Arxitektura fanidan amaliy mashg’ulot uchun


Download 73.21 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi73.21 Kb.
#1571046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turar joy binosi uchun tushuntiruv yozuvi-2023 1

QAVATLARARO YoPMALAR


Qavatlararo yopmalar binoning ichki bo’shlig’ini qavatlarga bo’ladi. Orayopma plitasi uchun 1.461-1 seriyali ko’p bo’shliqli plitalar qo’llanilgan.
Ko’p bo’shliqli panellar devorga M50 tsement qorishma ustiga o’natiladi. Panellar orasidagi choklar M100 markali tsementli qorishma bilan bir tekisda to’ldiriladi.
Ko’p bo’shliqli plitalar o’zaro ankerlar bilan payvand qilinadi. Plita bo’shliqlariga 25 sm chuqurlikda beton quyiladi. Santexnika trubalari o’tkazish uchun elektr instrument yordamida kerakli diametrdagi teshikni bo’shliq bor joydan ochishga ruxsat beriladi. Panel qoburg’alarini sindirish yoki u yerdan teshik ochish ta’qiqlanadi.
Tom yopma plitasi sifatida eni 1,0 va 1,2m lik bushlikli plitalar qo’llaniladi. Qavatlararo yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko’tarish bilan birga devorlarni o’zaro bog’laydi va ularning ustivorlarini ta’minlaydi va butun binoning fazoviy bikirligini oshiradi. Orayopmalar binoda joylashgan o’rniga qarab qavatlararo yopmalar (binolarni qavatlarga ajratadi), yerto’la usti orayopmasi (1-qavatni yerto’ladan ajratib turadi) va chordoq orayopmasiga (teppa qavatini chordoqdan ajratadi) bo’linadi. Qavatlararo orayopmalar narxi bino umumiy narxining 18-20% ini, ularni o’rnatishga sarflanadigan mehnat esa 20-25% ni tashkil qiladi. Qavatlararo orayopmalariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri uning mustahkam bo’lishi, ya’ni unga ta’sir etayotgan vaqtinchalik yoki doimiy kuchlarga chidamliligi va tashqi kuch ta’siridan qattiq deformatsiyalanmasligidir. Bunday talablar bikirlik orqali belgilanadi.


Pollar va ularning tarkibi
Polni yotqizishda QMQ 3.02.01-87 «Pollar» va SN-300-75 ko’rsatmasiga asosan yotqizilishi lozim.
Asosni mexanik usulda zichlash lozim, yuqori qatlamga graviy solib zichlash lozim. Polni beton qatlamini vibrator yordamida zichlanadi Pol qiyaligini gruntni planirovka qilishda hosil qilish kerak. Bu bino turar joy binosi sirasiga kirgani uchun asosan yordamchi xonalarda beton pol, yashash xonalarda yotoqxonalarda linoleumli pol qo’llanildi. San-texnika xonalari, dush va dush oldi xonalari uchun keramik pol qo’llaniladi.
Pollar temir-beton orayopma paneli ustidan yoki yerto’lasiz binolar birinchi qavatida to’g’ridan-to’g’ri tuproq ustiga o’rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlami “qoplama” yoki “haqiqiy pol” deb ataladi.
Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza sathiga o’rnatiladi. Bunda tagiga solingan tekislovchi qatlam betondan, tsement-qum qorishmasidan, asfalьtdan yoki gipsdan iborat bo’lishi mumkin.
Qavatlararo orayopmada pol asosi bo’lib, orayopma ko’taruvchi konstruktsiyasi hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo’lmaydi.
Pol konstruktsiyasiga tovush o’tkazmaydigan, issiqlik va suv o’tkazmaydigan qatlamlar qo’shimcha bo’lib kirishi mumkin.
Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko’ra pollar pishiq bo’lishi, issiqlikni kam o’tkazuvchi, sirpanmaydigan, ho’llanganda shishmaydigan, ko’rinishi chiroyli, chang olmaydigan, yurganda tovush chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo’lishi kerak. Namlik yuqori darajada bo’ladigan xona pollari namlik ta’siriga chidamli va suv o’tkazmaydigan, yong’indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo’lishi kerak.
Pol qurilishiga ko’ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va bukuluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Qaysi materiallardan qilinishiga ko’ra pollar yog’och taxtali, parketli, linoleumli, keramik plitkali, tsementli kabi turlarga bo’linadi. Yaxlit quyma pollarga tsementli pol, mozaika pol, asfalьt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi.




Download 73.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling