Arxitektura fanidan amaliy mashg’ulot uchun


Download 73.21 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi73.21 Kb.
#1571046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turar joy binosi uchun tushuntiruv yozuvi-2023 1

HAJMIY - REJAVIY YECHIM

Loyihalanayotgan bino ___ qavatli, chordoqli.


Binoning rejadagi o’lchami ____ Qavat balandligi _____ m
Binoning hajmiy rejaviy yechimi bevosita texnologik jarayonini optimal tashkil qilish talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, xonalarning joylashishi, ularning o’zaro bog’liqligi va unda amalga oshiriladigan jarayon to’la hisobga olinadi.


Binoning konstruktiv yechimlari

Turar joy binolarining yer usti va yer osti qismlari bo’lib ularning binolarining asosiy konstruktiv elementlaridan ya’ni poydevori, devorlari, qavatlararo yopmalar, alohida tayanchlari, tom deraza, eshiklar, zinalar hamda ichki to’siq (parda) devorlaridan iborat bo’ladi


Asoslar qobig’ining yuqori qatlamida joylashgan va qurilish maqsadlarida ishlatiladigan geologik jinslar tuproq deb ataladi. Tuproqlar har-xil kattalikdagi zarralarning oralig’ida bo’shliqlar hosil qilgan to’plamdir. Bu zarralar tuproq skletini tashkil etadi.
Poydevor ostida joylashgan, bino og’irligini o’ziga qabul kiluvchi tuproq massasi asos deb ataladi. Asoslar ikki xil: tabiiy va sun’iy bo’ladi.
Tabiiy asos deb qurilgan binoning og’irligini o’zini tabiiy holatida ko’tarib tura olishi mumkin bo’lgan poydevor osti tuprog’iga aytiladi.
Sun’iy asos deb bino og’irligini o’zini tabiiy holatida ko’tara olmaydigan va shu sababli sun’iy ravishda qotirilgan va zichlashtirilgan tuproqka aytiladi
Poydevorlar binoning yer ostki qismi bo’lib, ular bino og’irligini o’ziga qabul qilib, uni asosga uzatuvchi konstruktsiyadir. Temirbeton poydevorlar to’rt xil bo’ladi: alohida poydevorlar, devor yoki qator ustunlar ostiga qo’yiladigan lentasimon, butun inshoot ostiga yotqiziladigan yaxlit poydevor hamda ustun-qoziq poydevorlar. Alohida turuvchi va lentasimon poydevorlar yig’ma yoki monolit bo’lishi mumkin.

Poydevorlar ostiga V3,5 klassli betondan 100 mm qalinlikda qatlam solinib, so’ngra poydevor plitasi quyiladi.


Gorizontal gidroizolatsiya qalinligi 50 mm li asfalьtobetondan bajariladi. Poydevorning yer bilan tutashadigan qismini 2 qatlamli issiq bitum surtish bilan gidroizolatsiya qilinadi.

Download 73.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling