Article · May 022 citation reads 18 author
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalmuratov M Magistr
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATROF- MUHIT MUHOFAZASI VA UNGA ETKAZILGAN ZARARLAR UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI Xalmuratov M.J. Annotatsiya
- Tayanch sozlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksi. 22.09.1994-yil. 2.А.И.Макарин, Разделение функция и судебный контроль в публично-состязательном уголовном процессе. Российский судья. 2001. №5. С-35. 3.Z.F.Inog‘omjonova Jinoyat protsessi. Umumiy qism. T.: 2002, b-110. ATROF- MUHIT MUHOFAZASI VA UNGA ETKAZILGAN ZARARLAR UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI Xalmuratov M.J. Annotatsiya: Atrof muhit muhofazasi. Atrof muhitga va tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyoj va unga etkazilgan zararlarning kelib chiqishi, tabiatdan foydalanish bo`yicha belgilangan qonun hujjatlari va yuzaga kelgan qonun buzilishlarida javobgarlik masalalari qisqacha bayon qilingan. Tayanch sozlar: Tabiiy resurslar. Ekologik xavfsizlik. Taksalar asosida zararni hisoblash. Huquqiy javobgarlik. 374 Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir o`tkazib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi, yangi mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z navbatida, insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlarining oshishi, tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi. Bu holat o`z navbatida tabiatga jamiyat tomonidan bo`ladigan ta'sirlarning bir necha barobar ko`payishiga sabab bo`ldi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-fanning rivojlanishiga o`z navbatida insonning turli ehtiyojlarini qondirishga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qildi. Albatta, yangi texnologik jarayon ish unumdorligi, iqtisodiy daromadni ko`paytirishi bilan bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishga, shuningdek tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatning shunday yo`lga qo`yilishi kerakki o`zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs, ekologik tizimlar holati va aholining sog`ligi, hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining darajasiga bo`ladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga olib kelinishi zarur. Bu borada har bir davlat tabiiy resurslariga jamiyatning salbiy ta`sirlarni oldini olish maqsadida tabiatdan foydalanishni tartibga solishda bir qancha qonun hujjatlarini va huquqiy javobgarlik choralarini belgilab qoygan. Shu qatorda O`zbekiston qonunchiligida ham yani Konstitutsiyaning 55- moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi hamda boshqa tábiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»[1] deb belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9-apreldagi «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonuni» va 2002 yil 13- dekabrdagi «Yer osti boyliklari to`g`risidagi qonuni» har bir shaxsning qulay atrof-muhitga bo`lgan huquqlari va ekologik huquqbuzalik natiyjasida unga etkazilgan salomatligiga, mulkiga bolgan zararlarni bartaraf etilishini kafolatlaydi. Atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirishning asoslaridan biri bo`lib qonunga qarshi ravishda yetkazilgan zararni undirish mumkinligi hisoblanadi. Bu qoidaning negizi tabiiy resurslardan har qanday foydalanishda atrof muhitga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko`rsatilishidan iborat, chunki hozirgi zamonaviy sharoitda chiqindisiz, ekologik jihatdan sof toza texnologiya mavjud emas va tabiiy resurslardan foydalanmasdan turib ishlab chiqarishni rivojlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun iqtisod va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida insoniyat tabiiy resurslarni oqilona ravishda o`zlashtirishi zarur. Ayni vaqtda atrof tabiiy muhitga jiddiy salbiy ta'sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida unga zararli ta'sir ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan doiralari belgilanadi. Ushbu doiralar har bir tabiiy resurs bo`yicha alohida belgilanadi. Masalan, atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalar va biologik oragnizmlar uchun yo`l qo`yiladigan miqdorlari orqali havoning inson salomatligiga va tabiiy muhitga zarar ko`rsatmaydigan sifati ta'minlanadi. Ekologiya sohasidagi qonun buzilish holati yuzaga kelsa, tabiatga etkazilgan zararlar miqdori aniqlanishi lozim. Bunda ekologik zarar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-iyuldagi qarori bilan belgilangan taksalar asosida, yoki tabiiy muhitni tiklash uchun harajatlar inobatga olinadi. Shundan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, atrof tabiiy muhitga faqat qonunga qarshi, aybli harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar huquqiy javobgarlikka asos bo`ladi.[2] Bu o`z nabvatida intizomiy, ma`muriy, jinoyiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Atrof tabiiy- muhitga etkazilgan zarar og`ir oqibatlarga olib keladigan bolsa bu jinoiy javobgarlikka olib keladi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi shunda ularning sodir etilishi oqibatida inson salomatligiga, atmosfera havosiga, yer, yer ostiga, suv, o`rmon, o`simlik va hayvonot dunyosiga, genetik fondga, tabiiy lanshaftlarga zarar etkazish xavfi vujudga keladi. O`zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi to`rtinchi bo`lim, on to`rtinchi bob «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar» deb nomlanib unda nazarda tutilgan, insonning hayotini tabiiy muhitda saqlab turishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, aholining ekologik xavfsizligini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarida uning asosiy printsiplari sifatida quydagilar ko`rsatiladi: insonning yashashi uchun yaqshi sharoitni ta`minlash, insonning atrof-muhitga bo`lgan huquqini ta`minlash, atrof muhitni barqaror rivojlanishini ta`minlash, jamiyat va davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi borasidagi faoliyatida, ekologik xavfsizlikni ta`minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Bu borada davlat hokimiyati organlarining yaqshi atrof 375 muhit va ekologik xavfsizlikni ta`minlashdagi javobgarligi, xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish bo`yicha qaror qabul qilishda ekologik xavfsizlikni qoidalariga amal qilishni majburiyligi kabi printsiplar jinoyat qonunchiligida ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarligda ham nazarda tutilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling