Асосий касалликнинг баёии
OITS da teri va shilliq qavatlarning zararlanishi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
OITS da teri va shilliq qavatlarning zararlanishi
ITV kasalligida terining zararlanishi atroflicha o’rganilmagan. Wagneg L. S. va Fisher V. K. (1988.), Yu. A. Ashmarin (1988 y.) teridagi o’zgarishlarni quyidagicha ta’riflaydi: 1. Terining o’smalardan zararlanishi. ITV kasalligiga duchor bo’lgan bemorlarda, ayniqsa uning oxirgi davrlarida turli-tuman o’smalar paydo bo’lad (Kaposhi sarkomasi. limfomalar, kartsionomalar, Berkie o’smasi va boshqalar). Bu o’smalar son jihatdan turli-tuman bo’lib, ularning turlari kasallikning og’ir-engilligini belgilaydi. Ular orasida Kaposhi sarkomasi alohida o’rin tutadi. Ma’lumki, yoshi keksaygan, organizm ning immunologik quvvati pasaygan kishilarda Kaposhi sarkomasi uchrab turadi. Biroq ITV kasalligiga uchragan bemorlarda mazkur dardning o’ziga xos kechishi ma’lum bo’ldi: a) yoshlarda, hali 30-35 ga kirmagan kishilarda kuzatiladi; b) tananing barcha joylarida kuzatilib, ko’pincha qo’l-oyoq, jinsiy a’zolar va ichki organlarni zararlaydi; v) tugunlar soni ko’p bo’lib, ular qattiq, tezda yaraga aylanadi. O’smalar og’iz bo’shlig’ida, qorin bo’shlig’ida uchrashi mumkin, g) og’ir kechadi, nur bilan davolash bemorning ahvolini og’irlashtiradi; d) juda tez metastaz beradi, ko’pincha limfa tugunlari va ichki a’zolarga metastaz beradi; e) bolalarda, hatto go’daklarda ko’p uchraydi, tezda o’limga olib keladi. 2. Terining yuqumli kasalliklari: a) terining virusli kasalliklari: oddiy uchuq, belbog’simon uchuq, so’gallar, shilliq qavatlardagi o’smachalar, virusli gush; b) terining yiringli kasalliklari: follikulit, chipqon, streptodermiya, surunkali piodermiyalar, oqma yara, husnbuzar va hokazo; a) terining zamburug’li kasalliklari: kandidozlar, spergillez, kriptokokkoz, toksoplazmoz va hokazolar. 3. Terining nospetsifik kasalliklari: a) silashdan paydo bo’lgan gush; b) terining qichishishi; v) atopik dermatit; g) eshakem; d) qichima Kasallikning erta davrlarida terining turli sohalarida toshmalar paydo bo’ladi. Mazkur toshmalar betoblik belgilari bilan kechadi, ya’ni holsizlik, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, suyaklarning qaqshashi, tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Ba’zan qaltiroq tutib, bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi va u yotib qoladi. Yuqorida sanab o’tilgan belgilar qizamiq, ich terlama, qizilcha, toshmali terlama kabi kasalliklarni eslatadi. Kasallikning 2-3- haftasida toshmalar (rozeola) kattalashib, eritemaga (yallig’langan dog’larga) aylanadi. Bunda ularning hajmi bir tiyinlik chaqaday va undan ham katta bo’lib, o’sha sohalardagi teri qichishadi, qiziydi. Bu dog’lar ko’pincha yuz terisida, so’ngra tana sathida joylashgan bo’ladi. Kasallikning rivojlanish jarayonida dermatit - terining o’tkir yallig’lanishi gushga aylanishi mumkin. Klinikasi. ITV kasalligining o’ziga xos aniq spetsifik belgilari yo’q. Kasallik ko’pincha bosqichma-bosqich o’tadi. Bunda kasallikning qo’zish va susayish davrlari navbatma-navbat almashib, bemorning ahvoli og’irlashib boradi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining taklifiga binoan kasallikning 5 bosqichini tafovut etish qabul qilingan. 1-bosqichi. Dastlabki bosqich - bu bosqichda yuqumli mononukleozning belgilari namoyon bo’ladi. O’rta hisobda 3-14 kun davom etib, so’ngra barcha belgilar yo’qolib ketadi. Terida asosan och pushti rangli dog’lar kuzatiladi. Ular aylana va oval shaklida, kattaligi tariqdek keladi. 2-bosqichi. Belgisiz bosqich - bunda kasallikka xos biror belgi kuzatilmaydi. Bu bosqich faqat laboratoriya usuli bilan aniqlanadi. Mazkur bosqich 5 oydan 5-6 yilgacha davom etishi mumkin. 3-bosqichi. Tarqalgan limfadenopatiya bosqichi - bunda bir necha limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Agar kamida ikki guruh limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilsa, bu simptom OITSga aloqador deb hisoblanadi. Bunda kattalashgan limfa tugunlari belning yuqori sohasida joylashgan bo’lishi lozim. 4-bosqichi. OITSga aloqador belgilar yig’indisi. Holsizlik, terlash, qaltirash, yo’tal, mushak va bo’g’imlarning og’rishi, oriqlab ketish, ich ketishi, turli-tuman infektsion kasalliklar, o’smalar va ichki a’zolarda kuzatiladigan o’zgarishlar yig’indisi bemor ahvolini og’irlashtiradi. Teri va shilliq qavatlarda turli-tuman: dog’cha, tuguncha, tugun, qavarchiq va hokazolar kuzatiladi. U yoki bu turdagi dermatozlar (ekzema, eshakem), kandidoz, oddiy uchuq, kamarsimon uchuq, shunga o’xshagan boshqa dermatozlar shakllanadi. 5-bosqichi. Orttirilgan immunitet tanqisligi bosqichi - bunda barcha immunologik ko’rsatkichlar keskin pasayib ketadi. Bu davrdan avval paydo bo’lgan simptomlar zo’rayib, bemorni holdan toydiradi. OITS bosqichida uning 4 turi farqlanadi: a) o’pka turi; b) nevrologik tur; v) oshqozon-ichak turi; g) isitma bilan o’tadigan turi; OITSda kuzatiladigan turli simptomlar biror turdagi belgilarning rivojlanishi, shuningdek bir vaqtning o’zida bir necha turdagi o’zgarishlarning ―chuqurlashishi‖ hayotiy muhim a’zolarning ishdan chiqishiga olib keladi. Organizm immunologik qobiliyatining keskin pasayishi, jumladan, T- limfotsitlar sonining 1000 - 100 tagacha tushishi uni rivojlanayotgan turli xil patologik jarayonlarga qarshi kurasha olmaydigan qilib qo’yadi Bu hol bemorlarning o’limiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, OITS bosqichi VICh (ITV) kasalligining oxirgi bosqichi bo’lib, bu bemor taqdirini hal qiladi. Teri va shilliq qavatlaridagi yuqorida sanab o’tilgan o’zgarishlar zo’rayib, bemor terisiga o’ziga xos tus beradi. Ayniqsa Kaposhi sarkomasi va boshqa o’smalarning yomon sifatli (xavfli) kechishi metastazlar sonining oshishiga olib keladi. Kasallikning aniq tabiatini aniqlashda ularni teri va yuqumli kasalliklardan farqlashda laboratoriya tekshiruv usullari yordam beradi. Immunologik analizlardan limfotsitlar turlarini sanash va taqqoslash usuli g’oyat amaliy ahamiyatga ega. Bunda yordamchi limfotsitlar - xelperlar soni kamayib ketadi, biroq limfotsitlarning umumiy soni kamaymagan bo’lishi mumkin. Limfotsitlar umumiy sonining kamayishi (limfotsitopeniya) kasallikning keyingi davrlarida kuzatiladi. Bunda limfotsitlarning 1 ml qondagi soni 500 tagacha tushishi mumkin (sog’lom kishilarda 1200-1700 dona]. Ma’lumki, normada xelperlarning supressorlarga nisbati - 1,5:1,8 ga tengdir, VICh kasalligida bu raqam 1 dan pastga tushib ketadi.Sog’lom geteroseksualistlarda Tx/Ts-1.75, sog’lom gomoseksualistlarda esa Tx/Ts-1,2 -(Sthe1 et a1., 1982). Surunkali har xil teri kasalliklari (gush, gulafshon, qichima, eshakem va hokazolar) bo’lgan bemorlar VICh kasalligiga chalinsa, ularning eski teri kasalliklari qo’ziydi. Buning ustiga-ustak yangi shakllangan toshmalar diagnostikani murakkablashtiradi. Biroq kasallik tarixini mukammal o’rganish, OITS ga tegishli belgilarni topish va diagnostika maqsadlarida foydalanish, shuningdek immunobiologik va virusologik laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish kasallikning aniq tabiatini aniqlashga yordam beradi. Ommaviy tekshiruvlarda keng qo’llaniladigan IFA usuli - immunoferment analiz deb ataladi. Mazkur usul ancha sezuvchan bo’lib, hatto 1 ml qon tarkibida bir molekula qarshi tanacha bo’lgan taqdirda ham uning borligini sezadi. Biroq, immunoferment usuli OITS ga chalingan bemorlarning 82% ida ijobiy, 16% ida esa taxminiy natijalar beradi va 2% ida BICh kasalligi borligini aniqlay olmaydi (manfiy natijalar beradi). Immunoferment usulidan afzalrog’i immunobloting usuli deyiladi. Immuiobloting usuli IFA musbat natijalar bergan shaxslargagina qo’yiladi, chunki uni ommaviy tekshiruvlarda qo’llash qimmatga tushadi. Retroviruslarga nisbatan hosil bo’ladigan qarshi tanachalar kasallik yuqqandan so’ng 6-8 hafta o’tgach qonda paydo bo’ladi. Shuningdek, VICh ga qarshi tanachalarning hosil bo’lishi 3-6 oygacha cho’zilishi mumkin. Shu sababli tekshirilayotgan shaxsda IFA usuli manfiy natijalar bersa, kasallik yuqmagan degan xulosaga kelish xato hisoblanadi, ya’ni bu holda qarshi tanachalar etarli miqdorda hosil bo’lib ulgurmagan bo’lishi mumkin. Shu-ning uchun IFA usulini 2 marta qo’llash lozim. Hozirgi paytda faol ish olib borayotgan barcha OITS laboratoriyalari aholi orasida VICh kasalligini aniqlash maqsadida IFA usulini keng qo’llamoqda. Ayniqsa, zaxmga duchor bo’lgan homilador ayollar, qon beruvchi donorlar, giyohvandlar, silga uchragan bemorlar, tanosil kasalligiga duchor bo’lganlar va alohida ijtimoiy tabaqaga kiruvchi shaxslar VICh kasalligiga sinchkovlik bilan tek-shirilishi lozim. Sog’liqni saqlash vazirligining maxsus ko’rsatmasiga muvofiq, yuqorida sanab o’tilgan shaxslar V gepatitini qo’zg’atuvchi virusga (NVSAg) ham tekshirilishi lozim. 3. Mashg’ulotning maqsadi. Talabalar kasallikning sabablari, rivojlanish jarayoni, jumladan retroviruslar to’g’risida tushunchaga ega bo’lishlari, OITS-ga ko’proq chalinadigan aholi tabaqalarini, ya’ni «moyil bo’lgan guruhlar»ni birma-bir sanab berishlari va mazkur tabaqalarga ta’rif berib, ularning mohiyatini tushuntirishlari lozim. Shuningdek kasallikning yuqish yo’llari va OITS retroviruslari qanday biologik suyuqliklarda mavjud bo’lishi mumkinligini bilishlari lozim. Bundan tashqari, mazkur kasallikda teri va shilliq qavatlarning zararlanishini, ya’ni dermatologik belgilarni mukammal egallashlari, kasallikning klinik bosqichlari, kechishi va laboratoriya diagnostikasini puxta bilishlari lozim. 4. Uyga vazifa: a) OITS retroviruslariga ta’rif bering; b) retroviruslar qanday to’qimalar va biologik suyuqliklarda topilgan; v) kasallikning yuqish yo’llarini tushuntiring; g) OITS ga moyilligi bo’lgan guruhlarni sanab bering; d) teri va shilliq qavatlarda kuzatiladigan qanday belgilarni OITSga xos deb hisoblash mumkin? e) kasallikning kechishida tafovut etiladigan bosqichlarni sanab, ularni ta’riflang; yo) ommaviy tekshiruvlarda qo’llaniladigan laboratoriya usullarini so’zlab bering. ADABIYoTLAR «Venericheskie bolezni» (O. K. Shaposhnikov tahriri ostida), M., 1991, 486-506-betlar. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling