Arxeologik yotqiziqlar


Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 72.02 Kb.
bet2/13
Sana15.06.2023
Hajmi72.02 Kb.
#1486443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ARXEOLOGIK YOTQIZIQLAR

Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Kurs ishi mavzuning ilmiy kosmogoniyada Quyosh atrofidagi gaz, chang bulutligining (tumanligining) kelib chiqish masalasi o’ta murakkab muammo hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Quyosh tizimidagi planetalarni hosil qiluvchi birlamchi bulutlikning (tumanlikning) hosil bo’lishi to’g’risida ikkita asosiy gipoteza mavjud. Ulardan biri Quyoshning atrof koinotdan jismlarini tortib olishidan, ikkinchisi Quyosh va Quyosh tizimidagi planetalar birga bir vaqtda bir xil gaz-chang yig’indilaridan hosil bo’lganligini taxmin qiladi.
Akademik O. Yu. Shmidt gipotezasiga ko’ra, Quyosh olam bo’shlig’idagi harakati jarayonida gaz, chang bulutliklaridan iborat bo’lgan yulduzlar oralig’idagi jismlarni o’ziga tortib olgan. Bu bulutliklar vodorod gazsimon, asosiy qismi muzlardan iborat bo’lgan qattiq zarralardan tashkil topgan. Tosh va metall jismlar ham mavjud bo’lgan. Tosh va muzdan iborat bo’lgan qattiq zarralardan Quyosh tizimining ko’pgina jismlari hosil bo’lgan. Quyosh atrofidagi bulutliklardagi qattiq zarralarning to’qnashuvi natijasida ular bir-birlari bilan yopisha boshlagan va bulutlikning o’zi esa yassi, zichligi ortgan qatlamga aylangan. Katta jismlardan planeta va boshqa kosmik jismlar hosil bo’lgan. Planetalar hosil bo’lishi jarayonida, bir-birlari bilan to’qnashgan ayrim zarralar tezligini katta miqdorda yo’qotib umumiy bulutlik yig’indisidan uzoqlashgan. Bu zarralar planetalar atrofida aylana boshlaydi, so’ngra esa ular yig’ilib yo’ldoshlarni hosil qiladi.
Kurs ishi mavzusining obekti: O. Yu. Shmidtning gipotezasiga ko’ra Yer va boshqa planetalar birlamchi sovuq jismlar bo’lgan, so’ngra Yerning ichki issiqligi radiofaol elementlarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan.
Akademik A. G. Fesenkov Quyosh va boshqa planetalarning hosil bo’lishini yulduzlarning paydo bo’lishi muammosi bilan birgalikda ko’rib chiqadi. Galaktikadan tashqarida joylashgan tumanliklarning tuzilishini o’rganish hozirgi kunda ham yulduzlar hosil bo’layotganligini ko’rsatdi. Yulduzlar gaz, chang tumanliklarida joylashgan diffuzion jismlarning quyuqlashuvidan paydo bo’ladi.

Download 72.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling