Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
-keys Topshiriqlarni bajarilishiga
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
- Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2
- Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi Assisment 5
- 5-mavzu bo‘yicha testlar
4-keys
Topshiriqlarni bajarilishiga baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
8-10 ball – a’lo 6- 8 ball – yaxshi 4- 6 ball – qoniqarli 0 -4 ball – qoniqarsiz Kichik guruhlarda ishlash qoidasi Guruh kichik guruhlarga ajratiladi (masalan, 3-6 ta talabadan). Topshiriqlar guruh a’zolari tomonidan A 4 o‘lchamli qog‘ozlarda bajarilishi maqsadga muvofiq. Kichik guruxlarda ishlash qoidasi: Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i zarur. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting. Har bir topshiriq uchun baholar ball ko‘rinishida mashg‘ulot davomida jadvalga qo‘yib boriladi va o‘qituvchi baholarni sharhlab boradi. Topshiriqlar bajarilganidan so‘ng, to‘plangan ballar jamlanadi va umumiy baho chiqariladi. Mazkur bahoga har bir guruh qatnashchisi loyiq bo‘lishi uchun mashg‘ulot davomida o‘qituvchi talabalarning teng faollikda ishlashlarini ta’minlashi zarur. Mavzu bo‘yicha keys topshiriqlari Topshiriq №1 Topshiriq № 2 Topshiriq № 3 T opshiriq № 4 5-MAVZU Arxiv hujjatlarini saqlash uchun saralash. Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi Assisment 5
5-mavzu bo‘yicha testlar 1. Hujjatlarni depozitar saqlash nima? A. shartnoma asosida muayyan muddatda hujjatlarni saqlash. B. hujjatlarni vaqtinchalik saqlash. C. hujjatlarni doimiy saqlash. D. hujjatlarni mustaqil ravishda saqlash. 2. Davlat arxivlari qanday moliyalashtiriladi? A. Xalqaro banklar tomonidan. B. xo‘jalik ishlari hisobidan. C. homiylar tomonidan D. Davlat byudjeti tomonidan. 3. Arxiv huquqi manbai nima? A. O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishiga tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar. B. faqat arxiv ishiga tegishli hujjatlar. C. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari. D. Arxivlar to‘g‘risidagi qonun 4. Aktiv butlash tamoyili nimani bildiradi? A. Arxivlarni komplektlash manbalarini aniqlash. B. hujjatlarni saqlashni muhimligini fuqarolarga tushuntirish. C. shaxsiy fondlar tarkibini kengaytirish. D. hujjatlarni qiymatini aniqlash. 5. Qaysi hujjatlar doimiy saqlanadi? A. Davlat arxivi fondlari hujjatlari. B. Milliy Arxiv fondi tarkibiga kiritilgan hujjatlar. C. Nodavlat arxivi fondlari hujjatlari. D. Vazirliklar fondlari hujjatlari. 6. Qaysi hujjatlar turiga sug‘urta nusxalari tayyorlanadi? A. kamyob va qimmatli hujjatlarga B. kashfiyotlarga C. maxfiy hujjatlarga D. mashxur kishilar hujjatlariga. 7. Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi-bu? A. Hujjatlarni qiymatini aniqlash. B. Hujjatlarni doimiy saqlashga qabul qilish. C. Hujjatlardan foydalanishni tashkil qilish. D. Hujjat materiallarini nashr qilish. 8. Arxiv nusxasi nima? A. Arxiv hujjatlarini miqdoriy ko‘rsatkichlari. B. yozma hujjatni suratga olingan yoki ko`chirilgan nusxasi. C. arxiv hujjati turi. D. arxiv hujjatining asli. 9. Uzoq vaqt saqlash uchun topshirilgan hujjat qancha saqlanadi? A. 50 yil. B. 100 yil. C. 75 yil. D. 90 yil. 10. Ro‘yxat qanday ikki qismdan tashkil topgan? A. Kirish va asosiy qismdan. B. Asosiy qism va so‘rovnoma apparatidan. C. Kirish va tarixiy ma’lumotnomalardan. D. Hujjatlar ro`yxati va xulosadan. 11. Quyidagi ta’rifni to’ldiring “… – bu ilmiy asoslangan ma’lumotlar tizimi bo‘lib, ular asosida hujjatlar qiymati aniqlanadi”. A Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi. B Hujjatlar qiymati mezonlari. C Hujjatlar ro`yxati. D Ekspert nazorat komissiyasiga talablar. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling