Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
-keys Topshiriqlarni bajarilishiga
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
- Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2
- 8-mavzu bo‘yicha testlar
7-keys
Topshiriqlarni bajarilishiga baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
8-10 ball – a’lo 6- 8 ball – yaxshi 4- 6 ball – qoniqarli 0 -4 ball – qoniqarsiz Kichik guruhlarda ishlash qoidasi Guruh kichik guruhlarga ajratiladi (masalan, 3-6 ta talabadan). Topshiriqlar guruh a’zolari tomonidan A 4 o‘lchamli qog‘ozlarda bajarilishi maqsadga muvofiq. Kichik guruxlarda ishlash qoidasi: 1.Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i zarur. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting. Har bir topshiriq uchun baholar ball ko‘rinishida mashg‘ulot davomida jadvalga qo‘yib boriladi va o‘qituvchi baholarni sharhlab boradi. Topshiriqlar bajarilganidan so‘ng, to‘plangan ballar jamlanadi va umumiy baho chiqariladi. Mazkur bahoga har bir guruh qatnashchisi loyiq bo‘lishi uchun mashg‘ulot davomida o‘qituvchi talabalarning teng faollikda ishlashlarini ta’minlashi zarur. Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2 Topshiriq № 3 Topshiriq № 4 8-MAVZU Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi Assisment 8
8-mavzu bo‘yicha testlar 1. Arxiv hujjatlarini nashr qilish deganda nimani tushunasiz? A. hujjat matnini uzatish va tanlash. B. hujjatlarni nashrga tayyorlashdagi ishlarni yig‘indisi. C. hujjatlarni aniqlash va saralash. D. matnni tanlash va nashrga tayyorlash. 2. Arxiv ishida qanday ko‘rgazmalar bo‘ladi? A. doimiy, vaqtinchalik, ko‘chma, arxivlararo, hududlararo, Respublika, xalqaro. B. arxivlararo, hududlararo, Respublika, xalqaro. C. doimiy, arxivlararo, tarmoqlarro, mavsumiy, vaqtinchalik. D. vaqtinchalik, doimiy, mavzuli, umumiy, maxsus. 3. Agar hujjat davlat tashkilotini yoki muassasasini tashkiloti arxivida saqlansa, undan foydalanish tartibi qanday aniqlanadi? A. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivini ruxsati bilan. B. “O‘zarxiv” bilan kelishilgan holda. C. DXX, IIV, sud, prokuratura organlari bilan kelishilgan xolda. D. Milliy Arxiv fondi bilan kelishilgan holda. 4. Davlat arxiviga davlat siriga ega bo‘lgan hujjatlar qanday topshiriladi? A. maxfiylikdan olinib. B. qisqa. C. maxfiylashtirilgan holda. D. to‘la. 5. Hujjatlarni nashrga tayyorlash ishlarini yig‘indisi bu -... A. korpus. B. hujjatlarni nashr qilish jarayoni. C. ilmiy maqola. D. nashrdan chiqarish. 6. Hujjatlarni uncha katta bo‘lmagan qisqa muddatli ko‘rgazmasini tayyorlash uchun necha kunni o‘z ichiga oladi? A. 20 kungacha. B. 30 kungacha. C. 10 kungacha. D. 5 kungacha. 7. Harbiy, tashqi siyosat, razvedka, kontrrazvedka sohasidagi davlat himoya qiladigan ma’lumotlarni qaysi qatorda keltirilgan? A. davlat siri. B. statistik ma’lumotlar. C. arxiv ma’lumotlari. D. mamlakat byudjeti. 8. Maxfiy hujjatlar qaysi o‘nta guruxga bo‘linadi? A. o‘ta muhim, mutlaqo maxfiy, maxfiy. B. qimmatli, o‘ta muhim, o‘ta shaxsiy. C. o‘ta muhim, o‘ta maxfiy, mutlaqo maxfiy. D. muhim, maxfiy, o‘ta qimmatli. 9. Insonlarni yoki tashkilot faoliyati natijasida vujudga keladigan savollarga javob berish, ma’lumotlar olishni ob’ektiv zaruriyati bu -... A. murojaatlar soni. B. hujjatlardan foydalanish intensivligi. C. axborot zaruriyati. D. marketing. 10. Arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi nima bilan o‘lchanadi? A. yil va kun bilan. B. oy va kun bilan. C. xronologik ko‘rsatkichlar va statistikada. D. miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarida. 11. Maxfiy hisoblangan ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati necha yil? A. 30 yil. B. 5 yil. C. 75 yil. D. 10 yil. 12. Davlat va davlat tomonidan himoya qilinadigan sirlarni saqlovchi hujjatlarni maxfiylashtirish muddati qancha? A. uni tashkil qilgandan 75 yil. B. uni tashkil qilgandan 30 yil. C. 25 yil D. 10 yil. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling