Arxitektura fanidan amaliy mashg’ulot uchun


Pollarning konstruktiv sxemasi


Download 73.21 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi73.21 Kb.
#1571046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turar joy binosi uchun tushuntiruv yozuvi-2023 1

Pollarning konstruktiv sxemasi:
1 – pol to’shamasi; 2 - bog’lovchi qatlam; 3 - tekislovchi qatlam; 4 – izolyatsiya qatlami; 5 - ostki to’shama qatlam; 6 - yuk ko’taruvchi asos yoki yopma konstruksiya.
TOMLAR
Asbestotsement listlar tutashgan choklar orqali yomg’ir suvlari o’tmasligini ta’minlash uchun o’lchami 7 mm dan katta bo’lgan choklarni qotmaydigan “Tioprol” tipidagi zichlashtiruvchi mastika bilan to’ldirish tavsiya etiladi.
Asbestotsement listlarni obreshetkaga mahkamlash uchun ishlatila-digan mixlarni listga to’g’ridan-to’g’ri qoqmasdan oldindan parma bilan teshilgan teshiklar orqali o’tkazib qoqilsa, listlarda yoriqlar hosil bo’lmaydi, ularning xizmat muddati ortadi. SHuruplar va mixlar komplektida po’lat shayba va yumshoq rezina yoki polimer qistirma bo’lishi kerak.
Turar-joy binolarining chordoqli tomlarida tom qoplamasi sifatida boshqa materiallar (masalan, to’lqinsimon keramoplast listlar, natural va tsement-qum cherepitsalar, metallocherepitsa, kompozit metallocherepitsa, to’lqinsimon va profillangan metall listlar) qo’llanilganda, shu materialning konstruktiv xususiyatlaridan, o’lchamlaridan va nishablikning katta-kichikligidan kelib chiqqan holda obreshetkalar orasidagi masofalar, ularning kesimi va tom elementlarining birikish usullari har xil bo’lishi mumkin. Masalan, natural va tsement-qum cherepitsalar uchun stropilalar qadami 75 sm gacha bo’lganda kesimi 30x50 mm bruschalar, 90 sm gacha bo’lganda - 40x50 mm bruschalar, 110 sm gacha bo’lganda – 50x50 yoki 40x60 mm bruschalar qo’llaniladi. Obreshetka bruschalarining qadami tomning nishabligiga bog’liq holda 31,2 sm dan 34,5 sm gacha o’zgaradi halos.
Kompozit metallocherepitsa uchun obreshetka sifatidan 50x50 mm bruschalar qo’llaniladi, ularning qadami bir xil – 370 mm qabul qilinadi. Metallocherepitsa uchun odatda 32x100, 25x100 mm kesimli taxta yoki 50x5x mm kesimli bruscha qo’llanilishi mumkin. Bruscha qo’llanilganda, ularning qadami metallocherepitsadagi ko’ndalang to’lqinlarning o’lchamiga (300, 350 va 400 mm) teng qilib olinadi.



Download 73.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling