Ashel davri madaniyati reja: Ashel davri tabiiy-geografik sharoiti. Ashel davri xronologiyasi


Download 390.15 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi390.15 Kb.
#1289597
Bog'liq
Ashel davri madaniyati


Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti SHST manbashunos fors-ingiliz guruhi 1-bosqich talabasi Mamaziyayev Ulug'bekning Arxeologiya fanidan mustaqil ish taqdimoti

Ashel davri madaniyati


Ashel davri. Bu bosqichda yer yuzida ikkita muzlik oralig’i va ikki muzliklar hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Olduvay davrining oxirlarida Еvrosiyoga, ya'ni Sharqiy O'rta yer dengizi hududlarigacha tarqalgan ibtidoiy kishilar guruhining shimoliy-g’arbga tomon tarqala borishi Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bug’ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o'tib Еvropaning sharqiy va janubiy hududlari bo'ylab tarqala boshlaydi.
ᴊB
ᴊB
Afrikaning shimoli-g’arbiy qismi bo'ylab siljigan boshqa bir to'lqini ilk ashel davridan Dardanel bug’ozi orqali Priney yarim oroliga o'tib, Еvropaning janubiy hududlarini egallaydi va shimoliga tomon kengayib boradi. Bu davrda Еvropa, ayniqsa uning janubiy hududlarida issiq iqlim sharoiti hukron bo'lib, unga xos villafrank faunasiga xos issiq iqlim sharoitiga mos hayvonot dunyosi keng tarqalgan. Ilk ashel davriga oid arxeologik yodgorliklar Ispaniya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlarning hududlarida ko'plab uchraydi.
ᴊB
Title
ᴊB
Ashel davri xronologiyasi. Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo’lgan. Ya’ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog’liq bo’lgan.
So’nggi ashelda tabiat keskin o’zgara boshlaydi. O’simliklar, hayvonot dunyosi, iqlimning o’zgarishi ibtidoiy odam xo’jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning o’zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik – odamning paydo bo’lishi davri bo’lgan kaynozoy erasining to’rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo’tadil iqlim mintaqalarida o’rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg’ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan.
ᴊB
ᴊB
Ashel madaniyati - quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amyen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va b. joylarda uchraydi.
ᴊB
Levallua texnikasi. Bu paytda Olduvay bosqichida ma'lum bo'lgan tosh qurollari turi ko'payib, ularning ishlanish usuli takomillashadi, ayniqsa, qo’l cho’qmori yanada mukammallashadi. Ashel davrining o'rtalaridan boshlab tosh qurollariga zamonaviy arxeologiya fan tilida levallua (Parij yaqinidagi Levallua-Perre nomidan olingan) texnikasi, deb ataladigan usulda ishlov berish an'anasi vujudga keladi. Toshga ishlov berishning bunday chaqmoqtoshli toshning atrofidagi tabiiy qobig’i urib uchirib olingandan so'ng hosil bo'lgan gardishsimon (toshbaqa po'stiga o’xshash) shaklli nukleusdan ko'chirib olinadigan tosh bo'laklari va ularning mehnat quroli sifatida ishlanish usuliga nisbatan levallua texnikasi, deb ataladi. Levallua texnikasi must’e davrida rivojlanadi va ayrim janubiy o'lkalarda so'nggi paleolit davrida ham saqlanib qoladi. Bunday nukleuslarning konturi ilgarigiga nisbatan to’g’ri va tekis bo'lib, undan tomonlari to’g’ri va nisbatan yupqa tosh bo'laklari uchirib olish imkoniyati oshadi.
ᴊB
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!
ᴊB
Download 390.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling