Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari
Ibtidoiy jamiyat tarixini geologik va antropologik bog‘liqlikda davrlashtirish jadvali
Download 72.11 Kb.
|
15-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibtidoiy jamiyat tarixini sivilizatsion davrlashtirish
- Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari
Ibtidoiy jamiyat tarixini geologik va antropologik bog‘liqlikda davrlashtirish jadvali
Ibtidoiy jamiyat tarixini sivilizatsion davrlashtirish
Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari Ibtidoiy jamiyat tarixining dastlabki bosqichi xronolik jihatdan to‘liq o‘z echimini topgan emas. Hatto mavjud materiallar va moddiy yodgorliklarning yoshi ham absalyut aniqlikda emas. Bir necha yuz ming yil, yoki million yilliklarga oid moddiy yodgorliklarni yoshini aniqlashda eng zamonaviy texnika ham bir necha yillarga adashadi. Moddiy yodgorliklarning yoshi madaniyatlar yoshini qiyoslash, arxeologik tiplarning o‘zgarib borishi, paleontologiya, geologiya, paleoklemotologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga qarab aniqlanadi. Ashyolarning yoshni aniqlashning quyidagi usullari mavjud. Ular asosan fizika va ximiya fanining yutuqlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Radiouglerod usuli. Ashyoda organik moddalarning qoldiqlariga qarab yoshini aniqlash usuli bo‘lib, unda S14 uglerod – karbon moddasining yarim parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Ushbu usul ko‘proq hayvonlar va o‘simliklar qoldiqlari yoshini aniqlashda qo‘llaniladi. CHunki kosmos nurlari ta’sirining azotga ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan bu modda ko‘proq o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlarida etarli miqdorda bo‘ladi. Bu usul har 5730 yillikda 40 yil farq bilan ashyoning yoshini aniqlaydi. SHu sbabli ushbu usulda xatolik kamroq chiqishi uchun yuqori peleolit davriga oid (40 ming yilliklargacha) ashyolarni yoshini aniqlashda ko‘proq foydalaniladi. Kaliy-argon (K40A40) usuli. Ushbu usulda ko‘proq arxeologik va antropologik yodgorliklar yoshini niqlashda qo‘llaniladi. Kaliy inson suyaklarida ko‘proq bo‘lib, u parchalanish jarayonida argonga aylanadi. Ushbu moddalarning parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Bu usulda ashyoning yoshini aniqlash 2 mln yilliklargacha bo‘lgan davrda ijobiy ahamiyatga ega. Dendroxronologik usul. YAqin o‘tmishga oid yog‘och materiallar yoshini yog‘och halqalariga qarab aniqlash usuli. Arxeologik yodgorliklarda saqlanib qolingan yog‘ochlar orqali bir necha ming yilliklarni aniq yoshini belgilash mumkin. Arxeomagnit usuli. Er sharining o‘z o‘qi atrofi va quyosh sistemasi atrofida aylanishiga qarab aniqlanadi bu usul 25 yil pilus yoki minus aniqlikkacha aniqlab beradi. Arxeomagnit usulidan tashqari ashyoning yoshini aniqlashga qaratilgan termolyuminessent usuli ham mavjud bo‘lib, arxeomagnit usuli bilan birgalikda eng qadimgi davrlarga oid ashyolarning ham yoshini aniqlash imkonini beradi. Bu usul neorganik ashyolarda ko‘proq qo‘llaniladi. Ko‘proq kristal strukturaga ega bo‘lgan jismlarda foydalaniladi. Ammo bu usul to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli turli davlatlarning olimlari bir – birlarining ishlarini qayta – qayta tekshirib xulosalarga keladilar. Fizika va ximiya fanlari metodlariashyolarning yoshini aniqlashgina emas, balki arxeologik qazishmalarda topilgan ashyolarni qayta tiklash bilan bog‘liq ishlarni ham bajaradi. Ashyolarning yoshini aniqlashda va qadimgi davrlar haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishda bu muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Fizika va ximiya fanlari metodlaridan foydalanib, arxeologik yodgorliklarda davrlar o‘tishi bilan yomon holatda bo‘lgan va bir qismi yo‘qolib borgan, yo‘qolib ketish arafasida (yog‘ochlarning chirishi, metallarning zanglab yo‘qolishi) turgan yog‘och, suyak, metal, teri, sopol, mato qoldiqlarini tiklash, ularning asl ko‘rinishlariga erishish mumkin. Matolarning asl ko‘rinishi, ulardagi ranglarni tiklanishi, suyak va metallardan tayyorlangan ashyolarning tiklash ishlarida rentgent orqali yoritilishi, elektron mikroskop, mikrofotografik, flyuoressent metodlardan foydalaniladi. Ushbu metodlar ashyolarning yoshi, ulardan foydalanilish tartibi, qadimgi davrlarda ashyolarning funksiyasi kabilar xususida xulosalarga kelish imkonini beradi. Bundan tashqari ashyolar yoshini aniqlash va ularni tiklashda fizika va ximiya fanlarining keng masshtabli rangli tasvirga olish, galvanoplastika usullaridan ham foydalanilmoqda. Download 72.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling