Асосий касалликнинг баёии
Qisqacha tarixiy ma’lumot
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning sabablari.
Qisqacha tarixiy ma’lumot. Kasallikka orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (Asquired
immunodeficincy sindrome) degan nom 1982 yilda berilgan. O’sha davrda uni besoqolbozlar (gomoseksualistlar) kasalligi deb hisoblanar edi. Tez orada bu kasallikning giyoxvandlarda shuningdek gemofiliyaga duchor bo’lgan bemorlarda ko’p uchragani ma’lum bo’ldi. Keyinchalik kasallikning bemor onalardan bolalarga yo’ldosh orqali o’tishi aniqlandi. Yig’ilgan ma’lumotlarning barchasi mazkur dardning o’z qo’zg’atuvchisi bo’lishi kerak, deb taxmin qilishga asos bo’ldi. Ko’pgina mamlakatlarda OITSning kelib chiqish sabablarini aniqlashga kirishildi. Jumladan, Amerikada Robert Gallo, Frantsiyada Lyuk Montan’e rahbarligida olib borilgan ilmiy-tadqiqot va kuzatishlar kutilgan samaralarni berdi. Ularning 1982-1984 yillarda o’tkazgan kuzatuvlarida OITS ning virus kasalligi ekanligi aniqlandi, kasallikni retroviruslar qo’zg’atishi isbotlandi. Yangi kashf etilgan viruslarga HTLV-1, HTLV-II, HTLV-III (Numan T- lumrnotgoris virus) va LAV (Lumphadenopathy associated virus) deb berilgan nomlar umumlashtirildi. Nihoyat, 1986 yilda OITSni qo’zgatuvchi virusga HIV (human immunodeficincy virus) degan nom berildi. Biz uni immunitet tanqisligi keltirib chiqaradigan virus deb tarjima qildik, Shuningdek tibbiy adabiyotda qulaylik yaratish maqsadida qisqacha qilib ITV (immunitet tanqisligi virusi) deb atadik. Kasallikning sabablari. Hozirgi paytda immunitet tanqisligi virusining kamida 2 xil irsiy turlari HIV-I, HIV-II borligi aniqlandi. ITV bakteritsid eritmalar ta’sirida tez nobud bo’ladi. Ayniqsa formaldegidning 0,5% eritmasi, lizolning 0,5%, xloramin, efir, atsetonlarning 3%, natriy gipoxloridning 0,2% eritmalarida va 70% spirtda tez yuqumsizlanadi. ITV ning yuqumlilik xususiyati homiladorlikka qarshi maxsus modda - spermintsid ta’sirida yo’qoladi. Spermintsid jumladan ITVning teskari transkriptaza ferment aktivligini ham susaytiradi. Turli- tuman buyumlar tarkibidagi ITV ni yuqori harorat (57° dan yuqori) ham butunlay nobud qiladi. Ammo retrovirus quritilgan holda 22°S da 4-6 kun mobaynida o’zining yuqumlilik darajasini saqlab qolishi mumkin. Shuningdek OITS qo’zg’atuvchilari radioaktiv nurlanishlar va ultrabinafsha nurlariga birmuncha chidamli. ITV bemorlarning biologik to’qimalari va suyuqliklari tarkibida ko’p miqdorda topilgan. Ayniqsa qon tarkibidagi viruslar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Qon kasallik manbaigina emas, u kasallik qo’zg’atuvchisini boshqa shaxslarga tashuvchi vazifasini ham bajaradi. Ammo kasallikning asosiy sababchisi erkaklarning urug’ suyuqligi (sperma) dir. IIIu bilan birga ayollarning jinsiy suyuqligi (qin va bachadon bo’ynidan ajraladigan suyuqlik) tarkibida ITV patogen holda saqlanadi. Geteroseksualistlar orasida OITSning keng tarqalayotganligi sababini mana shu hol bilan tushuntirish mumkin. Boshqa biologik suyuqliklar (so’lak, ko’z yoshlari, ter, ayollar suti, orqa miya suyuqligi) tarkibida retroviruslar ma’lum miqdorda topilgan. Ammo bu suyuqliklarning miqdori kam bo’lganligi va ularning tarkibida viruslar soni ham kam topilganligi sababli ularning kasallik yuqtirish xavfi past. Faqat ona suti orqali kasallik bolaga o’tishi mumkin (agar ona uzoq muddat davomida emizayotgan bo’lsa). ITV qondagi monotsitlarda, limfa tugunlarida, o’pka to’qimasida, suyak iligida. shuningdek asab sistemasi to’qimalarida ham topilgan. OITSning yuqish yo’llari. Kasallik quyidagi yo’llar bilan boshqa shaxslarga o’tishi mumkin: 1. Jinsiy yo’l - turli-tuman usuldagi jinsiy aloqa paytida erkaklar yoki ayollar suyuqligi tarkibidagi retroviruslar jinsiy sherik organizmiga o’tadi. 2. Tibbiy muolaja paytida yuqish - retroviruslar tushgan igna, shprits va boshqa asboblardan yuqish, mazkur asboblarni takroriy qo’llash natijasida, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladi. 3. Bemor onalardan bolalarga o’tish. Bu asosan yo’ldosh orqali kindik tomiri vositasida sodir bo’ladi. Shuningdek tarkibida retroviruslar bo’lgan qonni quyish yoki o’sha qondan tayyorlangan qon preparatlari ishlatilganda ITV boshqa shaxslarga o’tadi. Mazkur kasallikning gemofiliya dardiga duchor bo’lgan bemorlar orasida uchrashi ham ana shundan OITSga duchor bo’lgan bemorlarning 3/4 qismini gomoseksualistlar tashkil etadi. Bu holning asosiy sabablari quyidagilar: 1. O’z jinsidagi shaxslar bilan jinsiy aloqada bo’lish zrkaklar orasida ayollarga nisbatan keng tarqalgandir. Besoqolbozlarda jinsiy yaqinlik qilish soni ham yuqori va ular o’z jinsiy sheriklarini tez-tez almashtirib turadilar. 2. Gomoseksualistlarning asosiy qismi eng yirik shaxarlarda joylashgandir. Bu Nyu-York, Parij, Rim, Los-Anjelos va boshqa shaharlar. Mazkur shaharlardagi aholining iihoyatda ko’pligi gomoseksual jinsiy aloqa sonining ko’payishiga sabab bo’ladi, bu hol retroviruslar yuqish ehtimolini oshiradi. 3. To’g’ri ichakning shilliq qavati bir qator tizilgan epiteliy hujayralaridan iborat. Shu sababli gomoseksual aloqa paytida to’g’ri ichak shilliq qavati osongina shikastlanadi va ITV ning qonga o’tishi uchun keng yo’l ochiladi. 4. To’g’ri ichakka quyiladigan urug’ suyuqligi - spermaning o’zi ham immunodepressiv xususiyatga ega. Jinsiy yaqinlik paytida to’g’ri ichak orqali qonga viruslar bilan birga sperma ham so’riladi. Bu hol qon tarkibida antispermal antitanachalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Mazkur antitanalar organizmning immunobiologik qobiliyatiga ta’sir etib, immunitetning pasayishiga sabab bo’ladi. 5. Gomoseksual jinsiy aloqa paytida passiv sherikdan tashqari aktiv sherik ham zararlanishi mumkin. Passiv sherikning to’g’ri ichagidan chiqqan qon tarkibidagi retroviruslar jinsiy olat terisining butunligi buzilgan aktiv sherikka o’tishi mumkin (ko’pincha gomoseksual jinsiy aloqa paytida jinsiy olat terisining butunligi buziladi). 6. Besoqolbozlarning ko’pchiligi giyohvandlardir. Hozirgi vaqtda giyohvandlar jinsiy qoniqish (orgazm)ni kuchaytirish maqsadida ko’pincha amilnitrit va butilnitrit kabi miorelaksantlarni kabul qilishadi. Nitritlar orqa chiqaruv teshigi mushaklarini yumshatib, jinsiy olatning chuqurroq kirishini ta’minlaydi va shu sababli shilliq qavatning ko’proq qismi shikastlanishiga olib keladi. 7. Besoqolbozlarda ko’p uchraydigan qo’shilib keladigan (hamroh) kasalliklar (kolit, dizenteriya, gepatit V, jinsiy a’zolar gerpesi, shuningdek zaxm) ITV ning qisqa muddat ichida rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. G’arbda besoqolbozlikning ko’payish sabablarini tushuntiruvchi bir necha nazariyalar va fikrlar (irsiy nazariya, ruhiy zaiflik gipotezasi, jinsiy gormonlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, bolalarning asosan ona tomonidan tarbiyalanishi va boshqalar) mavjud. Ammo bunday fikrlar hozirgi zamonda bu masalaga ravshanlik kirita olmaydi va ko’pgina jumboqlarni echishga ojizlik qiladi. Ro’kach qilib ko’rsatilgan dalillar va omillar deyarli barcha mamlakatlarda mavjud bo’lishiga qaramasdan besoqolbozlik islom mamlakatlarida kam uchraydi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling