Askarning hujumdagi harakati
Download 1.91 Mb.
|
1 2
Bog'liqАскарни хужумдаги харакатлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- CHQBT fani raxbari ___________________________ SHOXOBAEV.O.S
62-rasm. Joyda turib granata uloqtirish usuli: a, b, d, e — harakatlar ketma-ketligi.
biroz ko‘tarilib, granatani yelka uzra oshirib, harakat so‘ngida chap oyoq tomonga keskin bukilib, uloqtiriladi. Granatani yotgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: yotgan holda o‘t ochish holati qabul qilinadi; qurol yerga yotqizilib, granata o‘ng qo‘lga olinadi; chap qo‘l bilan saqlovchi tortqi sug‘urib olinib, yerga qo‘llar bilan tiraladi va undan itarilib, tizzalarga turiladi; o‘ng oyoqni biroz ortga tashlab, chap tizzaga, uni joyidan qo‘zg‘atmay turiladi va shu paytning o‘zida quloch yoyiladi; o‘ng oyoqni to‘g‘rilab, ko‘krakni nishon tomon burib, oldinga yiqila borib, granata uloqtiriladi; q urolni olib, o‘t ochishga hozirlik ko‘riladi. sh uchun quyidagi amallar bajariladi: granatani yarim bukilgan o‘ng qo‘lda, qurol esa chap qo‘lda tutilib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi; chap oyoq tashlanganda, qo‘l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi; navbatdagi qadam tashlanganda (o‘ng oyoq bilan), qo‘l yoy bo‘yicha pastga ortga harakat qilish davom etadi va ayni paytda tana o‘ngga buriladi; uchinchi qadamda, chap oyoqni nishon yo‘nalishi tomon uchiga qo‘yib, o‘ng tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‘xtatiladi; harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq, tana va qo‘l kuchini mujassamlashtirgan holda granata yelka uzra oshirib uloqtiriladi. G ranatani avtomobildan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: o‘rindiqda o‘tirgan yoki ikki oyoqqa turib, yoxud chap oyoqning tizzasini o‘rindiqqa qo‘ygan holat qabul qilinadi; granatani o‘ng qo‘lga, qurolni chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi; qurol tutgan chap qo‘l bilan avtomobil borti ushlab turiladi va tanani ortga, ayni paytda o‘ngga burib, granata bilan quloch ochiladi; granatani yelka uzra olib o‘tib, oldinga keskin egilib, uloqtiriladi va bort ortiga bekiniladi. Agar avtomobil tuynukka ega bo‘lsa, granatani uloqtirishdan oldin tuynuk- ning qopqog‘ini ochish, uloqtirgach esa, yopilishi lozim. Granatani tank (o‘ziyurar artilleriya qurilmasi)dan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: o‘qlovchi hozirlangan granatani o‘ng qo‘lga olib, nishon tomonga buriladi va saqlovchi tortqini sug‘uradi; tuynuk qopqog‘ini turtib, uning dastasidan tutib turadi; t uynuk qopqog‘ini ochib, granatani tuynuk orqali uloqtiradi va tuynuk qopqog‘ini zudlik bilan yopib, qulflaydi. Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi: qurol okop yoki transheya qirg‘og‘iga yotqiziladi; granatani o‘ng qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi; o‘ng oyoqni imkon qadar ortga tortib, bel va oyoqlar biroz bukiladi va granata ushlagan o‘ng qo‘l oxirigacha yuqoriga, ortga tortiladi; chap qo‘lga tiralgan holda keskin to‘g‘rilanib, granata uloqtiriladi va transheya (okop) ichiga yashirilinadi. Dushmanning okop, transheya yoki ochiq joyda mavjud bo‘lgan jonli kuchini yakson qilish uchun granatani gorizontga nisbatan 35°—45° burchak ostida, nishon ustiga tik tushirib, imkon qadar sakratmasdan uloqtirish zarur. Granatani binoning deraza va eshiklariga uloqtirish mobaynida ularga aniq tegishi talab etiladi, shuning uchun granata trayektoriyasi nishonga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Granatalarni deraza va eshiklarga aniq tegishiga muntazam va davomli mashqlar bilan erishiladi. Granata uloqtirayotgan shaxs granatani uloqtirgach yashirinishi lozim, aks holda nishonga tegmay portlagan granata parchalari bilan o‘zi yaralanishi mumkin. Agar granata uloqtirilmagan va zapalidan saqlovchi tortqi sug‘urilmagan bo‘lsa, u komandirning kuzatuvi ostida o‘qsizlantiriladi. «Granata o‘qsizlantirilsin» komandasiga ko‘ra, zapal burab chiqariladi, lattaga (qog‘ozga) o‘raladi va granatalar qopchig‘iga joylashtiriladi; korpus trubkasiga tiqin burab joylashtiriladi va granata o‘z sumkasiga solinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Askarning hujumdagi harakati tugrisida aytibbering? 2.Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish tugrisida aytibbering?. 3.Suv to‘siqlaridan o‘tishi tugrisida aytibbering?. 4. Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. 5.Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish tugrisida aytibbering? CHQBT fani raxbari___________________________ SHOXOBAEV.O.S Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling