Arxitektura, muhandislik va zamonaviy texnologiyalar jurnali


ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY


Download 421.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi421.61 Kb.
#1513769
1   2   3   4
ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALAR JURNALI

ISSN: 2181-3469 Jild:02 Nashr:04 2023yil 
20
qo‘shilib absorbsiyalanuvchi mahsulot tarkibidan turli xil komponentlar ajratishga mo‘ljallangan. 
Absorbsiya usulida gazni quritish texnologiyasi gaz tarkibidan namlikni yo‘qotish ham amalga 
oshiriladi. Absorbentlar tariqasida gazlarni quritishda shunday moddalar qo‘shilishi kerakki, u o‘ziga 
zanglashni kamaytiruvchi, kam qovushqoq, namligi katta, barqarorlashtiruvchi uglevodorodlar bilan 
qiyin aralashadigan tomonlarini jam qilishi kerak. Absorbentlar asosan glikol birikmalaridan etilenglikol 
(C2H6O2), dietilenglikol (C4H10O3), trietilenglikol (C6H4O4) ishlatiladi. Bular eng kichik qaynash 
haroratiga ega bo‘lib, ularni tiklash davrini kamaytiradi. Quritish davrida harorat pasayishi bilan 
glikollarning qovushqoqligi oshadi. Shuning uchun 283K dan pastga tushirmaslik kerak yoki ko‘pincha 
qovushqoqlikni kamaytirishda butil karbinol, benzin spirti qo‘shiladi.
Rejimda haroratni kolonnalarda DEG uchun 437K (164oC), TEG uchun 473K (200oC) ushlab turiladi. 
Hosil bo‘lgan gidratlarni yo‘qotish uchun ingibitorlar qo‘llaniladi. Bularga metanol CH3OH, suv bilan 
aralashtirilgan etilenglikol, dietilenglikol, trietilenglikol, kalsiy xlorning 30% li eritmasi va boshqalar 
kiradi. Bundan tashqari gidratlarni yo‘q qilish uchun gaz uzatkichdagi gazning bosimini pasaytirish 
mumkin. Gazlarni mexanik qo‘shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Bu 
separatorlar asosan gazni kompressor stansiyasigacha va gazni 58 taqsimlash stansiyasigacha kirish 
oldidan o‘rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib, ho‘l yoki quruq filtrlash prinsipi bilan ishlaydilar ( 
siklon yoki chang ushlagichlar). Yuqorida ko‘rsatilgan barcha qo‘shimchalardan tozalangan gaz 
hidlantiriladi. Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan C2H5SH ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni 
«barbotash» apparatida sodir etilib, 1000 m3 gazga 16 gr etilmerkaptan qo‘shiladi. Tozalangan gaz bosh 
inshootida joylashgan bosh kompressor yordamida magistral gaz quvuriga haydaladi. Jo‘natishga 
tayyorlangan gazning tarkibi davlat standarti talablariga javob berishi kerak (GOST 5140-83). 

Download 421.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling