Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
A) orttirilgan zaxmning kechishida serologik reaktsiyalarning tutgan o’rnini so’zlab bering.
ADABIYoTLAR S. T. Pavlov va boshqalar. Kojnie i venericheskie bolezni. M. 1985. 294-303, ZTs6-321-betlar. M. V. Milich. Evolyutsiya sifilisa. M. 1987. 47-62-betlar. Venericheskie bolezni. O. K. Shaposhnikov tahriri ostida. M. 1991. 122-130-betlar. 5. Talabalarning o’z ustida ishlash rejasi. Ishning nomi Ishning mazmuni Ishning maqsadi 1. arxivdan olingan uchlamchi zaxm bemorlarining kasallik tarixi bilan tanishish. 2. Yashirin zaxm bilan og’rigan bemorlar bilan ishlash. 3. Tibbiy hujjat ma’lumotlarini guruh bilan muhokama qilish. a) arxiv ma’lumotlari asosida qisqacha kasallik tarixini bilish; b) serologik reaktsiyalar dinamikasini ko’chirish; v) bemorlardan anamnez yig’ish; g) bemorlarni sinchkovlik bilan ob’ektiv tekshiruvdan o’tkazish; d.) kasallik tarixi ma’lumotlari asosida qo’yilgan tashxislarni to’g’ri- noto’g’riligini o’rganish. a) uchlamchi zaxmga uchragan bemorlarning kasallik tarixini o’rganish; b) yashirin zaxm diagnostikasini o’zlashtirish; v) bemorlarga tashxis qo’yishni o’rganish. 4-MAShG’ULOT 1. Mashg’ulot mavzusi. Tug’ma zaxm (qisqacha tushuncha, klassifikatsiyasi (tasnifi), klinik belgilari, diagnostikasi, oldini olish). 2. Mavzuning qisqacha mazmuni. TUG’MA ZAXM Zaxmga duchor bo’lgan ayollardan tug’ilgan bolalarda kuzatiladi. Bunda rangpar treponemalar homila yo’ldoshi (platsentar qon aylanish yo’li bilan) orqali go’dak organizmiga o’tadi. Tug’ma zaxmga chalingan bolalarning onalari sinchkovlik b i l a n tekshirilsa, ularda zaxm kasalligining aniqlanishi muqarrar. Onasi zaxmga chalinmagan kishilarda tug’ma zaxm rivojlanmaydi. Bolalarda kuzatiladigan tug’ma zaxm belgilarining rivojlanish darajasi ona qachon kasallik yuqtirganligiga bog’liq. Onada kechayotgan zaxm jarayoning dastlabki 3 yili homila uchun juda xavflidir. Biroq, kasallik yuqqandan 5-10 yil keyin tug’ilgan bolalarda ham tug’ma zaxm belgilari kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik hollarda kasallikdan 10 va undan ko’proq yil o’tgandan so’ng homilador bo’lgan ayollardan tug’ilgan bolalarda tug’ma zaxm belgilari kuzatilmaydi. Bunday bolalarda bir necha yillardan so’ng (bolalik va o’smirlik davri, etuklik yoshi) kasallik belgilari namoyon bo’lishi mumkin. Tug’ma zaxmning kechishi bemor ayolning zaxmning qaysi davrida homilador bo’lganligiga bog’liq. Zaxmning birlamchi va ikkilamchi davrlarida o’tkazgan homilador ayollarning aksariyatidan tug’ilgan bolalarda tug’ma zaxm belgilari kuzatiladi. Ayniqsa, ikkilamchi yangi zaxmga duchor bo’lgan homilador ayollardan tug’ilgan bolalarning barchasida tug’ma zaxm belgilari namoyon bo’ladi. Zaxmning uchlamchi davrida homilador bo’lgan ayollardan tug’ilgan bolalarda tug’ma zaxm belgilari kuzatilmasligi mumkin. Chunki, oqish spiroxetalar sonining keskin kamayib ketishi, ona organizmining qarshilik ko’rsatish qobiliyati kuchayishi homilaning zaxm infektsiyasi hujumidan saqlab kolishi mumkin, yoki bunday bolalarda kech tug’ma zaxm rivojlanadi. Tug’ma zaxmga chalingan homilador ayollardan bemor bola tug’ilishi mumkin. Ammo bunday voqealar juda kam uchraydi. Zaxm bilan kasallangan ayollarda homiladorlik turlicha natijalar: bola tashlash, muddatidan oldin kasal bola tug’ish, oy kuni to’lgan kasal bola tug’ish yoki sog’lom bola tug’ilishi bilan tugashi mumkin. Davolanmagan homilador ayollarning sog’lom bola tug’ishi kamdan-kam uchraydigan voqea hisoblanadi. Homiladorlik davrida va ungacha yaxshi davolanib yurgan ayolardan sog’lom bolalar tug’iladi. Shu sababli homiladorlikning erta muddatlarida zaxmni aniqlash va davolash tug’ma zaxmning oldini oladi. Kasalliklarning 1975 yilda qayta ko’rib chiqilgan xalqaro tasnifiga binoan tug’ma zaxmning quyidagi klinik turlari farqlanadi: 1. Erta tug’ma zaxm (go’daklik davrining 2 yoshigacha kuzatiladigan barcha ko’rinishlarini o’z ichiga oladi); a) belgilari namoyoi bo’lgan erta tug’ma zaxm; b) belgisiz kechadigan erta tug’ma zaxm. 2. Kech tug’ma zaxm (2 yoshdan so’ng kuzatiladigan tug’ma zaxmning barcha ko’rinishlari): a) belgili kech tug’ma zaxm; b) yashirin kech tug’ma zaxm. ERTA TUG’MA ZAXM (SYPHILIS CONGENITA PRAECOX) Belgilari asosan go’dak hayotining dastlabki ikki oyi davomida namoyon bo’ladi. Tug’ma zaxmning aniq belgilari bilan tug’ilgan go’daklar ko’p yashamaydi. Ular hayotlarining birinchi soatlari yoki kunlaridayoq nobud bo’ladilar. Bunday go’daklarning jussasi juda kichik, terisi quruq va bujmaygan, teri osti yog’ qavati bo’lmaydi. Bemorlarning qo’l va oyoqlari juda ozg’in, burmalar bilan qoplangan, yuzlari za’faron, qari kishini eslatadi. Bosh suyagi tanasiga nisbatan ancha katta, teri ostidan kengaygan ko’k tomirlar (vena) bo’rtib chiqib turadi. Miya bo’shliqlarida suyuqlik to’planganligi (istisqo) tufayli bosh suyagi o’z shaklini o’zgartiradi. Ichki a’zolarda yuz beradigan o’zgarishlar bemor go’dakning nobud bo’lishini tezlashtiradi. Yashashga layoqatli bemor bolalarning teri va shilliq qavatlarida quyidagi o’zgarishlar yuzaga keladi: zaxm chilla yarasi (pufaklari), qattiqlashgan tarqalgan madda (infiltrat), zaxm tumovi (rinit), papulalar, rozeolalar, sochning to’kilishi va h.k. Zaxm pufakchalari (remphigus syphiliticus) go’dak hayotining dastlabki kunlari va haftasidayoq paydo bo’ladi va shakllanadi. Pufaklarning kattaligi no’xat, olcha, ba’zan gilosdek bo’lib, ular to’q qizil suyuqlik yoki yiring bilan to’lgan. Pufaklar tipiq seroz suyuqlik yoki yiring bilan to’lgan, ba’zan qon aralash bo’ladi. Pufaklar qurib qatqalok hosil qiladi yoki pufakcha pardasi yirtilib yallig’lanish suyuqligi chiqadi. Mazkur pufakchalarning, qo’l yoki oyok kaftlarida joylashganligi diagnostik belgi bo’lib xizmat qiladi. Pufak suyuqligi tarkibida ko’p miqdorda oqish spiroxetalar topiladi. Zaxm pufaklarini stafilokokklar paydo qiladigan pufakli (yuqumli) yaradan farqlash lozim. Zaxm pufaklari ostida qattiq madda paypaslanadi, pufak qobig’i mustahkam bo’lib osonlikcha yorilmaydi. Pufaklar bir-biri bilan qo’shilib ketmaydi. Ba’zan pufaklar paydo bo’lgunga qadar yallig’langan dog’lar va tugunchalar ko’rinishidagi toshmalar hosil bo’ladi. Yuqumli (pufakli) yara toshmalari esa badanning ko’p sohalariga (orqa, kurak, qo’l-oyoqlar, yuzga tarqaladi, pufak pardasi yupqa bo’ladi, osongina yoriladi. Pufaklar tezda bir-biri bilan qo’shilib ketadi, atrofida yallig’langan hoshiya kuzatilmaydi. Pufak suyuqligida stafilokokklar ko’p bo’ladi. Qattiqlashgan tarqalgan madda (Goxzinger, 1808) - bola hayotining 8-10 haftalarida paydo bo’ladi. Qo’l va oyoq kaftida hosil bo’lgan tarqoq yallig’langan dog’lar (eritema) asta-sekin qattiqlasha boradi. Bunday qattiqlashgan o’choqlar yuzda, og’iz atrofida, ensa sohasida xam vujudga keladi. Zararlangan soxalardagi maddalash ko’payib, terini taranglashtiradi, to’q qizil yoki ko’kimtir qizil tusga kirib, usti yaltiray boshlaydi. Ayniqsa, yuzdagi lab qalinlashadi, shishadi, kattalashib, taranglashadi. Shishning qattiqlashishi bolaning emishini qiyinlashtiradi. Natijada go’daklarning ko’p yig’lashi oqibatida shu’lasimol yoriqlar hosil bo’ladi. Nihoyat, yallig’lanish jarayoni tugab, bu shu’lasimon yoriqlar nursimon chandiqlashish bilan tugaydi (Robinson-Furne belgisi). Bu belgi uzoq yillardan keyin xam tug’ma zaxm tashxisi qo’yishga yordam beradi. Goxzingerning qattiqlashgan maddalari kuzatiladigan davrda, bola hayotining 4-8- haftalarida tugunchali (papula) toshmalar ham paydo bo’ladi. Tugunchalar qo’l va oyoqlarda, dumba, yuz, katta burmalar (chov, son) sohasida ko’p uchraydi. Ba’zan tugunchalar kech (3 oydan keyin) paydo bo’lishi mumkin. Burmalar sohasda joylashgan tugunchalar ishqalanish oqibatida namlanadi, yaraga aylanadi. Ko’pincha yiringli kokklar tushib : , yiringcha (po’stulalarga) aylanadi. So’ngra ular qurib qalok hosil qiladi. Rozeolalar erta tug’ma zaxmda juda kam kuzatiladi. Ular chegaralangan pushti-jigar rangda bo’lib, pigmentli dog’larni eslatadi. Rozeolalar ko’pincha yuz, tana va oyoq kaftida kuzatilib, kam miqdorda bo’ladi. Ko’pchilik kasal bolalarda sochning to’kilishi kuzatiladi. Ayniqsa, qattiqlashgan madda boshning sochli qismida, qosh va kipriklar sohasida joylashganda soch ko’proq to’kiladi. Sochlar tarqoq holda har er-har erdan yoki o’choqsimon to’kilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling