Arxeologik yotqiziqlar


II.bob.Yotqiziqlaming xususiyatlarini tushunish va tasvirlash


Download 72.02 Kb.
bet9/13
Sana15.06.2023
Hajmi72.02 Kb.
#1486443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ARXEOLOGIK YOTQIZIQLAR

II.bob.Yotqiziqlaming xususiyatlarini tushunish va tasvirlash
2.1. Kimyoviy yotqiziqlar
Xemogen (kimyoviy) yotqiziqlar - kimyoviy yoki biokimyoviy reaksiyalar, suv haroratining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi yotqiziqlardan iborat. Bularga ayrim ohaktoshlar, dolomitlar, silitsitlar (yashmalar, kremniylar, djespilitlar va boshqalar), har xil tuzlar, g'uddalar kiradi. Kimyoviy yotqiziqlar geoarxeologik kontekstlardan biri bo‘lib, шаг geoarxeologik hududlarda va qatlamlaming asosida shakllanadi. Ochiq havoda, bug’ianish baland bo‘lgan hududlarda kimyoviy yotqiziqlar eski ko‘l o ‘zanlari va yotqiziqlarga o‘xshagan hududiy yuza qismlari bilan aloqador hisoblanadi. Kimyoviy yotqiziqlar Oclik dengizi sohillaridagi so‘nggi plevstotsen davrida rivojlangan g‘orlarda, Lizan ko‘lidagi qatlamdan topilgan. Arxeologik izlanishlarda qatlamlaming bir xil turlari g‘ayrioddiy shaklda bo'lib, Amerikaning baland tekisliklari va Avstraliyaning
Mungo ko‘lidan ma'lum bo‘lgan.
Ikkilamchi kimyoviy tuzlar va minerallarning ko‘pchiligi tuproq sharoitida, sayoz chuqurliklarda yoki yuzalarda paydo bo‘lgan. Kalsiy, gips va boshqa kimyoviy moddalar quruq va namchii sharoitlar uchun umumiy minerallar hisoblanadi. Temir va marganes oksidining shakllanishi Angliyaning Boxgrove singari seryomg‘ir hududlarida sodir bo‘ladi. Transval g‘orida esa karbonatning to‘planishi ochiq havoda bahor faslida sodir bo‘ladi. Gennaniyadagi Bilzingslebenda hududida o‘rta pleystotsen ketma-ketliklari saqlangan, uning homo erutus manzilgohlarini o‘z ichiga olgan. G‘orlar kimyoviy yotqiziqlami ajabtovur ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ular o‘z ichiga quyidagi kimyoviy yotqiziqlami qamrab oladi, jumladan, oksid, sulfid, nitrat, xalit, karbonat, fosfat, silikat va h.k. Karstik relyeflardagi arxeologik va eng qadimgi g‘orlaming aksariyatida uchraydigan asosiy minerallar karbonat hisoblanadi. Fosforga o‘xshagan ko‘plab minerallar ko‘pchilk g‘or makonlarda, ayniqsa, 0 ‘rtayer dengizi iqlimi sharoitlarida uchrab, undan boshqa haroratlarda kam bo‘ladi. Bu fosfatlar ko‘rshapalaklardan, dengiz qushlaridan, umurtqalilar (giena), suyaklar va daraxtlardan hosil bo‘ladi.

Download 72.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling