Arxeologik yotqiziqlar


Download 72.02 Kb.
bet1/13
Sana15.06.2023
Hajmi72.02 Kb.
#1486443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ARXEOLOGIK YOTQIZIQLAR




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUХОRO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA YURIDIK FAKULTETI
ARXEOLOGIYA VA BUХОRO TARIXI KAFEDRASI
GEOARXEOLOGIYA FANIDAN" ARXEOLOGIK YOTQIZIQLAR" MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Bajardi:
Ilmiy rahbar


Mundarija
Kirish…………………………………………………………..
I bob Arxeologik yotqiziqlar…………………………………
1.1. Yotqiziqlaming turlari……………………………………
1.2. Daryo va dengizorti yotqiziqlari va cho‘kmalar tuzilishi…………………………………………………………
II bob. Yotqiziqlaming xususiyatlarini tushunish va tasvirlash……………………………………………………..
2.1. Kimyoviy yotqiziqlar……………………………….....
2.2. Organik moddalar va yotqiziqlar…………………..…
Xulosa……………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………


KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Yerning paydo bo’lishi to’g’risidagi dastlabki tasavvurlar juda qadimdan mavjud bo’lgan. Chunki bu masala ulkan amaliy ahamiyatga ega. Yerning paydo bo’lishi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lmasdan turib, uning tuzilishini va unda bo’ladigan jarayonlarni to’g’ri tushunish mumkin emas.
Qadimgi davrlarda Yerning va Quyosh tizimining vujudga kelishi to’g’risidagi tasavvurlar asosan hurofiy bo’lgan. Faqat uyg’onish davrida (XV asrning oxiri va XVI asrning boshi) fanni dinning tazyiqidan ozod bo’lishi boshlanadi.
Polyak olimi Nikolay Qopyernik (1473-1543) "Dunyo jismlarining aylanishi haqida" nomli asarida birinchi bo’lib Yer koinotning markazi emas, balki Quyosh atrofida doimo aylanib turadigan kichik planeta ekanligini aniqlab berdi.
XVII asrning oxirida nemis olimi Leybnits (1646-1716) Yer qachonlardir qizigan (chug’ holatidagi) nur tarqatuvchi jism bo’lgan degan fikrni o’rtaga tashladi. Yerning yuqori qatlamlarini u Yer yuziga oqib chiqqan massaning shlaklariga o’xshatdi.
1745 yilda fransuz olimi J.Byuffon (1707-1788) Yer va Quyosh tizimining boshqa planetalari bir necha o’n ming yil avval Quyoshning kometa bilan falokatli to’qnashuvidan ajralib chiqqan quyosh jismlaridan hosil bo’lgan deb isbot qilishga harakat qildi.
Nemis faylasufi Immanuil Kantning gipotezasiga (1755 y) ko’ra, birlamchi koinot turli kattalikdagi va zichlikdagi qattiq, harakatsiz chang zarrachalaridan tashkil topgan. Zarrachalarning o’zaro tortilishi natijasida ular harakatlana boshlaganlar. Lekin ular zarralarning kattaligi va zichligiga bog’liq ravishda turli tezlikda harakatlanganlar. Zarralarning to’qnashuvi butun tizimni aylanishiga va uning markazida zarralarning to’planishiga olib kelgan. Zarralar bu markaziy qism atrofida aylana orbitasi bo’ylab bir tomonga aylana boshlagan. Harakatlanayotgan zarralarning qo’shilishidan planetalar hosil bo’lgan. Kantning ta’kidlashicha osmon jismlarining hosil bo’lishi va hozirgi olamning tarqoq matyeriyadan hosil bo’lish jarayoni million yillar davom etgan.

Download 72.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling