Arxitektura fanidan amaliy mashg’ulot uchun


Devorlarga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 73.21 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi73.21 Kb.
#1571046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turar joy binosi uchun tushuntiruv yozuvi-2023 1

Devorlarga qo’yiladigan asosiy talablar
Devor binoning asosiy konstruktiv elemntlaridan biri bo’lib, u tashqi muhit ta’siridan himoyalashdan tashqari, ko’p hollarda o’ziga qo’yilgan qavatlararo yopma va tom og’irligini ko’tarish vazifasini ham bajaradi. Binoning bu elementi turli tuman tashqi kuchlar va tashqi muhit ta’siri ostida bo’ladi. Devorlar o’z xususiy og’irligini, tom va qavatlararo yopmalardan tushadigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni, shamol kuchi ta’sirini, asosning notekis cho’kishidan hosil bo’lgan deformatsiyalarni, zidzila kuchlari va boshqalarni qabul qiladi.
Binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari ichki va tashqi g’isht devorlar bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi devorlar hajmiy og’irligi 1800 kg/m3, markasi «M75» bo’lgan oddiy pishirilgan g’ishtdan, qalinligi 380 mm, ya’ni 1,5 g’isht qalinlikda teriladi. Ichki devorlar ham hajmiy og’irligi 1800 kg/m3, markasi «M75» bo’lgan oddiy pishirilgan g’ishtdan, qalinligi 380 mm, ya’ni 1,5 g’isht qalinlikda teriladi.
Qurilish rayoni 8 ballik seysmik hududga mansub bo’lganligi uchun g’isht terish jarayonida antiseysmik tadbirlar «Zilzilaviy hududlarda qurilish» QMQ asosida ta’minlanadi. Bu choralar bitiruv malakaviy ishining «Binolar zilzilabardoshligi bo’limida keltirilgan.
G’ishtin devorlar turlari
G’isht asosiy devor materiallaridan biri hisoblanib, hozirgi jamoat binolarining 40 foizi g’ishtlardan tiklanadi. g’ishtin binolarga me’moriy va badiiy ko’rinish berishda katta imkoniyatlar bor. g’isht devorlar pishirilgan va silikat g’ishtlardan bunyod qilinadi. Standart g’isht o’lchami 250x120x65 mm, qalinlashtirilgan g’isht o’lchami 250x120x88 mm ga teng bo’ladi. Bulardan tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo’lgan sopol g’ishtlar ham bo’lib, bunday g’ishtlar ichi kovak qilib tayyorlanadi.
- bir qatorli (zanjirli) bog’lash sistemasi bunda ko’ndalang yotqizib terilgan g’isht qatori bilan uzunasiga yotqizib terilgan g’isht qatorlari navbatlashib keladi.
CHoklarni bog’lashning bu sistemasi osonligi va devorning mustahkamligi yetarlicha bo’lishi bilan ajralib turadi, biroq bunda mehnat unumdorligi past bo’ladi;
- ko’p (olti) qatorli bog’lash sistemasi -bunda besh qator uzunasiga yotqizilgan qator ko’ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu sistema qo’llanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagiga nisbatan ancha yuqori bo’lsada, ammo devorning mustahkamligi 3-5% pasayadi. Balandligi 88 mm bo’lgan g’ishtlarni terishda to’rt qator uzunasiga yotqizilgan qator ko’ndalang bir qator bilan navbatlashadi;




-rasm. Yengillashtirilgan g’isht devorlar
a - shlak bilan to’ldirilgan; b - yengil beton bilan to’ldirilgan; v - termovkladishli
-


PARDEVORLAR

Pardevorlar armog’ishtdan iborat. Armog’isht pardevorlar oddiy pishirilgan g’ishtdan M25 markali qorishmada teriladi. Xar bir 5 qatordan 4 mm li Vr-1 klaasli armatura setkasi qo’yiladi. Pardevorlar xar ikkala tomonidan ohak-tsementli M50 markali qorishma bilan suvoq qilinadi.





Download 73.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling