Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
-keys Topshiriqlarni bajarilishiga
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
- Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2
- Arxiv materiallarini hisobini yuritish va butlash Assisment 6
- 6-mavzu bo‘yicha testlar
5-keys
Topshiriqlarni bajarilishiga baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
8-10 ball – a’lo 6- 8 ball – yaxshi 4- 6 ball – qoniqarli 0 -4 ball – qoniqarsiz Kichik guruhlarda ishlash qoidasi Guruh kichik guruhlarga ajratiladi (masalan, 3-6 ta talabadan). Topshiriqlar guruh a’zolari tomonidan A 4 o‘lchamli qog‘ozlarda bajarilishi maqsadga muvofiq. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi: Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i zarur. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting. Har bir topshiriq uchun baholar ball ko‘rinishida mashg‘ulot davomida jadvalga qo‘yib boriladi va o‘qituvchi baholarni sharhlab boradi. Topshiriqlar bajarilganidan so‘ng, to‘plangan ballar jamlanadi va umumiy baho chiqariladi. Mazkur bahoga har bir guruh qatnashchisi loyiq bo‘lishi uchun mashg‘ulot davomida o‘qituvchi talabalarning teng faollikda ishlashlarini ta’minlashi zarur. Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2 Topshiriq № 3 T opshiriq № 4 6-MAVZU Arxiv materiallarini hisobini yuritish va butlash Assisment 6
6-mavzu bo‘yicha testlar 1. Arxivlarni qaysi asosiy guruhlarga ajratish mumkin? A. tashkilot, tarmoq, shaxsiy. B. davlat, tashkilot, shaxsiy. C. davlat, tarmoq, maxsus. D. barcha javoblar to‘g‘ri. 2. Qo‘yidagi izoh qaysi terminda berilgan “bir-biri bilan mantiqiy va tarixiy aloqalar asosida bog‘langan hujjatlarni ilmiy asos (belgi) va komplektlarni tashkil qilish”. A. tizimlashtirish. B. turlarga ajratish C. ilmiy ishlab chiqish. D. ro`yxat tuzish. 3. Qaysi jarayonlarni birligi “arxiv ishida, hujjatlarni tashkil qilishni” bildiradi? A. ilmiy ishlash va ro`yxat tuzish. B. turlarga va tizimlarga ajratish. C. fond va tarixiy ma’lumotnoma tuzish. D. fondlash va ro`yxat tuzish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Arxiv fondida hujjatlar qaysi belgilar asosida tashkil qilinadi? A. mulkchilik shakliga va saqlash muddatiga ko‘ra. B. axborot tashuvchilar turiga ko‘ra. C. tegishlilik va axborot tashuvchilar turiga ko‘ra. D. to‘g‘ri javob A va V. 5. Axborot tashuvchilar turiga ko‘ra klassifikatsiyasi keltirilgan qatorni ko‘rsating. A. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondini arxiv fondlari va hujjatlarini davlatga tegishli qismi, mahalliy hokimiyat organlari boshqaruvidagi arxiv fondlari va hujjatlari. B. Qog‘oz axborot tashuvchilardagi yozma ma’lumotlar, magnit va elektron axborot tashuvchilar. C. Doimiy va vaqtinchalik saqlanayotgan arxiv fondlari va hujjatlari. D. To‘g‘ri javob yo‘q. 6. Tashkilotni arxiv fondini nima tashkil qiladi? A. Bitti tashkilot faoliyati natijasida shakllangan hujjatlar. B. Nodavlat tashkilotlar faoliyati natijasida shakllangan hujjatlar. C. Milliy arxiv fondida yig‘ilgan hujjatlar. D. Fond tashkil qiluvchilar hujjatlari. 7. Fondlash qaysi ish turlarini o‘z ichiga oladi? A. Fond hujjatlari sonini va saqlanish muddatlarini aniqlash. B. Arxiv fondi chegarasini va hujjatlarni fondiga tegishliligini aniqlash. C. Hujjatlarni qaysi fondga tegishliligini aniqlash. D. Fondlarni saqlanish muddatini aniqlash. 8. Birinchi bosqichda arxiv hujjatlarini tashkil qilish nimani anglatadi? A Bir fond doirasida hujjatlarni tashkil qilish. B Milliy arxiv fondlari doirasida hujjatlarni tashkil qilish. C Birlashgan arxivlar doirasida hujjatlarni tashkil qilish. D Barcha javoblar to‘g‘ri. 9. Uchinchi bosqichda hujjatlarni tashkil qilish nimani anglatadi? A. Milliy Arxiv fondi doirasida hujjatlarni tashkil qilish. B. bir fond doirasida hujjatlarni tashkil qilish. C. bir arxiv doirasida hujjatlarni tashkil qilish. D. birlashgan fond tashkil qiluvchilar doirasida hujjatlarni tashkil qilish. 10. Bu ta’rif qaysi terminga berilgan-“ilmiy, siyosiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, kelib chiqish, yaratilishi vaqtidan qat’iy nazar milliy meros hisoblangan hujjatlar yig‘indisi”. A. davlat arxivi. B. tashkilot arxivi. C. shaxsiy arxiv. D. milliy arxivlar fondi. 11. Milliy Arxiv fondini nima shakllantiradi? A. mamlakatdagi barcha arxiv hujjatlari. B. davlat arxivlarining arxiv hujjatlari. C. tashkilot va shaxsiy arxiv hujjatlari. D davlat va tashkilot arxivlari hujjatlari. 12. Qaysi terminga qo‘yidagi izoh berilgan –“bu hujjatlar kompleksini hujjatlar tasniflanishi asosida tartibga solish va tashkil qilish”. A. tasniflashtirish B. tizimlashtirish C. taqsimlash D. fondlash 13. Mamlakatimizda hujjatlarni tashkil qilish qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi? A. Milliy Arxiv fondi va arxivlar doirasida. B. Milliy Arxiv fondi, muayyan fond doirasida. C. arxiv va arxivdagi muayyan fond doirasida. D. Milliy Arxiv fondi va arxivdagi muayyan fond doirasida. 14. Fondlash nima? A. Milliy Arxiv doirasida hujjatlarni tashkil qilish. B. arxiv fondi doirasida hujjatlarni tashkil qilish. C. hujjatlarni turlarga ajratish. D. hujjatlarni tizimlashtirish. 15. Ikkinchi bosqichda arxiv hujjatlarini tashkil qilish nimani anglatadi? A. hujjatlarni Milliy Arxiv fondi doirasida tashkil qilish. B. bitta fond doirasida hujjatlarni tashkil qilish. C. bitta arxiv doirasida hujjatlarni tashkil qilish. D. barcha javoblar to‘g‘ri. 16. Hujjatlarni fondlarga tegishliligini aniqlash nimani anglatadi? A. arxiv fondiga hujjatni kelganligini eng so‘ngi sanasini aniqlash. B. fond tashkil qiluvchini hujjatlarini turlarga ajratish va hujjatlarni tizimlashtirish. C. hujjatlarni aniqlangan belgilari asosida biror bir fondga tegishliligini aniqlash. D. arxivdagi fondlar hujjatlarini ro`yxatini tuzish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling