Yotqiziqlaming xususiyatlarini tushunish va tasvirlash
So‘nggi muz bosishidan avvalgi muz bosgan vaqtlar orasida va so‘nggi to‘rtlamchi davr muz bosishining barcha bosqichlarida yuqori to‘rtlamchi davr yotqiziqlari shakilangan. Hozirgi zamon okeanlari tubining katta (90 %) qismida abissal yotqiziqlar hosil bo‘ladi. Bunday yotqiziqlar ko‘pincha 3 km dan ortiq chuqurlikdagi oksidlanish muhitida paydo bo‘ladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda
hayvon organizmlarining skeletlaridan; 2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan zarrachalardan, suvosti va suvusti vulqon tog‘ jinslaridan, kosmik changlardan tashkil topadi. Geologik jarayonlarda hosil bo‘igan tarkibiy qismlari o‘rnidan qo‘zg‘almay o‘z joyida saqlanib qolgan yotqiziqlar avtoxton yotqiziqlarga kiradi. Bularga asosan ko‘mir, suv o‘tli, maijonli, organik, elyuviy va ayrim kimyoviy yotqiziqlar kiradi. Baland tog‘ daryolari va tog‘ oralig‘i vodiylarida tog‘oldi yotqiziqlari hosil bo‘ladi. Ularning tavsiffi belgilariga yotqiziqlarning qalinligi, organik qoldiqlarning yo‘qligi, cho‘kindilammg saralanib
(tog‘ oldidan tekislikka qarab - konglomerat, qumtosh va h.k.) yotqizilishi va boshqalar kiradi. Qiya sathlardagi erozion jarayonlar va deluvial yuvilishning birgalikda kechishi natijasida Alluvial-delluvial yotqiziqlar hosil bo‘lgan. Ular vodiylami tog’ yonbag‘irlari atroflarida Alluvial hosilalar akkumulyatsiyasining va kimyoviy akkumulatsiyasini o‘zaro almashinish turlaridan hosil bo‘ladi. Bu yotqiziqlar yaxshi saralanmaganligi va silliqlanmaganligi, alluviy (shag‘al tosh,
qum) va deluviy (slanes. supes, mayda qirrali shag'al tosh) fazalariga mos qatlam]ar bilan tavsiflanadi. Deluvial-kolluvial yotqiziqlar tog‘ yonbag‘irlarida nuragan tog‘ jinslarini deluvial yuvilishi va gravitatsion harakati natijasida hosil bo‘ladi. Tog‘ jinslari bo‘laklarining gravitatsion kuch ta’sirida harakatlanishi natijasida gravitatsion yotqiziqlar - tog‘ yonbag‘ri yotqiziqlari hosil bo‘ladi. Bu kabi yotqiziqlar ag‘darilmalar, surilmalar sochilma solifluksiya jarayonlari hosilasidir.
Oqar suvlaming dengiz yoki ko‘lga quyilish joyi (delta)da shag‘al, qum, gil, balchiq va boshqalardan iborat Alluvial-dengiz yotqiziqlari paydo bo‘ladi. Dengiz va okean cbo‘kindilari materik yonbag‘ri yoki shelf zonasida batial yotqiziqlar sifatida yig‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |