Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
-keys Topshiriqlarni bajarilishiga
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
- Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2
- Indekslash. Katalog kartochkalarini indekslash. Indekslashni unifikatsiyalangan shakli Assisment 9
- 9-mavzu bo‘yicha testlar
8-keys
Topshiriqlarni bajarilishiga baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
8-10 ball – a’lo 6- 8 ball – yaxshi 4- 6 ball – qoniqarli 0 -4 ball – qoniqarsiz Kichik guruhlarda ishlash qoidasi Guruh kichik guruhlarga ajratiladi (masalan, 3-6 ta talabadan). Topshiriqlar guruh a’zolari tomonidan A 4 o‘lchamli qog‘ozlarda bajarilishi maqsadga muvofiq. Kichik guruxlarda ishlash qoidasi: 1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i zarur. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting. Har bir topshiriq uchun baholar ball ko‘rinishida mashg‘ulot davomida jadvalga qo‘yib boriladi va o‘qituvchi baholarni sharhlab boradi. Topshiriqlar bajarilganidan so‘ng, to‘plangan ballar jamlanadi va umumiy baho chiqariladi. Mazkur bahoga har bir guruh qatnashchisi loyiq bo‘lishi uchun mashg‘ulot davomida o‘qituvchi talabalarning teng faollikda ishlashlarini ta’minlashi zarur. Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2 Topshiriq № 3 Topshiriq № 4 9-MAVZUIndekslash. Katalog kartochkalarini indekslash. Indekslashni unifikatsiyalangan shakli Assisment 9
9-mavzu bo‘yicha testlar 1. Arxiv shifri nima? A. bu fond va jild raqami. B. bu arxiv nomi va ro’yxat raqami. C. bu jildni saqlash joyini shartli belgisi, arxiv nomi, fond raqami, ro’yxat raqami, ro’yxat bo‘yicha jild raqami. D. nomenklatura katalogi bo‘yicha jild raqami. 2. Hujjatlarni klassifikatsiyalashni kartochka usuli qachon ishlatiladi? A. arxiv fondi xajmi bo‘yicha katta bo‘lganda. B. arxiv fondi katta va murakkab bo‘lganda C. arxiv fondi kichik bo‘lganda. D. arxiv fondi xajm jixatidan katta va tarkibi murakkab bo‘lgandi. 3. Indekslar tizimini asosiy turlarini ko‘rsatib bering. A. harfli, raqamli, aralash. B. oddiy, murakkab. C. raqamli, aralash. D. harfli, o‘ntalik, raqamli. 4. Qaysi terminga qo‘yidagi izoh berilgan “bu indekslarni sxema bo‘yicha tanlash va ularni katalog kartochkalariga qo‘yish”. A. kataloglashtirish. B. indekslash. C. arxiv ro’yxatini tuzish. D. arxiv jildlarini klassifikatsiyalash. 5. Indekslar turlarini ko‘rsating. A. oddiy, tuzilgan, murakkab. B. murakkab, oddiy. C. oddiy, qo‘shma. D. raqamli, oddiy. 6. Universal o‘ntalik klassifikatsiya nima? A. ikkilangan hujjat klassifikatsiyasi. B. ish yuritish katalogi guvoxnomasi. C. universal o‘ntalik klassifikatsiyasi. D. aloxida hujjat kontingenti. 7. YATT atamasi arxiv ishida nimani anglatadi? A. hujjatlar uchun yagona kodlar sistemasini. B. hujjatni yagona kategoriyasi simvolini. C. hujjatlar kompleksi hisobini. D. hujjatli ma’lumotlarni yagona tizimlashtirilgan tizimini. 8. Arxiv ishida indekslash nimani anglatadi? A. bu indekslarni pochta konvertlariga qo‘yish. B. bu hujjatlarni maxsus belgilar yordamida ta’riflash. C. bu ta’riflangan hujjatlarni kartochkalarda tartibga solish. D. bu indekslarni tanlash va sxema asosida katalog kartochkalariga qo‘yish. 9. Indeks bu... A. shartli belgi, til elementi, raqam, harf va shartli belgilar. B. katalog kartochkalaridagi raqamlar. C. hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar. D. shifrlashni o‘ntalik sistemasi. 10. Qanday indekslarni tuzishda tarqatish belgili yotiq chiziq qo‘llaniladi? A. detallashtirishda bir xil tushunchalar shakllantiradigan kompleks tushunchalarni belgilaydigan seriyali indekslarni tuzish uchun. B. shu indekslar ostidagi tushunchalarni indekslash uchun. C. axoli guruxini aniqlovchilarni indekslarini ikki yoki uchta indekslarini mustahkamlash uchun. D. sohani maxsus va umumiy aniqlovchilarni birlashtirish uchun. 11. Bir xil indeksli kartochka guruxida navbatdagi sistemalashtirish o‘tkaziladi.... A. mavzular ostida. B. lavxa nomi alfavit bo‘yicha. C. lavxa va lavxa osti bo‘yicha D. ro’yxat raqami bo‘yicha. 12. Kartochkalarni sistemalashtirish indekslar va mos tartibda.... A. harflarni joylashishi tartibida. B. raqamlarni joylashishi tartibida. C. imlo belgilarini joylashishi tartibida. D. harf va raqamlar joylashishi tartibida. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling