Arxitektura fanidan amaliy mashg’ulot uchun


Download 73.21 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi73.21 Kb.
#1571046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turar joy binosi uchun tushuntiruv yozuvi-2023 1

Zinapoya
Zinalar ikki konstruktiv element - zinaning ikki sahni va ular orasidagi qiya joylashgan marshdan iborat bo’ladi. Zina marshda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun marsh chekkasiga zina panjarasi o’rnatiladi.
Zinapoya IIK-03-02 seriyada bo’lib, zinapoya zina va maydonchasidan iborat. Zinapoya markasi M50 bo’lgan tsement qorishma ustiga o’rnatiladi.
Zinapoya maydonchasi devorga o’rnatiladi. Zina esa zina maydonchasidagi o’rindiqga o’rnatiladi.


Derazalar
Xona ichiga tabiiy yorug’lik devordagi vertikal yoki tomonlardagi gorizantal joylashgan ochiq uymalar (deraza o’rni) orqali tushadi. Xonani yoritilganlik darajasi qurilish norma va qoidalari asosida aniqlanadi.
Amaliyotda turar joy binolari uchun deraza o’rni yuzasi xona poli maydonining 1/8 dan 1/5 bo’lagiga teng bo’lishi kerak. SHunda xona ichi yetarlicha tabiiy yoritilgan bo’ladi.
Deraza va vitrajlar xonalarni tabiiy yorug’lik bilan ta’minlovchi asosiy konstruktsiyalar bo’lib hisoblanadi.
Binolarni oynalash konstruktsiyalari muhim elementlardan biri bo’lib, bino tashqi ko’rinishi hamda xona ichi ko’rinishiga ta’sir etadi. Derazalarga qo’yiladigan asosiy talablardan yana biri issiqlik o’tkazmaslik xususiyati bo’lib, issiqlikning isrofini kamaytirish va xonaning tovush izolyatsiyasini ta’minlash talab etiladi.
Deraza konstruktsiyalarini materialga ko’ra yog’och, metall, temir beton va plastmassadan tayyorlangan turlarga ajratish mumkin.
Derazalar ochilish yoki yopilish usuliga va konstruktiv yechimiga ko’ra tavaqali (bir, ikki va uch tavaqali), ochilmaydigan, surilib ochiladigan, tavaqalari yuqoriga yoki pastga ilingan, jalyuzli va boshqa turlarga bo’linadi.
Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo’lishi mumkin. Bir qavat oynalangan issiq iqlimli rayonlarda ishlatiladi. Iqlimi yumshoq rayonlarda joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo’llanilib, bunda oynalar oralig’ida ma’lum qalinlikda havo qatlami bo’ladi.
ESHIKLAR
Eshiklar xonalarni bir-biri bilan bog’laydi. SHuningdek binoga kirish va undan chiqish yo’li hisoblanadi. Ular derazadagi yoki pardevordagi eshik o’rni, eshik kesakisi va tabaqasidan iborat bo’ladi. Eshiklar bino ichiga kirish va biridan-biriga o’tiladigan xonalarni o’zaro izolyatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning soni va o’lchamlari xonaga to’g’ri kelgan kishilar soni, binoning ko’rinishi va boshqalar asosida aniqlanadi. Eshiklar devorlarga mahkamlanadigan rom ko’rinishidagi kesaki va ularga ilingan tavaqadan iborat bo’ladi.
Tavaqalar soniga qarab eshiklar bir, bir yarim va ikki tavaqali bo’lishgi mumkin. Binoda joylashishga ko’ra eshiklar ichki, tashqi va shkaf eshiklarga bo’linadi. Odatda bir tavaqali eshiklarning kengligi 600, 700, 800, 900 va 1100 mm ikki tavaqaliniki esa 1200, 1400 va 1800 mm ga teng qilib olinadi. Turar joy binolari eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mm ga teng bo’ladi. Evakuatsiya uchun mo’ljallangan maxsus xonalar va xizmat eshiklarining balandligi 1200 va 1800 mm bo’lishi mumkin.
Eshik kesakisida tavaqani ilintirish uchun chuqurligi 15 mm, eni eshik tavaqasiga teng bo’lgan o’yiq bo’ladi. Ayrim hollarda eshik teppasida ochilmaydigan deraza-framugalar ham bo’lib, ular daxlizga tabiiy yorug’lik tushish uchun qilinadi uni o’rnatish uchun eshik romiga qo’shimcha gorizontal o’rtalik qo’yiladi.






Download 73.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling