Bugungi kunda mamlakatimizda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-
yilda 49 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2015-yilda 54,5 foizga etdi. Bu koʻrsatkich rivojlangan 
mamlakatlarda 60-80 foizgacha yetmoqda va iqtisodiyotlarida band boʻlgan aholining 70 foizi aynan 
shu sohada faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda, Prezidentimiz sohani jadal 
rivojlantirish zarurligiga katta e’tibor qaratdi. Zero, xizmat sohalarining rivojlanmaganligi aholi 
iste’mol xarajatlari tarkibiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Bu ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, xizmat koʻrsatish sohasi umuman olganda oʻsish 
tendensiyasiga ega. Mazkur qarorda koʻrilgan chora–tadbirlar va ularga berilgan imtiyozlar kelajakda 
ushbu sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning 
xalqaro andozalar darajasidagi holatining shakllanishiga olib keladi.
Oʻzbekistonda xizmat sohalarini ragʻbatlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
hal qiluvchi strategik omillaridan biri xisoblanadi. Xizmat sohasi korxonalari umuman olganda, 
mamlakat boʻyicha iqtisodiy faol korxonalarning asosiy qismini tashkil etadi Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, aynan koʻp sonli korxonalar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish sohalarini qamrab oladi. 
Xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari 80 ming 400 tani yoki 
umumiy xizmat sohasi korxonalarining 80 foizini tashkil etadi. Bunday turdagi korxonalar aholiga 
koʻrsatilayotgan moddiy va nomoddiy xizmat turlarini tashkil etadi. Moddiy xizmatlarga, savdo va 
umumiy ovqatlanish, transport, aloqa, maishiy xizmat va uy-joy komunal xoʻjaligi kiradi. Ushbu 
korxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar insonni turli xil moddiy ehtiyojlarini qondirishni
ta’minlaydi.
Xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatining qulayligi va afzalligi shundaki, uni 
tashkil etishning osonligi va ixchamligi, ishchi kuchi va mehnat resurslarining oiladan yetishib 
chiqishi, aniq mijozlar talabi uchun turli xil xizmatlar koʻrsatish, mahaliy xom ashyolardan keng 
foydalanilishi hamda tovar va xizmatlarni sotish esa mahaliy bozorlarda amalga oshiriladi.
Xulosa qilish mumkinki, kichik biznes oʻz oʻrnini aholiga maishiy xizmat koʻrsatish 
sohalarida ham topmoqda. Bugungi kunda madaniy-maishiy uskunalarini ijaraga berish va ta’mirlash 
ishlari xususan, kiyim kechaklarni ta’mirlash, aholiga yuqori saviyada transport xizmatini koʻrsatish, 
xonadonlarga zarur xoʻjalik buyumlarini yetkazib burish uchun kerakli xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda uy-joy qurilishi va komunal komleksida islohatlar jarayoni 
kechishi munosabati bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan aynan shu 
sohalarda aholining maishiy xizmatga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. 
Bu borada kichik korxonalar uy-joy ekspluatasiyasi, ularni suv, issiqlik manbai, elektr energiyasi bilan 
ta’minlash boʻyicha ham oʻz xizmat turlarini taklif qilishmoqda. Tabiiyki ta’mirlash-qurilish ishlari 
bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan, dala hovli madaniy–maishiy imoratlarni qurish va 
ta’mirlash amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bu ishlar koʻllamida ham aholining uy-joy qurilishi va 
kommunal xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojlari u yoki bu darajada qondirilmoqda. 
Shunday qilib, xizmat sohasi tadbirkorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi: umumiy ovqatlanish, 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash; kiyimlar, oyoq kiyimlar, ichki 



Download 408.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling