Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

 
 
 


2-j a d v a l Erta tug’ma zaxmga uchragan bolalarni davolash 
Go’dakning yoshi 
Dorining har bir kg 
tana 
og’irligiga 
to’g’ri 
keladigan 
sutkalik miqdori 
Dorini yuborilish miqdori 
(har 4 soatda) 
0 oygacha 
6 oydan 1 yoshgacha 
1 yoshdan 2 yoshgacha 
100 000 TB/kg 
75 000 TB/kg 
50 000 TB/kg 
50 000-100 000 TB dan 100 
000-150 000 TB dan 100 
000-200 000 TB dan 
Masalan, og’irligi 6 kg bo’lgan 4 oylik go’dakni davolash uchun penitsillin eritmasi sutkasiga 
600 000 TBdan (100 000TB dan har 4 soatda) 30 kun davomida (jami 18 mln TB) 
yuborilishi kerak. Penitsillin eritmasi bilan oldini oladigan (profilaktik) davo 2 hafta
davomida o’tkaziladi. Bunda dorining sutkalik miqdori 100 000 TB/kg ni tashkil etadi. 
Masalan, og’irligi 5 kg bo’lgan bir oylik chaqaloqqa kuniga 500 000 TV, jami 7 mln TB 
penitsillin yuboriladi. Ogohlantiruvchi (preventiv) davo ko’pincha 3 yoshgacha bo’lgan 
bolalarda o’tkazilib, penitsillinning davo miqdori go’dakning yoshiga qarab turlicha: 
— 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga 500 000 TB/kg; 
— 1-5 yoshga 400 000 TB/kg; 
— 6-10 yoshga -300 000 TB/kg; 
— 11-15 yoshga - 200 000 TB/kg; 
— yoshi 15 dan oshgan o’smirlarga 100 000 TB/kg ni tashkil etadi. 
Zaxmga uchragan bemorlarni davolashda qo’llaniladigan nospetsifik davo usullari ko’pincha 
uning kech davrlarida (kech yashirin zaxm, uchlamchi zaxm, ichki a’zolar va asab sistemasining 
zaxmi) yaxshi samaralar beradi. Ikkilamchi qaytalangan va erta yashirin zaxmlarda ham 
nospetsifik dori-darmonlar berish maqsadga muvofiqdir. Bunda ko’proq quyidagi nospetsifik 
preparatlar ishlatiladi: 
1. Pirogen moddalar (pirogenal, prodigiozan); 
2. Biogen stimulyatorlar (aloe, FiBS, shishasimon tana, splenin); 
3. Vitaminlar (tiamin, piridoksin, vitamin S, vitamin V12).
4. Noepetsifik immun dorilar (dekaris, natriy nukleinat, metiluratsil);
5. Qonni ultrabinafsha nurlar bilan nurlab qayta yuborish (reinfuziya);
6. Davoga moslashishni tezlashtiruvchi (adaptogen) preparatlar (pantokrin, 
eleuterokokk va boshqalar). Serorezistent zaxmda, serologik qaytalanish hollarida, orqa miya 
suyuqligida chuqur o’zgarishlar kuzatilganda nospetsifik davoni keng ko’lamda qo’llash, ayniqsa 
pirogen davo kutilgan natijalar beradi. 
Hozirgi paytda zaxm kasalligi muvaffaqiyatli davolanmoqda. Zaxmning eng og’ir turlari 
(ko’rish nervining atrofiyasi, orqa miya so’xtasi, rivojlangan falajlik) kam kuzatilmoqda. 
Tug’ma zaxm ham kamayib borayapti. Zaxmning erta davrlarida davo choralarini boshlash 
kasallikning butunlay tuzalib ketishiga garov bo’la oladi. 
Zaxmga qarshi davolangan bemorlarda kasallik belgilarining yo’qolishi, serologik 
reaktsiyalar javobining manfiylashishi bemor zaxmdan holi bo’adi, degan so’z emas. Zaxm 
belgilari ma’lum muddatdan so’ng yana paydo bo’lishi, serologik reaktsiyalar qayta musbat 
javob berishi mumkin. Shu sababli zaxmdan davolanganlik mezoni davo olgan bemorlarni uzoq 
muddat mobaynida kuzatib borilganda aniqlanadi. Dispanser hisobiga olingan bemorlar bir 
yildan 5 yilgacha kuzatiladi: 
— birlamchi seronegativ zaxmga uchragan bemorlar - 1 yil; 
— birlamchi seropozitiv, ikkilamchi yangi zaxm - 3 yil. 
- ikkilamchi qaytalangan, yashirin va uchlamchi zaxm,shuningdek zaxmning boshqa kech 
turlari - 5 yil. 
Erta va kech tug’ma zaxmga qarshi davolangan bemorlar va oldini oladigan (profilaktik) 
davo olgan bolalar 5 yillik muvaffaqiyatli klinik va serologik kuza-tuvdan so’ng hisobdan 
chiqariladi. 


Bunda zaxm bilan og’rigan bemorlarda klassik serologik reaktsiyalarning barchasi manfiy 
javob bermaguncha ular xar oyda klinik va serologik nazoratdan o’tkazib turiladi. Shundan so’ng 
bir yil mobaynida har chorakda, kuzatuvning ikkinchi va uchinchi yillarida esa har olti oyda bir 
marta klinik-serologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Nazoratning keyingi yillarida bemorlar yiliga bir 
marta klinik va serologik tekshiruvlardan o’tib turishlari. shart. Klinik va serologik 
kuzatuvlarning barcha davr va bosqichlari bemor qaysi tuman yoki viloyatda yashab turgan 
bo’lsa, o’sha joydagi dispanserda o’tkaziladi. Gap shundaki, davolash boshqa shaharlarda 
joylashgan dispan-serlarda o’tkazilgan bo’lishi mumkin. 
Zamonaviy davolash usullari yordamida sifatli va vaqtida o’tkazilgan davo zaxmga uchragan 
bemorlarning butunlay sog’ayib ketishlariga olib keladi. Davolangan bemorlarni quyidagilar 
asosida zaxm infektsiyasidan holi bo’lgan deb hisoblash mumkin: 
1) zaxmning barcha davrlarida, xususan uning birlamchi va ikkilamchi davrlarida 
boshlangan va sifatli o’tkazilgan davo tufayli mazkur bemorlarda butun kuzatuv 
mobaynida zaxmning biror belgilari paydo bo’lmasligi; 
2) zaxmning yangi belgilari faqat qayta (takroriy) yuqish oqibatida paydo bo’lganda; 
3) spepifik davo o’tkazilgandan so’ng homilador bo’lgan ayollardan tug’ilgan bolalarda 
zaxmning ham klinik, ham serologik belgilari kuzatilmasligi, bu o’rinda homiladorlikning 
birinchi yarmida o’tkazilgan sifatli davo natijasida ham sog’lom bolalar tug’ilayotganligini 
ta’kidlash lozim; 
4) zaxmga qarshi sifatli davolangan, ammo boshqa baxtsiz hodisalar natijasida o’lgan 
kishilar yorib ko’rilganda ularning ichki a’zolarida zaxmning biror spetsifik belgilari
topilmaganligi. 
Ammo ba’zi bemorlarda o’tkazilayotgan davo choralariga qaramasdan klassik serologik 
reaktsiyalar musbat javob berishi mumkin. Uzluksiz usul bilan davolangandan so’ng bir
yildan ortiq bo’lgan muddat mobayiida KSR natijalarining o’ta musbat qolish hollariga 
serochidamlik zaxm deyiladi. Shuningdek surunkali usul bilan davo o’tkazilayotgan va 
davolashning oxirgi kursi boshlangan bemorlarda KSRning musbat javoblar borish hollari ham 
serochidamlilik deb tushuniladi. Zaxm bemorlarida serochidamlik hollari kuzatilganda 
qo’shimcha davo kurslari buyuriladi. Bunday hollarda ko’pincha ikkilamchi qaytalama zaxmga 
uchragan bemorlarda o’tkaziladigan davo takrorlanadi. Serochidamli zaxmda antibiotiklar va 
vismut preparatlari yig’indisini o’z ichiga olgan 3 kurs davo o’tkazilsa ham bo’ladi. 
Serochidamlik zaxmga qarshi tanlangan davo usullaridan qat’i nazar, bu spetsifik davo 
nospetsifik davo usullari bilan qo’shib o’tkazalgani ma’qul. Zaxmning kech davrlarida
(ichki a’zolar va asab sistemasi zaxmlarining barcha turlarida) o’tkazilgan davo choralariga
qaramasdan KSRning musbat javob berish hollari serochidamlik deb tushunilmaydi. Shu 
sababli qo’shimcha davo kurslari buyurilmaydi. Zaxmning bunday kech turlarida kasallikning 
klinik belgilarining yo’qolishi davoning asosiy tuzalganlik mezoni hisoblanadi. 
Zaxmga qarshi davolangan bemorlarda quyidagilar davolanganlik mezoni bo’lib xizmat 
qiladi: 
a) o’tkazilgan davo choralarining sifati (qo’llanilgan usulning to’g’riligi, dori miqdorining 
etarli darajada bo’lishi, preparatlarni almashtirib turish tartibi, davo kurslari orasidagi muddat va 
boshqalar); 
b) teri va shilliq qavatlarda zaxmga aloqalor belgilarning yo’qligi; 
v) ichki a’zo va sistemalarda kuzatiladigan spetsifik o’zgarishlarning hozirgi holati; 
g) rentgenologik tekshiruv natijalari; 
d) laboratoriya (klinik, serologik, likvorologik) tekshiruvlarning natijalari 
Shu sababli orttirilgan va tug’ma zaxm bo’lib o’tgan bemorlar hisobdan chiqarilishidan 
avval, ular sinchkovlik bilan har tomonlama tekshiruvdan o’tkazilishi kerak. Ayniqsa, pediatr va 
terapevt (bemorning yoshiga qarab), nevropatolog, okulist, otolaringolog, ginekolog (ayol va 
qizlarda), rentgenologlarning klinik tekshiruvlari natijasi juda muhim. Shuningdek qon va orqa 
miya suyuqligi olinib, barcha serologik reaktsiyalar (KSR, THChR, IYoR) qo’yilishi lozim. 
Rentgenologik kuzatuv o’tkaziladi. 


Klinik, serologik kuzatuvlar davrida zaxmning yangi belgilari kuzatilmagan, barcha a’zolari 
va sistemalarida rivojlanayotgan spetsifik o’zgarishlar aniqlanmagan, serologik reaktsiyalar 
manfiy natijalar bergan bemorlar (zaxmning kech davrlari bundan istisno) sog’lom deb tan 
olinadi va hisobdan chiqariladi. 
Zaxmning yuqumli turlari bilan kasallanib o’tgan odamlarga bolalar muassasalarida va 
umumiy ovqatlanish muassasalarida sifatli davo natijasida kasallikning barcha klinik belgilari 
yo’qolgandan so’ng ishlashga ruxsat beriladi. 
3. Mashg’ulotnnng maqsadi. 
Talabalar zaxmni davolashda asosiy hujjat-qo’llanmaning tub mohiyatini anglashlari, 
davolash usullari, zaxmda qo’llaniladigan dori moddalarining turlarini va xossalarini bilishlari 
lozim. Shuningdek, zaxmni davolashga qo’yiladigan talablar, bemorlarning davolanganlik 
mezonini aniqlash va ularni hisobdan chiqarish qoidalarini so’zlab berishlari lozim. Ular 
quyidagilarni o’zlashtirgan bo’lishlari kerak: 
a) penitsillinning dyurant preparatlari va vismut dorilarni ikki lahzali usul bilan yuborish; 
b) dori moddalarini qo’llash oqibatida namoyon bo’ladigan noxush hodisalar, jumladan 
allergik toshmalarni aniqlash; 
v) qo’llanmaga tayanib zaxmning u yoki bu turlarini 
davolash rejalarini tuzishlari, preparatlarning sutkalik va davo miqdorini matematik yo’l 
bilan hisoblay olishlari lozim. 
4. Uyga vazifa: 
Spetsifik dorilarning ta’sir mexanizmini tushuntiring. Vismut preparatlarini qo’llashga monelik 
qiluvchi holatlar va kasalliklarni sanab bering. Bolalarda tug’ma zaxm qanday davolanadi? 
Kasallikdan davolanganlik mezoni qanday aniqlanadi? 
ADABIYoTLAR 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling